Og'zaki bayon usullari


Bilimlarning muntazam, mantiqiy to’g’ri bo’lishini ta’minlash


Download 0.69 Mb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1391395
1   2   3
Bog'liq
7OG\'ZAKI BAYON USULLARI

Bilimlarning muntazam, mantiqiy to’g’ri bo’lishini ta’minlash ;
O’quvchilar uchun tushunarli bilimlarni puxta o’zlashtirilishini ta’minlashga;
Nutq obrazini qiziqarli bo’lishga, o’quvchilarni ham jonlantirish;
Bayon qilinayotgan materialni o’quvchilar yozib olishiga e’tibor berish kerak;
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, V-VII sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-10 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori sinflarda unga ajratiladigan vaqt birmuncha oshirilishi mumkin. O’quvchilarning o’qituvchi bayonini e’tibor va qiziqish bilan o’rganishini quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish mumkin:
O’qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy o’rinlarini qisqacha so’zlab beradi;
O’qituvchi o’rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni puxta tushunib olish uchun nima qilish zarurligini aytaylik, bayonning qaysi qismlariga e’tibor berish kerakligini, qo’shimcha qanday materiallar, (vaqtli matbuot, ilmiy – ommabop, geografik adabiyotlarni ) o’qib chiqish zarurligi va boshqalarni uqtirib o’tadi;
O’qituvchi nutqidagi intonatsiya va urg’uning kuchli, pauza, geografik usullarning ixcham va mantiqan to’g’ri ifoda qilinishi nutqning ravon, sof, obrazli va ta’sirchan bo’lishi tabiat, xalqlarga oid hikmatli so’zlar va oforizmlardan o’rinli foydalanish ayniqsa muhimdir. Demak, geografiya o’qituvchisi didaktik va pedagogik talablar asosida, hamda geografiya fanining mazmunli vazifalariga mos ravishda materiallarni aniq va ko’rgazmali qilib so’zlab berishi lozim. To’g’ri, turli o’qituvchilar nutqidagi erkinlik va badiiylik bir xil emas. Metodik adabiyotlarda o’g’zaki bayon paytida o’quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda foydalanish muammolarini yechish muhim bo’lib turibdi. Ayniqsa, bayon qilish paytida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish va boshqalar geografiya ta’limi metodikasidagi muhim muammolardan hisoblanadi.
Hikoya usuli Hikoya-o’quv materialini bayon qilish shakli bo’lib, asosan tasvirlash xarakteriga ega. Hikoyada ma`ruzada qaraganda o’qituvchi o’quvchilar bilan ko’proq muloqotda bo’ladi. Hikoya davomida o’quvchilar bilan savol-javob qilib bo’lmaydigan mavzularni o’qitishda bu metod keng qo’llaniladi. Masalan, vulqonlarni, yer qimirlashlarni, oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial o’rmonlar va boshqalarda bu metodning afzalligi yorqin seziladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling