O’G’rilik va to’G’rilik haqida sinf soati maqsad
Download 73.57 Kb.
|
O\'G\'RILIK VA TO\'G\'RILIK SINF SOATI ULDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN”
O’G’RILIK VA TO’G’RILIK HAQIDA SINF SOATI MAQSAD: O’QUVCHILARGA O’G’RILIK VA TO’G’RILIK HAQIDA , UNING OQIBATLARI HAQIDA TUSHUNCHA BERISH DARS JIHOZI: TEXNIK VOSITALAR, TELEVIZOR, MULTFILM, MAVZUGA MOS RASMLAR. O’QITUVCHI HIKOYASI: Qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Podsho o‘z saroyiga katta ayvon soldirmoqchi bo‘libdi. Buning uchun turli mamlakatlardan eng yaxshi ustalarni chaqirtiribdi. Ustalar qisqa vaqt ichida juda katta ayvon qurishga kirishibdi. Ayvon bitay deb qolganida bitta chetiga ustun yetmay qolibdi. Ayvonga to‘g‘ri va silliq ustun kerak ekan. Podsho ayvonga mos keladigan ustun qidirib topishga buyruq beribdi. Saroy ulamolari ko‘p joylarga borib, hech qaerdan ayvonga mos ustunni topa olmabdilar. Bir xaroba hovlida bir kampir yolg‘iz yashar ekan. Uning hovlisida bitta-yu bitta teragi bo‘lib, u juda to‘g‘ri va chiroyli bo‘lib o‘sgan ekan. Buni eshitgan saroy odamlari podshoga yetkazishibdi. Podsho o‘sha terakni kesib, olib kelishni buyuribdi. Terakni keltirib, ayvonga qo‘yishibdi. Terak ayvonga juda ham mos kelibdi. Naqqoshlar terakka ajoyib naqshlar, gullar solib, oltin bilan bezashibdi. Ayvon ham bitibdi. Bir necha kun o‘tgach, kampir o‘z teragini ko‘rib kelish uchun saroyga yo‘l olibdi. U o‘z teragini tanib, uni naqadar go‘zal bo‘lib ketganligidan zavqlanib, tomosha qila boshlabdi. Saroy soqchilari kampirdan xavotir olib, uni podsho yoniga olib boribdilar. Podsho kampirdan, bu yerda nima ish bilan yurganini so‘rabdi. Shunda kampir: — Sizning ayvoningizni qurishda ishlatilgan mening teragim, ota-onamdan qolgan edi. U yoshligidan boshlab to‘g‘ri va chiroyli bo‘lib o‘sdi. Shuning uchun uning nafi ham tegdi, o‘zini ham, meni ham zarga botirdi. To‘g‘rilik qanday yaxshi ekan, — debdi. Podsho kampirningaytganlaridan quvonib, unga yana bir qancha tillalaru, qimmatbaho buyumlar beribdi. MAQOLLAR: To'g'ri yo'l — el yo'ldoshi To'g'ri oshini yer, Egri boshini. To'g'ri yurgan kiyikning Ko'zidan boshqa aybi yo'q. To'g'ri yurdim — yetdim murodga, Egri yurdim — qoldim uyatga. To'g'ri o'sgan gul bo'lar, Egri o'sgan kul bo'lar. To'g'ri o'zar, egri ozar. To'g'riga balo yo'q, Yomonda hayo yo'q. To'g'rilik to'iga tortar, O'g'rilik — go'iga. To'g'rilikka o'lim yo'q. Firibgaiga shaytonning havasi kelar. Xo'roz qichqirmasa ham tong otaveradi. Egilgan boshni qilich kesmas. Egilgan daraxtga suyanma, Seni ham egar. Egri bitgan daraxt to'g'ri o'smas. Egri bo'lsang, sinar qanoting, To'g'ri bo'lsang, chiqadi oting. Egri ish ellik yildan keyin ham bilinar. Egri yo'ldan yursang ham, to'g'ri yur. Egri kaltakdan to'g'ri soya tushmas. Egri mo'ridan egri tutun chiqar. Egri tayoq ko'targanni egri tayoq bilan ur. Egri tayoqning butog'i burunni yirtar. Egri yuk manzilga yetkazmas. Egri o'sgan terak, Nimaga ham kerak. Egri qoziqqa — egri to'qmoq. Egri qo'l ishga yetmas, Ishga yetsa ham, ishi bitmas. Egrining soyasi ham egri. Yuzim oq bo'lsin desang,
“TASDIQLAYMAN” 48-MAKTAB DIREKTORI: ___________SAYDAXMEDOVA F.M “___”_____2023-YIL 2-“A” SINF SINF SOATI MAVZU: O’G’RILIK VA TO’G’RILIK MALLABAYEVA ZUHRA Download 73.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling