Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari


Download 15.89 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi15.89 Kb.
#1502134
  1   2
Bog'liq
Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari-19

Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari

  • Muloqot inson ruhiyatining ko’zgusi ekanligi uning munosabat ifodalashida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ladi.
  • Birinchi bobning adresat faoliyati bosqichlari qismida qisqacha to’xtalib o’tilganidek, har qanday muloqot ostida oshkor yoki yashirin munosabat yotadi. Zero, “...İnson muloqot jarayonida o’zini qurshab turgan olam haqida xabar beribgina qolmay, balki predmetning tinglovchiga yoki o’zining xabar qilinayotgan predmetga bo’lgan munosabatlarni baholashga moyillik bildiradi...” Shu manoda muloqotni boshqacharoq qilib “munosabatlar ko’zgusi” deyish ham mumkin. Quyida munosabat ifodalovchi vositalar va insoniy munosabatlarning o’zbek MXda qanday namoyon bo’lishini faktik misollar asosida tahlil etamiz.
  • Munosabat ifodalovchi vositalar
  • Kommunikantlar o’zaro muloqotda bo’lar ekanlar, hatto eng kichik kommunikativ birlik (masalan, gap vazifasida qo’llanilgan so’z) ifodasidayoq bir-birlariga bo’lgan ichki munosabatlarini oshkor qilib qo’yadilar. Oddiy bir misol: kutilmaganda xonadoniga kirib kelgan mehmonga mezbon tomonidan aytilgan birgina “keling” degan so’z talaffuzi ostida o’nlab konnotativ mano (shodlanish, taajjub, hayrat, og’rinish, norozilik, beparvolik, bepisandlik kabi)lar yashiringan bo’ladi. “...Shirmon yuzli, satang juvon menga istar-istamas “keling” deb qo’ydi” (A.Muqimov). Shuning uchun ham o’zbek xalqi kutib olish jarayonini ”samimiy”, “iliq” kutib olish kabi darajalanishlarga ajratadi.
  • Muloqot jarayonida munosabat ifodalashning v e r b a l (lisoniy), n o v e r b a l (nolisoniy) va a r a l a sh (verbal-noverbal) vositalari mavjud bo’lib, quyida ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
  • Kommunikantlar bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini asosan verbal vositalar orqali ifoda etmoqchi bo’ladilar: “Men sizni hurmat qilaman”, “...yaxshi ko’raman”, “...sevaman” kabi verbal vositalar orqali adresant adresatga bo’lgan ijobiy munosabatini izhor etsa, “...yoqtirmayman”, “...yomon ko’raman”, “..sevmayman” kabi jumlalarda adresantning salbiy munosabati ifodalanadi.
  • Verbal vositalar orqali munsabat ifodalashning leksik, morfologik, sintaktik va aralash usullari bo’lib, ularning har biri alohida mavzu bo’lganligi uchun bu haqda birgina misol keltirish bilan chegaralanamiz: “...Ostonada qaynonasi Orzixon xola paydo bo’ldi.
  • - Voy, kelilar, kelilar...
  • “Xayriyat, - dedi ichida Murodjon qizarinqirab, - muz ko’chgan ko’rinadi, i l i q kutib olishyaptiku...” (T. Jo’raev).
  • Ko’rinadiki, adresat adresantning o’ziga bo’lgan i l i q munosabatini Orzixon xola nutqidagi his-hayajon bildiruvchi “voy” undov so’zi, “kelilar” so’zining takror qo’llanishi (leksik va sintaktik usul) orqali bilib olyapti.
  • Adresantning adresatga bo’lgan munosabatini unga nisbatan qo’llagan til birliklaridan ham bilib olish mumkin. Misol uchun o’zbek tilining qipchoq shevasida so’zlashuvchilar nutqida qo’llanadigan ko’rinmaydi, qorasi joq, daragi joq sinonimik birikmalari bir-birining o’rnini bosa oladi. Asosiy dominanta ktsrimmadi. U oddiy munosabatni bildirish bilan birga, normal nutq namunasi hisoblanadi. Masalan, hurmat munosabatini saqlagan kishilarga nisbatan daragi joq xususan, qarasq joq iborlarini qo’llab bo’lmaydi. Juda borganda joq sinonimini qo’llash mumkin. Asabiylashgan taqdirda yoki yoshlarga nisbatan daragi joq sinonimi qo’llanadi.
  • Bundan malum bo’ladiki, adresantning suhbat mavzui qahramoniga bo’lgan munosabatini (muloqot jarayonida bevosita ishtirok etmayotgan bo’lsa ham) unga nisbatan qo’llayotgan til (nutq) birliklaridan ham bilib olish mumkin.
  • Olimlarning fikriga qaraganda, odamlar suhbat jarayonida o’zlari aytmoqchi bo’lgan fikrning faqat 7 foizinigina so’z orqali, qolgan 38 foizini ohang va 55 foizini imo-ishora orqali bayon etadilar.
  • Boshqa bir olimning etirof etishicha, inson nutq azolari yordamida gapiradi, ammo butun vujudi bilan gaplashadi.
  • Bundan ko’rinadiki, muloqot jarayonida fikr va munosabat ifodalashning 90 foizdan oshiqrog’ini noverbal vositalar tashkil etar ekan. Shuning uchun ham bu mavzu Evropa tilshunoslarining allaqochon tadqiqot obektiga aylangan va bu haqda ko’plab asarlar yaratilgan. “Noverbal vositalar va ularning o’zbek tilida ifodalanishi” mavzuida monografik tadqiqot o’tkazgan S. Saidxonov o’zbeklarda ishlatiluvchi noverbal vositalarni kommunikatsion va somatik xususiyatlariga ko’ra f o n a ts i o n, k i n e t i k va a r a l a sh noverbal vositalarga ajratadi. Bizning ishimizda bu noverbal vositalarning kommunikantlar o’rtasidagi subektiv munosabatlarni ifodalash xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
  • Kommunikant “men”i va unga munosabat
  • Takidlab o’tilganidek, muloqot kamida ikki kishi o’rtasida yuz beradigan psixologik jarayon bo’lib, “hayotda barcha hollarda qo’llanadigan usulning o’zi yo’q va biron narsa barcha odamlarga bir xilda tasir qilmaydi”. Buning asosiy boisi hech bo’lmaganda ikkita aynan bir xil odamning yo’qligidadir. Chunki har bir inson “men”lik davosi bilan dun-yoga keladi. Shuning uchun ham biz insonni “betakror individ” deb ataymiz. “Bu dunyo inson tuyg’usiga “men” qudrati bilan ozodlik berilgan dunyodir”. Xuddi mana shu betakrorlik insonni yashashga davat etadi. Dildagi “men” tilda ham ayon bo’ladi. Faktlarga murojaat etaylik: jahonning eng nufuzli tashkilotlaridan biri “Npyu-York telefon kompani” eng ko’p ishlatadigan so’zni aniqlash uchun telefon orqali so’zlashishlarini batafsil o’rganib ko’rdi. Bu shaxs olmoshi - “men” ekan. Bu so’z 500 ta telefon so’zlashuvida 3990 marta qo’llanilgan.
  • Ko’rinadiki, “men” o’zlikni anglash shiddatidan tug’iladi. İnson o’zini anglashi tufayli olamni anglaydi, o’zini tanish tufayli yaratganni
  • taniydi. Chunki Mansur Halloj, Nasimiy, Shoh Mashrablar tili bilan aytganda, Olloh hazrati İnsonni o’z zarrasidan yaratgan. İslom tafakkurining eng buyuk natijasi hisoblangan so’fizmda inson o’z “men”idan, g’ururidan kechmay turib, Ollohni tanimaydi, degan qoida bor edi. Xuddi shu g’ururni sindirish uchun musulmon olamining taniqli olimi Jaloliddin Rumiy piri Said Burxoniddin talabi bilan shahar hojatxonalarini tozalagan.
  • Fatiy yoki futuvvatli bo’lishning eng muhim shartlaridan biri tavoze, yani boshqalarni o’zidan afzal bilmoq, barchaga kamtar, xoskor munosabatda bo’lishdir.
  • Muloqotda adresant - adresat - kommunikativ obektlar
  • o’rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi
  • İshimizning muloqot uzvlari, turlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, muloqotda asosan ikki muhim uzv - adresant (so’zlovchi) va adresat (tinglovchi)lar bevosita (zohiran) ishtirok etadilar. Ammo muloqot jarayoniga bavosita (botinan) tasir etib turuvchi uchinchi komponent ham borki, uningsiz til o’zining aloqa vositachilik vazifasini bajarmaydi. Bu uchinchi komponentni shartli ravishda tasir birligi (TB) deb atadik. Shu nuqtai nazardan muloqotni, avvalo, quyidagi ikki turga ajratish mumkin:
  • 1. Adresant - adresat o’rtasidagi bevosita muloqot.
  • 2. Adresant - adresat o’rtasidagi bavosita muloqot.
  • Muloqotning bu ikki turi o’ziga xos psixologik xususiyatga ega ekanligi, munosabat ifodalashda ham farqli jihatlar mavjudligi bilan ajralib turadi. Quyida mana shu farqli jihatlarni tahlil etishga harakat qilamiz.
  • Adresant - adresat o’rtasidagi bevosita muloqot va unda munosabat ifodalashning o’ziga xos xususiyatlari
  • Bu turdagi muloqotda adresant va adresatlarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlari to’g’ridan-to’g’ri (TBning aralashuvisiz) ifodalanadi va bunday muloqot obyektiv (xolisonalik) xususiyatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
  • Yuqorida fikrimizning “Munosabat bildirish bosqichi” qismida takidlab o’tilganidek, kommunikantlar bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini avvalo lisoniy (verbal) vositalar orqali ifodalamoqchi bo’ladilar. Biroq adresant - adresat o’rtasidagi bevosita muloqotda asosiy informatsiya nolisoniy vositalar orqali ifodalanadi.
  • Shu soha mutaxassislaridan biri Albert Meyerabianning fikriga ko’ra, evropaliklar muloqot jarayonida informatsiyaning faqat 7 foizinigina lisoniy vositalar orqali, qolgan foizini esa boshqa nolisoniy vositalar orqali ifoda etadilar. Professor Berdvissl tadqiqotlari ham Meyerabianning fikrini tasdiqlaydi. Yani uning tadqiqot natijalari ham nutqiy muloqot jarayonida informatsiyaning 35 foizi lisoniy, 65 foizi nolisoniy vositalar orqali ifodalanishligini ko’rsatgan.
  • Zero, “odam”ning so’zidan faqat uning qanday ko’rinish niyatida ekanligini bilish mumkin, aslida uning qandayligi so’zlarni ifodalashdagi imo-ishoralaridan, yuz bujmaytirishlaridan, binobarin, uning og’rinib qilgan harakatlaridan bilib olish mumkin (F. Shiller)”. Chunki inson nutq azolari orqali gapiradi, butun vujudi yordamida suhbatlashadi. Jumladan, oddiy bir noverbal vosita - “kulgida kulinayotgan obektga munosabat bildirilib, baho berilibgina qolmay, shu bilan birga, u orqali kulayotgan kishining madaniyat darajasi, xarakter va didi ham namoyon bo’ladi”.
  • Ko’rinadiki, adresant tomonidan aytilayotgan fikrni, uning o’ziga bo’lgan munosabatini adresat to’laligicha qabul qilib olishi uchun “fikrni to’ldirib keluvchi unga yondosh bo’lgan imo-ishora tilini muttasil ravishda o’rganish katta amaliy- ilmiy ahamiyatga molikdir”.
  • Shuning uchun ham 60-yillardan tilshunoslikda paralingvistik yo’nalishdagi asarlar yuzaga keldi va yuqoridagi hodisalar muloqotning muhim vositalari sifatida astoydil o’rganila boshlandi. o’zbek tilshunoslaridan M.Saidxonovning “Noverbal vositalar va ularning o’zbek tilida ifodalanishi” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasida noverbal vositalarning munosabat ifodalashlik xususiyatlari haqida ham ma’lumot berilgan.
  • Umuman, har qanday muloqotda bo’lgani kabi, adresant - adresat o’rtasidagi bevosita muloqotda ham adresant har soniyada adresat munosabatini bilib turishga qiziqadi. Shuning uchun ham adresantlar muloqot chog’ida adresatlarning har bir harakatidan munosabat qidiradilar. Agarda adresatlar bu borada passivlik qiladigan bo’lsalar (yani adresantga, uning gapiga munosabatlarini yashirsalar yoki hardamxayollik qilsalar), adresantlar ularga “to’g’rimi?”, “qalay?”, “nima dedingiz?” kabi qo’shimcha savollar berish yo’li bilan ularning munosabatlarini bilib olishga harakat qiladilar.

Kommunikantlar notanish bo’lgan paytda o’zaro pozitsiya (bir-birlariga bo’lgan munosabat)larini aniqlab olmagunlariga qadar muloqotdan ko’zlangan maqsad amalga oshmay turaveradi. Misol uchun, yaponiyaliklar bu narsaga qattiq amal qilishligini aytib o’tish mumkin. Ya’ni, ikki yapon ilk bor uchrashgan paytda, eng avvalo, suhbatdoshlarining qaysi ijtimoiy guruhga mansubligini, o’z guruhida qanday o’rin tutishligini aniqlab olishga harakat qiladilar. Shuning uchun bunday paytda ikki notanish kommunikant uchinchi komponent - TB aralashuviga ehtiyoj sezadi. Buning uchun adresant adresatga o’zini tanishtiradi. Tanishtirish vaziyat taqozosiga ko’ra rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin. Har ikki holatda ham adresant bergan malumotlar (kasbi, lavozimi, vazifasi, kimga qarashli ekanligi va h.k.)ga qarab adresat o’zining adresantga bo’lgan munosabati (pozitsiyasi)ni belgilab oladi. Xuddi shu paytdan adresant-adresat o’rtasidagi b a v o s i t a m u l o q o t boshlanadi.

  • 1- topshiriq. Ajratilgan soʽzlardagi xatolikni izohlang va ularni to’gʻrilab daftaringizga ko’chiring. Qo`shimchalarni o`rnida qoʻllamaslik nutq to`g`riligiga qay darajada putur yetkazishi to`gʻrisida fikr yuriting.
  • San`atning katta yoʻl chiqish uchun iqtidor, izlanish va mehnatning oʽzigina kifoya qilmaydi. Kishini ilgariga yetaklov “ichki kuch” ham boʻlishi zarur. Ustoz san`atkor Muhammadjon Mirzayev saboqlarini tinglashganim, bastakor Shavkat Mirzayev sinfiga tahsil olganim, bu ikkisining chin ustozlik mehri mendandagi “ichki kuch”ni yillar davomida ulgʻaytira bordi. Ovozning sozlash, talaffuz ustida ishlash, gʻazal matnini qayta-qayta o’qish mazmunini tushuntirishga, so`z tugul har bir harfning aytilish qoidasi amal qilish… ularning bu talabchanligini oʽz samarasini berdi.
  • 2-topshiriq.“Oʻzbekistoning kelajagi porloq” mavzuida nutq tayyorlang. Frazeologik ibora, maqol, matallardan foydalaning. Nutq ko’tarinki ohangga ega boʻlishi kerak.
  • 3-topshiriq.Lug‘atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid kichik atamalar lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring.

Download 15.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling