Og‘zaki va yozma nutq. So‘zlashuv uslubi


Download 85.25 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi85.25 Kb.
#1345116
1   2   3
Bog'liq
Og‘zaki va yozma nutq

4. So‘zlashuv uslubining sintaktik xususiyati: To‘liqsiz gaplar (Borasanmi? Nega?); so‘z-gaplar (albatta, xop, mayli); gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishi (keldim bugun ertalab o‘qishga); elliptik xarakterga ega gaplar. So‘zlashuv jarayonidagi vaziyatga ko‘ra bayonotning ma'lum qismi nutqda koldirilib ketilaverilishi mumkin. Bunday holatda ham tinglovchilarga fikr tushunarli bo‘ladi (Qorami? Ko‘kmi?); ekspressivlikdan foydalanish (ulgurmaymiz deyishdan ko‘ra ulgurib bo‘pmiz, ulgurmoq qayoqda, ulgurib ham bo‘ldik). 1-topshiriq. Gaplarni o‘qing, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni izohlang. Otasi yoki u tengi boshqa kishiga “paxan”, “boboy”, onalariga “babulya”, “babushka”, “kampirsho”, aka-ukalariga nisbatan “brat”, “bratishka”, “bratan” deb murojaat qilayotgan noqobil farzandlarning bunday noxush so‘zlari quloqqa og‘ir eshitiladi. Ayrim hollarda esa ismlarning ruscha-hindcha shakllarda o‘rinsiz qisqartirib aytilishi ham yoqimsiz tuyuladi. Xayrishka, Masha, Borya, Gulya kabi. Ko‘cha-ko‘yda, avtobuslarda, o‘quv dargohlarida “ xey”, “vey”, “xov” deb yoki xushtak chalib chaqiradigan, yor-do‘stlariga Baxti, Mamash, Alish deya murojaat qiladigan yoshlar ham uchrab turadi. Bularning hammasi o‘ta madaniyatsizlik, odob me'yorini bilmaslik sanaladi. (A.Mirzaboboyev)

2-topshiriq. Qahramonning tili qaysi shevaga yaqinligini aniqlang, shevaga xos til xususiyatlarini ta'riflang. Birovning po‘stini Bir odam teatrga tushdi. Tomoshaning yarmiga borganda zerikdi. Bir tarafdan zal sovuq, uning ustiga sahnada o‘ynalayotgan voqyea ham bachkana edi. Ketgisi keldi. Pastga tushdi. Kiyimxonaga borib, po‘stinini so‘radi. Kiyim beruvchi unga yaltoqlanib boqdi. - Iye, ketopsizmi, akamullo? Shundaychin yaxshi o‘yinni tashlab-a? - Yaxshi bo‘lsa artistlar o‘zi ko‘raversin, - dedi tomoshabinning ensasi qotib, - po‘stinni oling. - Boz sabr qiling, akamullo! Haligi oshiq bacha qo‘shjg‘ini aytib qaylig‘ini chaqirib olsin-da, axir. Men sizga bir piyola choy beray, ichib turing. - E, qiziq odam ekansiz-ku, amaki! Oshiq yigitingiz bilan nima ishim bor? Po‘stinni bering, ketaman. - Beramiz, akamullo, beramiz, shu damgacha birovning jomasini kiyib qochgan mardum emasmiz. Yak nafas sabr kuned, akamullo... - Po‘stin! - deb baqirdi tomoshabin. Choyi nomiga ilgakdagi kiyimlarni nari-beri surib ko‘ra boshladi. - Hali zamon ko‘ruvdim sabil qolgurni. Qaysi go‘rga ketdi, man hayron... Shu payt tepadan hovliqib bir yigit tushib keldi. - Po‘stiningiz bu yoqda, -dedi u va yechib egasiga tutqazdi. Tomoshabin bir po‘stiniga, bir aktyor yigitga qarab ajablandi. - Tushunmadim. Nega mening po‘stinimni kiyib yuribsiz? - Aybga qo‘shmaysiz, aka, bozor iqtisodi. Goho tomoshabinlarning kiyim-boshidan foydalanib turmasak, teatrda tuzukroq kiyimning o‘zi qolmadi... (S. Siyoyev)

3-topshiriq. Quyidagi matndan so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarni toping va izohlang. Xah, hozirgi yoshlar-a! Ish deydi, o‘qish deydi, ovqat yeyishgayam vaqt topolmaydi. - U papkamni sumkasining ustiga qo‘ydi-da, yonidagi jikkak cholga hasrat qila ketdi. - Meniyam, o‘g‘lim shunaqa: institutlarni kattasida o‘qiydi. Kechasi bilan shig‘ir yozib chiqadi. Shig‘iring senga osh-non beradimi, uxlasang-chi, desam parvo qilmaydi. Muncha shang‘illaydi bu xotin? Manavi qizlar-chi! Muncha xiringlaydi? Ha, oldinroqda ikkita yigit turgan ekan-da. O‘l, mov mushukka o‘xshamay! Bir kun yetisharsanam, joningayam tegar...( O‘.H. “Ikki eshik orasi”)

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 85.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling