Og`zaki bayon usullari Reja: kirish Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi


Savollarga keraksiz ortiqcha so’z va jumlalar kiritilmasligi lozim


Download 91 Kb.
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi91 Kb.
#1632236
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Og`zaki bayon usullari

4. Savollarga keraksiz ortiqcha so’z va jumlalar kiritilmasligi lozim. Masalan: Endi ko’raylikchi, kim javob beradi.Demak,ya’ni so’zlarni keragidan ortiqcha ishlatmaslik kerak.
5.Javobi anglashilgan savollar bermaslik kerak. Masalan: Kuzatuvchi yuqoriga ko’tarilgan sari ufq chizig’I kengayadimi? Bu savolni kuzativchi yuqoriga ko’tarilganda ufq qay holda o’zgaradi shaklida havola qilingan va tuzgan ma’qul.
6. G’oyat murakkab va g’oyat uzun javob berish talab qilinadigan savol tuzmaslik kerak.
7. Ha yoki yo’q deb javob ko’tarish talab qilinadigan bo’lmasligi kerak . Masalan:Amudaryo Orolga quyiladimi? Volga Kaspiyga quyiladimi?
8. Har xil javob berishi mumkin bo’lgan noaniq savollar berishdan qochish kerak. Masalan: Sel paytida nima bo’ladi? Tumanchi?
9. Muhokama disskussiya talab etiladigan savollar puxta o’ylab o’rtaga tashlashi kerak. Masalan: Orol ko’li yana o’z holiga qaytishi mumkinmi yoki Orol butunlay qurisa nima bo’ladi? Va hokazo.
10. Savollar ma’noli gramatik jihatdan to’g’ri sodda tilda tushunarli qilib ifoda etilishi kerak. Bilimlarni egallash shartli sifatida suhbat o’quv jarayonida turli o’rinni egallash mumkin . Dars berishda tayyorgarlik va yangi materialni o’zlashtirish uyga berilgan vazifani tekshirish e’tiborini to’plash vositasi bo’lishi tushuntirish jarayonda yangi materialni o’rganilgan bilimlar bilan bog’lash dars yakunida o’rganiladigan qoidalar va ta’riflarni mustahkamlash metodi sifatida yakun sifatida foydalanishi mumkin. Suhbat boshqa metodlar bilan bog’langan bo’lib , ularni to’ldirib turadi. Materialning egallashning har qanday shakllarida qisqacha suhbatlardan foydalaniladi.
Demak, geografiya o'qituvchisi didaktik va pedagogik talablar asosida, hamda geografiya fanining mazmunli vazifalariga mos ravishda materiallarni aniq va ko'rgazmali qilib so'zlab berishi lozim. To'g'ri, turli o'qituvchilar nutqidagi erkinlik va badiiylik bir xil emas. Metodik adabiyotlarda o'g'zaki bayon paytida o'quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda foydalanish muammolarini yechish muhim bo'lib turibdi. Ayniqsa, bayon qilish paytida o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish va boshqalar geografiya ta'limi metodikasidagi muhim muammolardan hisoblanadi.
Hikoya usuli Hikoya-o'quv materialini bayon qilish shakli bo'lib, asosan tasvirlash xarakteriga ega. Hikoyada maruzada qaraganda o'qituvchi o'quvchilar bilan ko'proq muloqotda bo'ladi. Hikoya davomida o'quvchilar bilan savol-javob qilib bo'lmaydigan mavzularni o'qitishda bu metod keng qo'llaniladi. Masalan, vulqonlarni, yer qimirlashlarni, oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial o'rmonlar va boshqalarda bu metodning afzalligi yorqin seziladi.
Hikoya ob'yekt va hodisalarni tabiat va jamiyatdagi xalqlar hayotidagi hodisalar, voqealarning nutqda ifodalanishidir.
O'qituvchi biror narsani tasvirlash orqali unga xos bo'lgan belgilarni ajratadi va shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya o'quvchilarda materialni o'zlashtirishni yengillashtiradi. Hikoyaning ta'lim tarbiyaviy ahamiyati faktorlarni to'g'ri tanlashga bog'liq. Ba'zan o'qituvchi asosiy bilimlarni o'zlashtirilishi qiyinlashtiradigan bir qator qo'shimcha, ikkinchi darajali ma'lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o'quvchi ekskursiyada olgan taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan ko'rgan narsalarning hammasi haqida gapiraveradi.
Ko'pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta hikoyani bayon qilishda ham qo'llanishi mumkin. Tasvirli hikoya mazmunini badiiy va bop ailmiy ommadabiyotlar, o'qituvchining sayohat va kinofilmlardan olgan shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasviriy hikoya geografik talablarga javob berishi bilan birga ob'yekt va hodisalar dars mazmuni bilan uyg'unlashgan bo'lishi lozim. Geografiya ta'limidagi karta, rasmlar asosida hikoyalar ham keng qo'llaniladi.
Hikoyada ob'yektning umumiy belgilaridan asosiy belgilar ajratib ko'rsatilishi yaxshi natijalar beradi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo'shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo'lishi mumkin. Ba'zan hikoya darsda mustaqil o'rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida tushuntirish jarayoniga ham kiritish mumkin. Hikoya darsning boshida yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlaydi. Oxirida qo'llanilsa o'rgatilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi. Hikoyaga yuqori sinflarda 20-25 minut , quyi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha vaqt ajratish mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya paytida o'quvchilar faqat diqqat bilan tinglovchi bo'lib, faol ishga jalb qilinmaydilar. Hikoya anchaga ketsa ham ular diqqati asosida va oqibatda uning ta'siri kamayadi. O'qituvchi hikoya vaqtida o'quvchi yoshiga mos keladigan dars mazmuniga to'g'ri keluvchi materiallar to'plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq tasvirlar bo'lmasligi kerak. O'qituvchi faqat o'zi bilgan narsalarni gapirmasdan balki mavzuga oid bo'lgan materiallarni hikoya qilmog'i zarur. Hikoya yakunida soddalashtirib yubormasligi, unda tushunchalar, atamalar albatta, aks etishi kerak. Qisqasi, hikoya geografik bilimlar shakllanishida muhim omil bo'lish maqsadiga muvofiq. Hikoya paytida ayrim mavhum narsalar, raqamlar doskaga yozib borilishi kerak.Hikoya davomida o'qituvchi nazorat savollar berib borishi materialning puxta o'zlashtirilishiga yordam beradi.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling