Og’zaki adabiy nutq Reja


Download 45.33 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi45.33 Kb.
#1246508
1   2   3   4
Bog'liq
Yozish va taqdimot qilish . 2-dars

Tug’ildimu onam ko’ksidan 
O’zbek momo iforin tuydim.
Alla aytsa murg’ak qalbimda
Ona tilim safosin suydim!
Til - xalq bilan birga umr kechirib, shakllanadi, rivojlanadi. SHuning uchun ham har bir millatning tili uning baxti, tirgagidir. Ona tili esa muqaddas ajdodlarimizni bugungi va kelajak avlod tarixi bilan chambarchas bog’lovchi, manguga biriktiruvchi eng ishonchli quroldir.
Nutqimiz ikki shaklda bo’ladi: og’zaki va yozma. Og’zaki nutq o’zaro muomala tilidir. Undan o’zaro suhbatlarda, bahslarda foydalaniladi.
Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo’yiladi: fikrni aniq va tushunarli bo’lishi, jumlaning to’g’ri, ravon hamda ta’sirli qurilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir.
O’zbek tilshunosligi fanining tug’ilishi haqida gapirganimizda, bu masalaning til o’qitish – til faktlariga ilmiy asosda yondashish talabini keltirib chiqaradi. O’zbek tilshunosligi fani va oliy maktablarda o’qitiladigan lingvistik kurslar Oktyabrь to’ntarilishidan keyin tug’ildi. Biror fanning maydonga kelishi haqida gapirilganda, odatda, insoniyatning asrlar bo’yi yaratgan bilimlari ko’zda tutiladi. SHunga qaraganda, o’zbek tilshunosligi fani nisbatan qisqa vaqt ichida paydo bo’ldi. CHunki rus tili fani, boy rus tilshunosligi o’zbek tilshunoslik fani uchun ilmiy asosni yaratib berdi.
Bugungi o’zbek tilining so’z ishlatish qoidalari avtor, universitet, front, xirurg, shtraf, kofe kabi so’zlar ommaga tushunarli, adabiy tilda me’yorlashgan so’zlardir. Jabha, muallif, jarroh, jarima, qahva kabi so’zlar o’tmish haqidagi asarlarda, tarixiy romanlarda ishlatilib qoladi. So’z ishlatishda diqqatni shunga qaratish kerakki, front tipidagi so’zlarning qo’llanish doirasi bu deyarli hamma xalqlarga tushunarli, internatsional xarakterda, bunday so’zlar internatsionalizmga xizmat qiladi. Jabha tipidagi so’zlarda bu xususiyat yo’q.
Nutq madaniyati sohasida, ayrim normalarni yana ham aniqlash yuzasidan qilinadigan ishlarning doirasini aniqlab – olish muhim vazifalardan biri. So’zlarning strukturasi til taraqqiyotining turli davrlarga ko’ra har xil bo’ladi. Masalan, hozir so’zining ma’nosida qo’llanilishi bugungi til uchun arxaizmdir. Hamma narsa tayyor kabi yangi so’z yasashda ham ko’proq tayyor so’zi ishlatiladi: tayyorlanadi, hozirlanadi.

Adabiy nomlarni belgilash til xodisalarini o’zaro bog’langan dinamik xarakterdagi narsalar deb qarash, ularni taqqoslash, shu yo’l bilan umumiy qonun - qoidalarni aniqlash orqali bo’ladi: Tilning hamma hodisalari birgalikda bir butunlikni tashkil qiladi. Adabiy nutq har bir so’z, qo’shimcha talaffuzi, yozilishi aniq belgilab berilgan nutq ko’rinishdadir.


Til birikmalaridan foydalanish jarayoni murakkab bo’lib, u tildan tashqari hodisalarni ham o’z ichiga oladi. Masalan, aynan bir so’z yoki gapni qaysi davrda va qaysi vaziyatda gapirish ham nutq madaniyatiga doxil bo’lib, gapiruvchi kishining farosati bilan bog’liq bo’ladi.
Adabiy til me’yorlari zamonga qarab o’zgarib boradi. Agar XX asr 20-yillari og’zaki va yozma nutqi uchun usmonli turkiy tili, tatar tili fonetikasi va gramatikasiga xos shakllarni ishlatish me’yor bo’lsa, bu me’yor shu asrning 90-yillari uchun me’yor emasdir. Masalan:
Men yolg’iz qonli ko’z yoshlarimni bu sog’anangga to’kilgan uchun emas, o’z yoziqlarimni inkor etarga keldim, haqqonim (Fitrat).
Ushbu gapdagi -mak, etarga shakllari 20-yillar uchun me’yordir. Umuman, nutq me’yori o’zgaruvchan bo’ladi. Ijodkor tarixiy mavzuda asar yozar ekan, o’sha zamon nutq madaniyati me’yoridan xabardor bo’lishi va uni o’z asarida aks ettirishi o’rinlidir.
Demak, nutq madaniyati ayni paytda faqat tildan foydalana olish jarayoni hamdir. Har bir vaziyat, har bir davra, har zamonga mos so’zlay olish nutq madaniyatining zaruriy qismidir.
Demak, nutq madaniyati ayni paytda faqat tildan foydalana olish jarayoni hamdir. Har bir vaziyat, har bir davra, har bir zamonga mos so’zlay olish nutq madaniyatining zaruriy qismidir.
“Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi”[1]. Bu misra she’riy tizimda bo’lsa - da, unda ona tilimizning o’ziga xos shakllari bir tartibda (sifat va ot; ravish va fe’l kabi) joylashgan. Eng oddiy qoida: yasovchi qo’shimcha o’zak yoki negizga qo’shiladi (boshla); so’nggi shakl yasaydigan qo’shimchalari (boshla-n), so’ng shakl yasaydigan qo’shimchalari (boshlanadi) tirkaladi. Otlarda ham shunday: farzandlikning muqaddas sharafini oqlaymiz.
Til tovushlaridan, so’z va qo’shimchalaridan, gap qurilishi bilan bog’liq bo’lgan ifoda vositalaridan foydalanish haqidagi qoidalar nutq me’yorlari deyiladi.
Til qurilishi to’g’risidagi qoidalar aksariyat hollarda nutq me’yorlari bilan mos keladi: kuldi, dada, modda va boshqalar. Lekin ayrim so’zlarda (baland, xursand) va qo’shimchalarda (ketdi, aytdi) -d tovushi tushadi yoki jarangsiz tarzda aytiladi, lekin hamma vaqt qoida bo’yicha -d aytiladi va yoziladi (aytti emas).
Bundan ikkita qoida – ikkita me’yor yuzaga keladi:
talaffuz me’yori: ekti, kutti va boshqa
yozuv me’yori: ekdi, kutdi.
Ba’zan eshitish (talaffuz) bo’yicha yozish ham mumkin: keltirdi, oldirdi. Ammo ko’p hollarda me’yorni saqlash shart: do’vlat emas - davlat; kelutti emas - kelyapti, kevvoti emas - kelayotir.
O’zbek tili boy imkoniyatlarga - qo’shimchalarga, so’z va turli ifoda vositalariga egadir. Lekin yozuvda, so’zlashda har xillik bo’lmasin uchun, imlo hamda nutq me’yorlari belgilanadi.
Masalan, fonetikadan bir tovushning turli me’yorini eslaylik:
bola, kitob, ta’bir kabi so’zlardagi -b tovushning ifoda me’yori ham, yozuvi ham bir xil
kitop, tutip, serop kabi so’zlarda -b tovushi jarangsizlashadi va bu talaffuz og’zaki nutq uchun me’yori sanaladi, lekin yozuvda jarangli b tiklanadi: kitob, tutib, serob.
ayrim ifodalar ikki xil aytilishi va yozilishi mumkin: Yoza beradi - yozaveradi; ayta ber - aytaver...
Morfologiya sohasi bo’yicha:
dalaga, uyga - yozuv ham, talaffuz ham bir xil;
terakka, qishloqqa - yozuv ham, ifoda ham bir xil
ishka, otka - talaffuzda, lekin yozuvda: ishga, otga.
Tovushlar, bo’g’inlar, urg’ular sohasida xam shunday qoida - me’yorlar bo’ladi. Gazeta va jurnallar, kitoblar, kino va teatr, teleko’rsatuvlar og’zaki va yozma nutq me’yorlarini targ’ib qilishda katta xizmat qiladilar.
Sinonimlardan foydalanishda ham nutqimizga qabul qilinmagan chet so’zlarni kiritib gapirishda ham nutq me’yorlarini buzish hollari uchraydi. Har bir kishining yozma va og’zaki nutqi saviyasidan butun xalq, millat nutq madaniyati hosil bo’ladi. Olim, yozuvchi, shoir, davlat arboblarining og’zaki va yozma nutqi ko’pincha namuna vazifasini o’taydi.
Yozuvchilar tarixiy mavzuda asar yozganlarida o’sha zamon ruhini asariga olib kirish uchun va tili o’sha zamon bo’yog’ini aks ettirishi uchun personajlar nutqiga mazkur zamonga xos nutq unsurlarini kiritadilar. Bu bilan yozuvchi, shoir o’zining, ya’ni muallifning nutqida ham eskirgan so’z va shakllar ishlatilishi me’yor hisoblanar ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak. Ijodkor o’ziga tegishli matnda zamonasi adabiy tili me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi.
Til me’yorlarini takomillashtirish, nutq madaniyatini yuksak darajaga ko’tarish so’zninig fonetik tuzilishini, uning yasalishi va o’zgarishi qo’shilish - birikish qonuniyatlarini aks ettiruvchi adabiy me’yorlarni yana ham aniqlash mukammallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu vazifalarning bajarilishi me’yorlikni - qonun - qoidalarda turg’unlik, izchillik xolatini kuchaytiradi. Nutq madaniyatini yana ham ko’tarish ishining bunday dolzarb xarakterga ega bo’lishi, jamiyat tarqqiyotining talabi natijasidir. Tilning o’sish - o’zgarishidagi hamma jarayonlar jamiyatdagi talab - ehtiyoj bilan bog’liqdir.

Download 45.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling