Ogohlantiri shxat I hurmatli soliq to‘lovchi!
Download 7.68 Kb.
|
Хabarnoma 1 (1)
O G O H L A N T I R I SH X A T I Hurmatli soliq to‘lovchi! O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 6-oktyabrda 1515-son bilan ro‘yxatga olingan Nizomda ish beruvchi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar o‘zi joylashgan joydagi Xalq banki filialiga jamg‘arib boriladigan pensiya badallari uchun o‘tkazilgan mablag‘larga xodimlar reestrini taqdim etishi belgilangan. Shuningdek, xodimlar reestri o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari amalga oshirishi qayd etilgan. Davlat soliq xizmati organlarida mavjud ma’lumotlarga muvofiq, Sizning subyektingiz hududdagi Xalq banki filialiga jamg‘arib boriladigan pensiya badallari uchun o‘tkazilgan mablag‘larga xodimlar reestrini taqdim etmaganlik holatlari kuzatildi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 1792-moddasi birinchi qismiga muvofiq, - ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. ESLATMA: Soliq qonunchiligi normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa Nurota tuman davlat soliq inspeksiyasi yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 79 523-11-47, 94-253-14-41 telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tegishli ma’lumotlarni olishingiz hamda ushbu xabarnomani ma’lumot tariqasida qabul qilishingiz mumkin. Download 7.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling