Ohaktosh konlarini portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlashning samarali usulini tanlash
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Kalit so’zlar: ohaktosh, karyer, kon massasi, kavjoy, burg’ilab-portlatish, mexanik, qazib-
yuklashga tayyorlash, karyer borti, ekskovator, Caterpillar, qatlam, cho’kindi jins. Mamlakatimizda ohaktosh konlaridagi massivni qazib-yuklashga tayyorlashda burg’ilab- portlatish ishlarini amalga oshirish ayrim massivni mexanik usulda qazib-yuklashga tayyorlashga qaraganda murakkab muammoli kon-muhandislik ishlarini bajarishni taqazo etadi. Xususan, portlatish ishlari natijasida ajralib chiqadigan chang va gazlarning atrof-muhitga ko’rsatadigan zararining oldini olish, hosil bo’lgan energiyaning karyer borti turg’unligi va yaqin atrofdagi bino-inshootlarga seysmik ta’sirini kamaytirish, kon jinslari bo’laklarining o’lchamlarini nazorat qilish, hamda kon-qazish ishlarining iqtisodiy tarafdan samara berishi tavsiflanadi. Ohaktoshlar cho’kindi tog’ jinslari turkumi, karbanatlar sinfiga mansub bo’lib, zichligi 2-2,7 g/sm 3 , mustahkamligi M.M. Protadyakonov shkalasiga ko’ra f = 3-4 ni tashkil qiladi. Ohaktosh jinslarining yuqorida keltirilgan parametrlariga e’tibor bergan holda mexanik usulda qazib- yuklashga tayyorlash ishlarini qo’llash mumkin, lekin masalaning boshqa tomonlarini ham tahlil qilish kerak. Mexanik usulda massivni yumshatish va qazib olish texnologiyasi tannarxi, unumdorligi, xomashyo sifat ko’rsatkichlari qachonki burg’ilab-portlatish ishlarining ushbu parametrlaridan afzalroq deb hisoblansa, amaliyotda qo’llash mumkin bo’ladi. Ohaktosh konlarini qazib olish sanoatining rivojlanishi ilg’or texnologik sxemalar bo’yicha qazib oluvchi va qayta ishlovchi zamonaviy texnikalarning yaratilishi va amalda individual texnologik jarayonlarda qo’llanilishi bilan tavsiflanadi. Karyerlardagi ohaktoshlarni qazib olishning amaliyotdagi allaqachon mavjud bo’lgan usullarini takomillashtirish, yoki yangisini joriy qilish esa buning asosiy shartlaridan biri bo’lib, bu borada ko’plab eksperimentlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling