Og’zaki adabiy nutq Reja


To‘g‘ri talaffuz qilish qoidlari


Download 45.33 Kb.
bet2/4
Sana07.03.2023
Hajmi45.33 Kb.
#1246508
1   2   3   4
Bog'liq
Yozish va taqdimot qilish . 2-dars

1.To‘g‘ri talaffuz qilish qoidlari.

Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak.


U o‘ziga kerakli bilimni ko'rib, eshitib va o‘qib o'tganadi. Eshitib va o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo'lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy, ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo'lardi.
Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo'lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug'iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi.
Til ilm olishda zamon va makon g‘ovini o'rtadan ko‘taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo’lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlami ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o'rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz.
Tilni o'rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o'rganishga, hatto ulaming haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug'diradi.
Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutq faoliyati kishilaming bir-birlariga tushunarli
bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og‘zaki tarzda va yozma tarzda.
Yozma nutq og‘zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘lib, adabiy tilning imloviy, punktuat- sion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy boMaklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og‘zaki nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog‘lash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o'rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz.
Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, shu- ningdek, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar kiradi. Yozma nutq savodxonhgi har bir kishidan o‘z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan tarzda ifodalashni talab qiladi.
Yozma adabiy tilning madaniyligi, adabiy me’yorlari alifbo va imlo qoidalarining mukammal va puxtaligiga ham bog'liq. Yozma matnning mazmuni, ma’no qirralari, sintaktik va grammatik munosabatlarini aniqlashda tinish belgilari muhim o‘rin tutadi. Nutq madaniyatining saviyasi tilning talaffuz va imlo, grammatik, leksik va uslubiy me’yorlaridan to‘g‘ri foydalana bilish darajasi bilan belgilanadi. Fikrdagi qusur, so‘zdagi xatolarni vujudga keltiradi, so‘zdagi kemtiklar esa ishdagi xatolarni keltirib chiqadi. To‘g‘ri yozish qoidalari tilshunoslar tomonidan tuziladi va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Imlo qoidalari hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Kishilar o‘zaro yozishmalarida, rasmiy ish yuritishda, ta’lim jarayonida, madaniy-ma’rifiy faoliyatda tilning imlo qoidalariga amal qilishga majburdirlar.
So‘z va qo‘shimchalaming yozilishi ma’lum bir qoidalarga asoslanmasa, yozuvda har xillik yuzaga chiqadi, natijada bir-birini tushunish imkoniyati yo‘qoladi. Shuning uchun ham o‘zbek tilining imlo qoidalarini har bir bo‘limi bo'yicha puxta o‘zlashtirish lozim. 1995- yilning 24- avgustida tasdiqlangan «0‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»da «Hatflar imlosi», «Asos va qo‘shimchalar imlosi», «Qo'shib yozish», «Chiziqcha bilan yozish», «Ajratib yozish», «Bosh hatflar imlosi» va «Ко ‘chirish qoidalari» nomli bo‘limlar bor.
2.Nutqiy vaziyat: og’zaki nutqiy qoidalar.

Download 45.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling