Ohangaron daryosi suvining mineralizatsiyasi 1991-2020 yillar davomida o’zgarishi Annotatsiya


Download 30.65 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1337003
1   2
Bog'liq
Maqola1

Asosiy qism. Hozirgi kunda Ohangaron daryosida O`zgidrometning 6 ta kuzatuv punktida suv sifati monitoringi nazorati olib boriladi. Bular quyidagilar:

  1. Ertoshsoy - Angren shahridan 20 km yuqorida, Ertoshsoy daryosi quyi qismidan 0,4 km quyida, Mashikatut qishlog‘idan 0,1 km yuqorida;

  2. Angren – Angren shahrida, Ohangaron to`g`onidan 5.5 km quyida;

  3. Toshkanal - Toshkanal dyukeridan 0.1 km quyida, Tuyabo`g`iz suv omboridan 5 km yuqorida;

  4. Tuyabo`g`iz - Tuyabo`g`iz suv omboridan 0.6 km quyida, Tuyabo`g`iz qishlog`idan 1.5 km Janubi-G`arbda

  5. (Soldatskoe) Do`stobod qishlog`i - Do`stobod qishlog`idan 3 km yuqorida, Do`stobod lubzavodi ovova suvlari tashlanadigan joydan 2 km yuqorida;

  6. (Soldatskoe ust`e) Ohangaron daryosi quyilish qismi – daryo quyilish joyidan 0.5 km yuqorida, Do`stobod qishlog`idan 13 km quyida.

Alyokin tasnifiga ko‘ra; Suvning minerallashuvi darajasi kattaligiga ko’ra, ya’ni suvda erigan barcha ionlarning umumiy tarkibiga ko’ra daryolarni quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin.

  1. Kam mineralizatsiyali suvlar (200 mg/l gacha)

  2. O’rtacha mineralizatsiyali suvlar (200-500 mg/l gacha)

  3. Yuqori mineralizatsiyali suvlar (500-1000 mg/l gacha)

  4. Juda yuqori mineralizatsiyali suvlar (1000 mg/l dan yuqori)

Alyokin tasnifiga ko‘ra Ohangaron daryosi turli punktlarda turlicha, asosan, yuqoridan pastga tomon minerallashuv darajasi ortib boradi.

1-rasm Ohangaron daryosi kuzatuv punktlarida o‘rtacha ko‘p yillik mineralizatsiya miqdori (1991-2020 y.y.)

Xulosa. Ohangaron daryosiga turli tarmoqlar oqavalari ta’sir ko‘rsatadi. Ohangaron daryosining mineralizatsiyasi uning yuqori qismida o‘rtacha 125,1 mg/l ni tashkil qiladi. Daryo oqimi bo‘yicha suvning mineralizatsiyasi ortib boradi va daryoning quyi 1000-1200 mg/l gacha etadi. Mineralizatsiyaning bunday ortishiga turli tarmoq korxonalari va ayniqsa, qishloq xo‘jalik oqavalari ta’sir qiladi. Quyi qismda Ohangaron daryosining suv sifati SII bo‘yicha 3-toifa darajasigacha pasayadi. O‘tkazilgan tahlillar daryoning boshlang‘ich joyidan to quyilishigacha va daryo suvini ayniqsa yirik sanoat xududlarida oqova suvlari bilan ifloslanish darajasi oshganligi tasdiqlaydi.
Daryo suvidagi mineralizasiya miqdori Ertoshsoy kuzatuv punktida 100–171,3 mg/l ni, Angren kuzatuv punktida 126,5–445,4 mg/l ni, Toshkanal kuzatuv punktida 206–625,8 mg/l ni, Tuyabo‘g‘iz kuzatuv punktida 329,8–617 mg/l ni, Do‘stobod (Soldatskoe) kuzatuv punktida 647,3–964,3 mg/l ni, (Soldatskoe ust`e) Ohangaron daryosi quyilish qismi kuzatuv punktida 605,2–1197,5 mg/l ni tashkil qiladi.
Ohangaron daryosining Ertash kuzatuv punktining suvi – kam minerallashgan suvlar sinifiga kiradi. Angren va Tashkanal kuzatuv punktlarining suvi o’rtacha minerallashgan suvlar sinifiga kiradi. Tuyabo’g’iz va Do‘stobod (Soldatskoe) yuqori kuzatuv punktlarining suvi yuqori minerallashgan suvlar sinifiga kiradi. (Soldatskoe ust`e) Ohangaron daryosi quyilish qismi kuzatuv punktining suvi juda yuqori minerallashgan suvlar sinifiga kiradi
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Alekin A.O. Gidroximiya– L.: Gidrometeoizdat-1952. – 60 s.

  2. Ejegodniki kachestva poverxnostnыx vod. – Tashkent: O`zgidromet, 1991-2020 gg.

  3. Abdieva M.Sh, Nishonov B.E. Zarafshon daryosi mineralizasiyasi va uning

antropogen ta'sir ostida o‘zgarishi – Ekologiya xabarnomasi, Toshkent-2019, 36 b.


Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling