Og'zaki bayon usullari reja: Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi


Download 117.5 Kb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1388634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7.og\'zaki bayon usullari

2.Nazorat suhbati: O’quvchilar ekskursiya va darslaridan keyin geografik materialni yoki sinfda so’zlar berganligini qanchalik to’g’ri o’zlashtirishlarini hamda bilim ko’nikma va malakalarini qanday egallaganlarini aniqlashda qo’llaniladi.
3. Umumlashtiruvchi suhbat: Bu turdagi suhbatni uyushtirishdan asosiy maqsad o’quvchilarni xulosa chiqarishga o’rgatishdan iborat. Bunday o’quvchilarning geografik ta’surotlari va bilimlari tartibga solinadi. Yakunlovchi suhbat yirik mavzular, qismlar, bo’lishlar bo’lib o’tib bo’lingandan keyin qo’llaniladi. Suhbat turlari o’quvchilarning tayyorgarligiga qarab o’zgarib turishi ham mumkin. Geografiya ta’limining dastlabki bosqichida suhbat oddiy kam sonli va qisqa javob talab qiluvchi savollardan iborat bo’ladi. O’quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanishi va mustaqilligi oshishi bilan suhbat metodi sifatida takomillashadi. Geografiya o’qitishda suhbat yaxshi chiqishi uchun quyidagilqrga e’tibor berish kerak.
1. Savol shakl jihatdan aniq va ravshan bo’lishi kerak.U butun sinfga tushunarli bo’lishi uchun jumlalar aniq tuzilishi lozim. Qiyin atamalar murakkab iboralarni kiritish yaramaydi. Berilgan savol muayyan javob talab qilishi kerak. Masalan: O’rmonda o’simliklardan nimalarni ko’rdingiz deb emas balki siz o’rmonda qanday daraxt turlarini uchratdingiz,deb qo’yilishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun ularni o’ylashga, fikrlashga majburlaydigan savollar qo’yilsa hamma o’quvchilar qo’yilgan savolga birdaniga javob berolmaydilar.
2. O’quvchilar javoblari ham fikr jihatdan ravshan bo’lishi kerak.Javob muayyan rejada bo’lishi lozim. Eng muhimi qanday vositalardan foydalanib nimani isbotlayotganligi yoki tushuntirayotganligini anglash zarur.
3. Qo’shaloq savol berishdan saqlanish kerak.Masalan:Siz tekislikda oqadigan daryolarni bilasizmi va ular qaysi jihatidan tog’ daryolaridan farq qiladi? Bunday savollar o’quvchi diqqatini bo’ladi. Savollar qisqa bo’lsa shunday qo’shaloq savol bo’lishi mumkin. Masalan: O’zbekistonlik sayyohlar kimlar va qanday qilib Jamolugma cho’qqisini zabt qildi.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling