OG'ZAKI BAYON USULLARI
O’qituvchi dars jarayonida o’quv materiallarini og’zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko’rsatmali qurollardan foydalanadi. O’qituvchining og’zaki bayonini keng ma’noda tushunmoq kerak. Jonli nutq deganda, ta’limning og’zaki metodigina emas, balki, o’qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so’zini, uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarish yo’llarini izohlashga doir so’zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so’zini, o’quvchilarga beriladigan turli yo’l - yo’riqlarni, izohli baholash va boshqalarni tushunish kerak. - O’qitish metodlari tasnifiga asos qilib olingan bilim manbalari ichida o’qituvchining jonli so’zi, nutqi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi.
- Jonli nutq o’quvchi ongiga tez yetib boradi. Uni ma’lum xulosalarga olib keladi. O’qituvchining jonli nutqi puxta bilim, ko’nikma va malaka manbai bo’lish bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ham ega. O’qituvchi nutqidagi mantiq, intonatsiya, urg’uning kuchi dalillarning jonli va ishonarli bo’lishi o’quvchilarning ongiga, his - tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ularni fikrlashga o’rgatadi, ma’lum xulosalarga olib keladi. Jonli nutq o’quvchilarning bilim olishdagi boshqa manbalar: ko’rsatmali qurollar va matnlar mazmunini tushunish, ular ustida mustaqil ishlash, fikr yuritishga ham yo’l ochib beradi.
O’qituvchining jonli so’zini o’quvchilarning o’qib – o’rganishi va bilim faoliyatini boshqarishi, unga rahbarlik qilish yo’llari va vositalarini ham o’zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o’quvchilar bilimining puxta va mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Geografiya o’qitishning ta’limiy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. O’qituvchining nutqi quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak:
Ilmiy va g’oyaviy jihatdan to’g’ri bo’lishi, tanlangan material ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |