Og`zaki nutq va unga qo`yiladigan talablar. Yozma nutq va unga qo’yiladigan talablar
Download 130.5 Kb.
|
4-МАЪРУЗА (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning kommunikativ sifatlari. Nutqning aniqligi va to’g’riligi . Nutqning tozaligi va sofligi
- LUG`AT USTIDA ISHLASH.
- KELISHIK NORMALARI.
- Mustahkamlash uchun savollar.
- Foydalaniladigan adabiyotlar
4-mavzu: Ta`lim jarayonida tarbiyachi nutq madaniyati masalalari. Nutqning kommunikativ sifatlari (aniqligi, to’g’riligi, tozaligi). Talaffuz normalari. Reja. Og`zaki nutq va unga qo`yiladigan talablar. Yozma nutq va unga qo’yiladigan talablar Nutqning kommunikativ sifatlari. Nutqning aniqligi va to’g’riligi. Nutqning tozaligi va sofligi. Talaffuz normalari va unga qo`yiladigan talablar. Kelishik normalari. O`zbek adabiy tili normalari Tayanch tushunchalar. Talaffuz, me’yor, kelishik adabiy til, noadabiy qatlam, sheva, lahja, oddiy nutq, jargonlar, argolar, varvarizmlarm vulgarizmlar. O’zbek tili, milliy til, o’lik tillar, adabiy til, noadabiy qatlam, sheva, dubletlar, nutqning kommunikativ sifatlari, nutqning aniqligi va nutqning to’g’riligi, nutqning tozaligi nutqning sofligi. Matn, mulohaza, tasvir, muhokama, tanqidiy nutq, bayon, annotatsiya, sharh, tavsifnoma, ma`ruza va maktub. Fikrni io’odalash usuliga ko`ra nutq ikki xildir: A) Og`zaki nutq; B) Yozma nutq; Og`zaki nutq bilan yozma nutq o`zaro ma`lum darajada farqlanadi. Bular tubandagicha: og`zaki nutq yozma nutqqa qaragarda, juda qadimiydir. Og`zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni esa ko`ramiz, o`qiympz, Og`zaki nutq formal ko`rsatkichga ega emas, yozma nutqning formal belgilari juda ko`p va rang-barangdir. Og`zaki nutqda intonatsiya xizmat qilsa, yozma nutqda tinish belgilaridan foydalaniladi. Yozma ish turlarini tubandagicha tiplarga ajratish mumkin. Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar asosiy yozma ishlar uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar ko`pincha badiiy asarlar matnini o`rganish bilan bog`liq holda o`tkaziladi. Bunday yozma ishlarning asosiy maqsadi talabalarning nutqini o`stirishga, kitob ustida mustaqil ishlashga qaratilgan bo`ladi. Bunday yozma ishlar asosiy yozma ishlar uchun zarur materiallar tanlash, matndan muhim o’aktlar, misollar keltirish, fikrni reja asosida sistemali yoritish, tezis, konspekt tuzish kabi malakalarni egallashga yordam beradi. LUG`AT USTIDA ISHLASH. Lug`at ustida ishlash yozma nutqni o`stirishning boshlang`ich nuqtasidir. Lug`at sostavidagi so`zlar grammatik qonuniyatlar asosida o`zaro birikib, ma`lum kommunikativ funktsiyani bajaradi. Lug`at boyligi qanchalik yaxshi o`zlashtirilsa, kishining og`zaki va yozma nutqi shunchalik boy bo`ladi. Turli ko`chirib yozuvlar yozma nutq malakasini hosil qilishning bir vositasi bo`lib, yozuv texnikasini puxta egallashga va yozma ishlarning mazmunli bo`lishiga, badiiy uslubni aniqlashga muhim yordam beradi. Ko`chirib yozuvlar, asosan, tubandagilar: Badiiy asarlardai peyzaj va portret tasvirini ko`chirib yozish. Asar qatnashchilari nutqidan monologlar tayyorlash maqsadida ko`chirish. 3. Yodlash, deklamatsiya kilish uchun she’rlar yoki undan parchalar ko`chirish. Dialoglarni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, badiiy asarlardagi dialoglarni ko`chirish va ularni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, bog`lanishli yozma nutqni o`stirishga katta yordam beradi. Bunday mashq ijodiy fikrlashga, savodli va ixcham jumlalar tuzishga yordam beradi. Syujetli she`riy asarlarning mazmunini hikoyaga aylantirib yozish. Ko`pgina syujetli she`riy asarlar mazmunini xotirada saqlab qolish uchun ularning mazmunini nasrga aylantirib yozish ham muhim ahamiyatga egadir. Bu yozma nutq sohasida o`ziga xos ijodiy mashq hisoblanadi. Masalan, A.Navoiyning «Yolg`onchi» she`riy masali mazmunini nasriy yo`l bilan yozish mumkin. Savollarga javob yozish o`quvchini bayon va insho yozishga tayyorlaydi, badiiy asar mazmunini chuqur o`zlashtirishga, ularni analiz qila olish qobiliyatining takomillashishiga yordam beradi. Savollarga mumkin qadar sitatalar bilan javob yozish, savolning talabidan kelib chiqib, g`oyat muhim bo`lgan masalalarga diqqat qilish lozim. Matn mazmunini qisqartirib, yozish kishidan ancha chuqur o’ikrlashni, ma`lum darajada malaka va tajribani talab qiladi qisqartirib yozish uchun katta hajmli badiiy asarlar tanlanadi va tubandagilarga e`tibor berish talab qilinadi: 1.Avvalo, asar to`liq o`qib chiqiladi. 2.G`oyat ahamiyatli o`rinlari belgilab olinadi va homaki reja tuziladi. 3. Reja asosida asar mazmuni qisqartirib yoziladi:
Diktant o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o`stirishda muhim ahamiyatga egadir. Diktant yozish og`zaki nutqini yozma nutqqa ko`chirishning o`ziga xos turidir. Bayon- yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo`lib, o`quvchining nutq malakasini takomillashtirishga yordam beradi. Bayon yozishda yozma nutqni o`stirish bilan birga, matnning g`oyaviy, ta`lim-tarbiyaviy, ma`rifiy tomoniga jiddiy ahamiyat beriladi. Insho mustaqil yoritilgan o`ziga xos ijodiy asar bo`lib, yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi. Inshoning barcha turlari ta`limiy maqsadni ko`zda tutgani holda, talabalarning nutqini o`stirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozma nutq og`zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladi. U o`z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi. O’ikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og`zaki nutqdan ravondir. Har qanday nutq ma`lum bir so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o`quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko`rinishidir. Albatta bu yo`llangan nutq tinglovchiga yetib borib ma`lum bir ta`sir ko`rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo`lishi uchun o`z oldiga ma`lum talablarni qo`yadi. Bu talablar nutqning asosiy sifetlarn, xususiyatlari deb yuritiladi. Ular nutqning to`g`riligi, mantiqiyligi, ta`sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi, va maqsadga muvofiqligidir. 1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi». Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi. Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o`zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni farqlashdagi xizmati katta. Grammatik normaga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo`laklarni ularga bog’lanish qonuniyatlari tushuniladi. 2. Nutqning aniqligi - bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma`lum. G’arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi»,- degan bo`lsa, Kaykovuz «Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlag’anda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi. Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi. Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo`lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. 3. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug`aviy birlik ham matiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba`zan umuman, anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e`tiborsizlik natijasida ba`zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e`tibor qiling «Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatidan oldin bajaradilar (gazetadadan)» Gapda so`zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, «olti oylik» birikmasining «sotish» so`zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti. Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo`lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko`rinishlarida ham o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat`iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq tuzilishi esa, bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko`rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng planlilik tasvir qurilishini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqan putur yetmaganlik, bunday asarlarning oxirida ma`lum bo`ladi. Xulosa qilganimizda, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq maqsadga mo`vofiq ravishda ishlatiladigan nutqni tushunamiz. 4. Nutqning tozaligi. Nutqning tozalish degaida, eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, turli til, g`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lishi kerak. Bu masalaning lisoniy tomoni bo`lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega. Nutqimizning toza bo`lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir. To`g`ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki, badiiy adabiyot tilimizda dialektizm va varvarizmlar bilan ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, mualliflik ma`lum g`oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy kaloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq yomon so`zlarni elga tarqatding» (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy kaloritni berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar - chet so`zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko`maklashgan. «Dubora» yana bordi bir ishga shul, (so`kib -net, - dedi, kelma durrak, poshul!) (Mirmuhsin). Parazit so`zlar deb ataluvchi lug`aviy birliklar ham til madanyati uchun yotdir. Ular, asosan, so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi, e`tiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan: ayrim kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «ya`ni» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi bo`lamiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» (Ahmedov A. Til boyligi - Toshkent, 1968, 27-bet) 5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, o`z nugqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi ma`lumotga ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh, ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif beradi: «Ta`sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq ta`sirchan sanaladi». Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga qo`yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilshdlan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo`lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tugashi, ularni o`zaro bog`lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini taklif qilib, gapni, bog`lash lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir. Chunki so’zlash muddati oldin e`lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq tug’atilsa, tinglovchilar zerikmaydi. So`zlovchining o`z nutqiga munosabati ham muhimdir, chunki, shunday bo`lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchilar o`rtasida aloqa yaxshi bo`ladi. Notiq fikrlarni o`zi yoki tinglovchilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir sub`yektiv fikr mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta`sirli bo`ladi. Kishilar yoshlikda o`zi mansub bo`lgan sheva normalari asosida til o`rganadilar. Dialektal normalar juda qat`iy va qattiq amal qilgani uchun ularni buzish, ulardan qutulish oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir shaxsning o`zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shaxs tomonidan bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning yonida boshqa (shaxsiy) variantlar ham turadi. Agar so`zlovchi adabiy normalarni yaxshi egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan "shaxsiy" variantni afzal deb qarasa, uning nutqi adabiy normadan chetlashuvi mumkin. Adabiy normani buzish nutq so`zlayotgan jarayonda to`siq hosil qilmagan hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang: Rais boradigon bo`pti. Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi - fonemalar, ularning sifatlari, ma`lum fonetik sharoitlarda o`zgarishlari ko`zda tutiladi. O`zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga teng bo`lgan uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda so`zlayotgan kishilar nutqida har qadamda o`zining borligini sezdirib turadi. Adabiy talaffuz ba`zi bir uslubiy xususiyatlariga ham egadir. Ba`zan so`z, so`z birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki kitobiy talaffuzi farq qilib turadi. Bunday talaffuzda so`zlar uslubiy buyokka ega buladi. So`zlashuv nutqida esa ular uslubiy buyoksiz aytila beradi. So`zlarning talaffuzi turli shaxslarda turli nutq sharoitlariga ko`ra qandaydir darajada o`ziga xoslik kasb etishi mumkin. KELISHIK NORMALARI. Adabiy tilimizda "kuchli" va "kuchsiz" normalar bor. Bu adabiy tilning morfologik qurilishida ham amal qiladi. "Kuchli" normalar o`zbek tilini yaxshi bilgan kishilar tomonidan deyarli buzilmaydi. Unga amal qilish juda qat`iy hisoblanadi. Ikkinchi xil normalar tezda tashqi ta`sirga uchraydi, yomon o`zlashtiriladi; nutqda tez - tez buziladi. "Kuchli" normalar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt albatta amalga oshiriladi. "Kuchsiz" normalar go`yo mazmuniga uncha ta`sir etmagandek tuyuladi. Shuning uchun og`zaki so`zlashuvda bu normalarga kam e`tibor beriladi. O`rta maktabda yozma adabiy tilni yaxshi o`rganib olmagan yoki mahalliy shevalarning kuchli ta`sirida bo`lgan shaxslarning yozma nutqida ham normani buzish uchrab turadi. "Kuchsiz" morfologik normalarga misol tariqasida ba`zi bir (qaratkich, o`rin —payt va boshqa) kelishiklarning buzilishini ko`rsatish mumkin. Turli sabablarga ko`ra kelishik shakllarini almashtirib ishlatish deyarli hamma hollarda hozirgi zamon o`zbek tili normalarini buzish hisoblanadi. Kelishik qo`shimchalarini biz so`zlarning lug`aviy ma`nolari talablariga ko`ra ishlatamiz. So`zning lug`aviy ma`nosi talab qilmagan holda zo`rma - zo`raki qo`llangan kelishik shakli adabiy normadan tashqari hisoblanadi. Birlarni bee`tiqod, Birlarni riyo ko`rdim. Bir qarashda bu baytda hamma narsa o`z joyidadek ko`rinadi. Ammo riyo"so`zining lug`aviy ma`nosiga e`tibor berilsa, bunda (keyingi misrada) tushum kelishigi o`rinsiz ishlatilganligi ravshan bo`ladi: odamning o`zi butunicha riyo bo`lishi mumkin emas, balki unda riyo. Shunga ko`ra riyo so`zidan oldin kelgan so`z o`rin - payt kelishigida bo`lishi kerak. Adabiy norma shuni talab etadi. Yoki "Birlarni" so`z shaklining talablariga ko`ra, riyo oti o`rnida "riyoli" yasama sifati bo`lishi kerak. 5. Nutq madaniyati va tilning adabiy me`yori (normasi) o`rtasida uzviy aloqa mavjud. Nutq madaniyati tilning adabiy me`yoriga asoslanadi. Demak, nutq madaniyati haqida gapirishdan oldin adabiy me`yori haqida fikr yuritish lozim bo`ladi. 6. Adabiy me`yor ma`lum bir tilning muayyan bir davrida umumxalq tomonidan e`tirof etilgan va badiiy til ustalari, tilshunoslik mutaxassislari tomonidan belgilangan til me`yorlari sistemasidir. Adabiy me`yor sistema ekan, demak, u ham ma`lum ichki tuzilishga ega bo`ladi. Uning ichki tuzilishi quyidagilardan iborat: a) Fonetik me`yor: b) Orfograo’ik me`yor: v) Leksik me`yor: g) Morfologik me`yor: d) Sintaktik me`yor. Normativlik xususiyati adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir. Normativlik adabiy tilning o`ziga xos mohiyatidan iborat bo`lib, adabiy tilning ko`p vazio’alilik, umumxalqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz amalga oshmaydi. Chinakam ma`noda normativlikka erishgan, adabiy normalari mana shu asosda shakllangan tilgina o`zining umumiylik doirasidagi kommunikativ vazifalarni to`liq amalga oshira oladi. Shu tufayli ham milliy adabiy tilda uning okzaki va yozma shaklida norma (me`yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat hisoblanadi. Norma termini tilshunoslikda ko`pincha ikki ma`noda tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan ikkinchidan, norma deb grammatikalarda lug`atlarda, qo`llanmalarda tavsiya qnlingan yetakchi yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingap va mustahkamlangan qoida tushuniladi. Normativlik, ya`ni me`yoriylik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo`lgan tovushlar, so`zlar, so`z birikmalari, turli qo`shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida ma`lum qonun-qoidalarga aytaylik kelishilgan ko`pchilik tomonidan ma`qullangan norma deb tan olingai ko`rsatmalarga bo`ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun - qoidalarning buzilishi yoki ulardan chetlashish tilda normaning buzilishi, unga amal qilmaslik deb baholanadi. Demak, adabiy til muaayyan konkret normativ vositalar, imkoniyatlar ularni qo`llash bilan bog`liq, qonun-qoidalar ko`rsatmalar yng`indisidan iboratdir O`zbek adabiy tili normalari ilmiy asoslarda tubandagicha tasnif etiladi: 1.Leksik-semantik normalar-leksik (so`z-qo`llash) normalari. 2.Talaffuz (orfoepik) normalar. 3. Aktsenologik (so`z va formalarda urg`uning to`g`riligi) normalari. 4. Fonetik normalar. 5. Grammatik (moro’ologik va sintaktik normalar). 6. So`z yasalishi normalari. 7. Imloviy normalar. 8. Yozuv (grafik) normalari. 9. Punktuatsion normalar. 10. Uslubiy normalar. Norma tilning ijtimoiy vazifa bajarilishining asosiy sharti bo`lib, unga amal qilish shu tilda so`zlashuvchi va yozuvchilar uchun majburiydir. O`zbek tilining qanchalik normaga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy o`zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir. Adabiy normaning yuqorida keltirilgan turlari va ular orasidagi munosabatlarni o`zbek adabiy tiliga tadbiqan jadvalda tubandagicha ko`rsatish mumkin: Mustahkamlash uchun savollar. Mustahkamlash uchun savollarOg`zaki va yozma nutqning o`zaro farqlari haqida gapiring. Yozma ish turlari haqida so`zlang. Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar haqida nimalarni bilasiz? Asosiy yozma ish turlari haqida gapiring. Tilga xos bo’lgan xususiyatlar haqida so`zlang . Nutqqa xos bo`lgan xususiyatlar qaysilar? Nutqning aniqligi deganda nimani tushunasiz? Nutqning to’g’riligi nima? Nutqning sofligi uchun nimalar qilishimiz zarur? Nutqning kommunikatkv sifatlari deganda nimani tushunasiz? Nutqning to`g`riligi nutq madaniyati uchun qanday ahamiyatga ega? Qanday nutqni biz aniq nutq deymiz? Nutqning aniqliligiga qanday yo`llar bilan erishiladi? O`zbek shoir va yozuvchilarining so`z boyligi haqida so`zlang. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi haqida nimalarni bilasiz? Til madaniyati va nutq madaniyati tushunchasini qanday izohlaysiz? Tilga xos bo’lgan xususiyatlar haqida so`zlang . Nutqqa xos bo`lgan xususiyatlar qaysilar? Nutq madaniyati nima? Adabiy me`yor haqida ma`lumot bering. Adabiy me`yorning turlari va ulardan foydalanish haqida gapiring. Til normasi (me`yori) va nutq me`yori deganda nimani tushunasiz? Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Nurmatov A. Tilni sistemali o`rganish va sintaksisning ayrim munozarali masalalari.- Toshkent: «O`zbek tili va adabiyoti" jurnali, 1998-yil, 5-son. 2. A.Sodiqov va boshqalar. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 1981 - yil. 3. Begmatov E., Boboyeva A., Asomidlinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. -Toshkent, 1983- yil. 4. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Toshkent: Tarbiyachi, 1992 yil. 5. Barkamol avlod orzusi.- Toshkent, 2000. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling