«oi la rasmi» metodi kasi


Oila a’zolarining joylashishi


Download 439.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi439.58 Kb.
#1212919
1   2   3
Bog'liq
«OILA RASMI» METODIKASI

Oila a’zolarining joylashishi 
Rasmda oila a’zolarining joylashishi oiladagi o’zaro munosabatlarning 
psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin. 
Oilaning jipsligi, oila a’zolari bir-birlari bilan ko’l ushlashib turishi, 
umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muhiti ko’rsatkichi 
hisoblanadi. Bunga qarama - qarshi xarakteristikali rasmlar emotsional aloqalarning 
past darajasidan dalolat beradi. 
Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida 
tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o’zini alohida ajratib 
ko’ysa, bu unda ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a’zolaridan 
birortasi alohida qilib chizilsa. bolaning unga nisbatan negativ munosabati, undan 
bolaga kelayotgan xavf haqida tahmin qilish mumkin. 



Rasmda oila a’zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik 
mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi. 
Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili 
Oila a’zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a’zosiga 
nisbatan emotsional munosabatini, bola uni kanday idrok etishi, bolaning «Men - 
obrazi», uning jinsiy identifikatsiyasi kabi keng qamrovli ma’lumotlar berishi 
mumkin. Bolaning oila a’zolariga emotsional munosabatini baholashda 
quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: 
1) 
tana detallari miqdori: bosh, soch, kuloqlar, ko’zlar, ko’z qorachig’i, 
kipriklar, qosh, burun, yuz, og’iz, bo’yin, elka, qo’llar, kaft, barmoqlar, oyoq, 
tovonning mavjudligi; 
2) 
kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi, yoqa, galstuk, bant, cho’ntak, 
kamar, tugmacha, soch turmak elementlari, kiyimning murakkabligi, bezaklar; 
3) 
figurani chizishda qo’llanilgan ranglar miqdori. 
Odatda insonga bo’lgan ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda 
ijobiy (pozitiv) kontsentratsiyada namoyon bo’ladi, ya’ni tana detallarining miqdori, 
kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar ko’llanilishida ifodalanadi. Va 
aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba’zida tananing muhim 
qismlari (bosh, oyoq, qo’l) tushib qoldirilishida ham aks etadi. Odatda, bolalar ota 
yoki onasini ko’rinishini kattalashtirib chizishadi. Bu haqiqatga yaqin. Ba’zida esa, 
chizilgan figuraning munosabati oila a’zolari real munosabatlariga mos kelmaydi, 
masalan, 7 yoshli bola o’z ota-onalaridan balandroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola 
uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo’lib 
xizmat qilishidan dalolat beradi. 
Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu 
oilada ona avtoritar boshliq bo’lib, dominantlik qiladi. 
Ba’zi bolalar o’zlarini hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib 
chizadilar. Bu esa bir tomondan, bola egotsentrizmi sababli, ikkinchi tomondan, 
qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga «raqobatchi» ekanligini ta’kidlash maqsadida 
qilinadi. Shu bilan birga «raqibini» kichraytirish yoki umuman chizmaslik hollari 
ham uchrashi mumkin. 
O’zlarini ahamiyatsiz, ortiqcha deb his qiluvchi hamda ota-onalari tomonidan 
mehribonchilik, g’amxo’rlik talab qiluvchi bolalar o’zlarini boshqa oila a’zolariga 
nisbatan ancha kichik xajmda tasvirlaydilar. 
Shuningdek, impulsiv o’ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o’zlarini juda 
katta, hatto butun daraxt hajmida tasvirlasalar, xavotirlanish, himoyasizlik hissi 
mavjud bolalar o’zlarini haddan tashqari kichik qilib chizadilar. 
Oila a’zolarining xususiyatlarini tahlil qilishda tananing har bir qismlari 
tasviriga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayyan 



faollik sohasi bilan boglangan bo’lib muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo’lib 
xizmat qiladi. 
Qo’llar dunyoga ta’sir etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat 
qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo’llarini baland ko’targan holda tasvirlagan 
bo’lsa, barmoqlari uzun bo’lsa, bu ko’pincha uning agressiv istaklari bilan 
bog’langan bo’ladi. Ba’zida tashqi ko’rinishdan yovvoyi ko’ringan bolalar ham 
shunday rasm chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his 
qiladilar, ammo uning agressiv xulq-atvori bosilgan. Bu shuningdek, o’z zaifligini 
kompensatsiya qilish, kuchli bo’lish istagi, hukmronlik xohishidan ham darak 
berishi mumkin. Agar bola «agressiv» qo’llar bilan bir qatorda keng elka va shunga 
o’xshash mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa, bu tavsif yanada 
ishonchli bo’ladi. 
Ba’zida bola barcha oila a’zolariga qo’l chizadi, o’ziga esa chizishni «unutadi». 
Agar bunda bola o’zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa - bu kuchsizlik, 
oiladagi o’zining ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni hadtsan ziyod nazorat qilishi, 
uning faolligini bo’g’ishi hissidan darak beradi. 
Bosh - «Men» lokalizatsiyasi, intellektual va pertseptiv faoliyat markazi. 
Yuz - tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi. 
3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’zi qismlarini chiza 
boshlaydilar. 
Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari - ko’z, 
og’izni tushirib koldirsalar, bu mulokat sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat 
beradi. 
Agar boshqa oila a’zolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki 
yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar 
mavjudligini ko’rsatadi. 
Qizlar o’gil bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko’proq e’tibor beradilar, ular 
ko’proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya). 
Tish va og’izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola 
o’zini emas, oila a’zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko’pincha, bu odamning 
bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo’rquv hissi bilan 
bog’langan bo’ladi. 
Shunday qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan 
odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3,5 yoshli bolalar bosh va oyoq 
bilan chegaralansalar, 7 yoshda tana sxemasi boy, unda detallar ko’p bo’ladi. 

Download 439.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling