Ohaktosh konlarini portlatishsiz qazib-yuklashga tayyorlashning samarali usulini tanlash
Journal of Advanced Research and Stability
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 01 | 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz/ 491 harakatini har bir blok vektor yo’nalishi bo’yicha moslab o’rnatish imkonini beradi. Tovush to’lqinining kon jinsi massivi orqali o’tish tezligiga qarab jinslarning yaroqliligi (kon jinslarining monolitligi, darzdorligi, suvchanligi), yumshatilish usullari aniqlanadi. Biroq akustik usulda kon jinslarining bir nechta fizik-mexanik xususiyatlarinigina bilvosita aniqlash mumkin. Tog’ jinslarini mexanik usulda yumshatishga sezilarli darajada ta’sir etadigan kon jinslarining texnologik xususiyatlari quyidagilardir: qatlamning qalinligi, har bir qatlamlarning alohida o’lchamlari, jinslarning jipslashish va birikish xususiyatlari. Ohaktosh jinslari massivining texnologik parametrlarini pasportlashda qatlamlarning o’lchamlari va qalinliklari inobatga olinadi. Hisob-kitoblar natijasida Caterpillar 374DL rusumli gidravlik ekskavatorlarning ohaktosh massasini qazib-yuklash ishlarida qo’llanilishi, frezerli qazuvchi kombaynlarga nisbatan 3 yoki 4 baravar, burg’ilab-portlatish ishlariga nisbatan 2 yoki 3 baravar kam xarajat talab etishini ko’rishimiz mumkin. Yupqa qalinlikdagi ohaktosh konlarini qazish kombayinlari bilan qazib olish texnologiyasi yuqori sifatli sement tayyorlash uchun xomashyo qazib olishda qolgan usullarga nisbatan kam xarajatli, lekin sheben, but toshlar, donador bloklarni qazib olishda buning aksidir. Aholi yashaydigan punktlar, avtomobil va temiryo’l liniyalari, muhandislik inshootlari va maxsus obyektlar yaqinidagi murakkab tuzilishga ega ohaktosh konlarini qazish kombayinlarida qazib olish ekologiya va mexanizatsiyalashning talablarida samarali hisoblanadi. Qazish kombayinlari ohaktosh konlarini yer qobig’idan nomudgarchiliksiz qazib olishda ahamiyatlidir. Kombayn bilan qazib olingan ohaktosh massasining hajmi burg’ilab-portlatish usuli yoki traktorga asoslangan yumshatish usuli bilan qazilgan kon massasiga nisbatan kichikdir. Kombayn bilan ohaktosh jinslarini qazib olish massivda dastlabki maydalash ishlarini olib bormasdan qazish imkonini beradi. Kombaynlar yordamida ohaktosh massasini tanlab qazib olishda foydali qazilmani tashuvchi transportlarning yuk tashish reyslari sonining kamayishi qazish nuqtasidan qabul qilish nuqtasigacha tashish xarajatlarini kamayishiga sabab bo’ladi. Ohaktosh konidagi kombayn qazish ishlari olib borilayotgan ishchi maydonning tekis yuzaligi bu yerda harakatlanuvchi transportlarning yurish qismining zo’riqishini kamaytirishga yordam beradi. Qazish kombaynlarining solishtirma ekspluatatsion xarajatlari Rip&Load texnologiyasinikiga qaraganda 7 %, burg’ilab-portlatish ishlariga qaraganda 25 % kam. Yupqa qalinlikdagi ohaktosh massivlarida frezerli kombaynlar bilan qazish ishlari samara bermaydi. Sababi frezerli kombaynlar asosan qalin tanali ohaktosh massivlarida qazish ishlarini olib borishda samaraliroqdir. Ohaktosh jinslarini qazib-yuklashga tayyorlashda mexanik yumshatkichlarni qo’llashning ko’pgina afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Mexanik yumshatkichlarning ohaktosh konlarini qazib olishda burg’ilab-portlatish ishlariga nisbatan quyidagi afzalliklari mavjud: ohaktosh konlari cho’kindi tog’ jinslari turkumiga mansubligi sababli, qatlamli ko’rinishda uchrashida qatlamlarni selektiv qazib olish imkoniyati mavjudligi; atrof-muhitga ko’rsatadigan ekologik va seysmik ta’sirlarni kamligi yoki umuman mavjud emasligi; iqtisodiy jihatdan burg’ilab-portlatish ishlariga qaraganda ekskavatorlarni qo’llash xarajatlarining kamligi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling