Ohangaron daryosi suvining mineralizatsiyasi 1991-2020 yillar davomida o’zgarishi Annotatsiya


Download 30.65 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1337003
  1   2
Bog'liq
Maqola1


Nurmatov M.N. Nishonov B.E.
Ohangaron daryosi suvining mineralizatsiyasi 1991-2020 yillar
davomida o’zgarishi
Annotatsiya: Suv tarkibining shakllanishida inson faoliyati bilan bog‘liq omillar ta'sir qiladi, ya'ni, daryodan intensiv foydalanish suv miqdori va sifatiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Ohangaron daryosining mineralizasiyasi uning yuqori qismida minimum darajasini tashkil qiladi. Daryo oqimi bo‘yicha suvning mineralizasiyasi ortib boradi va daryoning quyi qismida o`zining maksimum qiymatiga erishadi. Mineralizasiyaning bunday ortishiga daryosi mineralizasiyasining bunday keskin ortib borishi ham tabiiy ham antropogen ta'sir natijasida sodir bo‘ladi. Sababi, daryoga kollektor drenaj hamda tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan oqava suvlar tashlanadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Ohangaron daryosining ko’p yillik mineralizatsiya miqdori barcha kuzatuv punktlar bo’yicha o’rgandik.
Kalit so’zlar: Ohangaron daryosi, kuzatish punktlari, mineralizatsiya, suv sifati.
Kirish: Markaziy Osiyo mintaqasidagi daryolarning o‘ziga xos hususiyatlari shundaki, antropogen omillarning gidrokimyoviy rejimga ta’siri, ularning hududida suv oqimining shakllanishi va ulardan foydalanish hududlariga bo‘linishi hisoblanadi. Ohangaron daryosining o‘ziga xos hususiyati ham aynan shundadir. Daryoning yuqori - suv oqimi shakllanishi hududidagi gidrokimyoviy tarkibi bilan quyi - suvdan foydalanish hududidagi oqimining gidrokimyoviy tarkibi bir biridan keskin farq qiladi. Chunki daryo suvining kimyoviy tarkibi Angren, Oxangaron, Olmaliq shaharlaridagi korxonalar oqava suvlari, shuningdek, kollektor va drenaj suvlari bilan daryoga tushuvchi ifloslantiruvchi moddalar taʼsirida hosil boʻladi. Buni daryoning mineralizatsiyasi misolida ham ko‘rish mumkin. Bu taʼsir daryo suvining minerallashuvi manbaidan quyilish nuqtasiga qadar 125 mg/l dan 1197,5 mg/l gacha oshishida namoyon boʻladi. [2] Bundan tashqari, yer yuzidagi daryolarning mineralizasiyasi ular suv to‘playdigan havzalarning namlik darajasi bilan ham bog‘liqdir. Namlik darajasi yuqori iqlimli hududlardagi daryolar suvining mineralizasiyasi juda past, aksincha, qurg‘oqchil hududlardagi daryolar suvining mineralizasiyasi yuqori darajada bo‘ladi. Masalan, Toshkent viloyatida joylashgan Ohangaron daryosining boshlanish qismi (tog‘ oldi hududida) Еrtоsh kuzatuv punktida mineralizasiya miqdori o‘rtacha 125 mg/dm3 ni tashkil qilsa, daryo quyi qismiga tomon (tekislik hududida) Soldatskoe (quyi) kuzatuv punktida mineralizasiya miqdori o‘rtacha 1000-1200 mg/dm3 ni tashkil qiladi. Ohangaron daryosi mineralizasiyasining bunday keskin ortib borishi ham tabiiy ham antropogen ta'sir natijasida sodir bo‘ladi. [3] Ohangaron daryosi suvining mineralizatsiya miqdori daryoning barcha kuzatuv punktlarida, O‘zgidrometning suv sifati monitoringi tizimining 1991-2020- yillardagi ma’lumotlari asosida o‘rganildi.

Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling