«oi la rasmi» metodi kasi
Rasm chizish jarayoni tahlili
Download 439.58 Kb. Pdf ko'rish
|
«OILA RASMI» METODIKASI
Rasm chizish jarayoni tahlili
Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi zarur: a) oila a’zolari rasmini chizishdagi ketma-ketlik; b) detallarni chizishdagi ketma-ketlik; 6 v) o’chirish; g) chizib bo’linmagan ob’ektlar, detallar va figuralarga qaytish; d) pauzalar; e) spontan izohlar. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, 38%ga yaqin bolalar birinchi bo’lib onalarini, 35%i o’zlarini, 17 %i otalarini, 8%i esa aka-uka, opa - singillarini chizadilar. Himoya qilishda eng muhimidan boshlanadiganidek, bolalar rasmda birinchi bo’lib eng ahamiyatli, muhim yoki emotsional jihatdan yaqin odamini aks ettiradi. Bu shu bilan izohlanishi mumkinki, ona oilada muhim funktsiyalarii bajaradi, bolalar bilan ko’p vaqt birga bo’ladi, ularga boshqalarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratadi. O’zlarini birinchi bo’lib tasvirlash bolalarga xos bo’lgan yosh xususiyati - egotsentrizm bilan bog’liq. Agar rasm onasi yoki o’zidan emas, balki boshqa bir oila a’zosidan boshlansa, bunga ahamiyat qaratish zarur. Chunki bu shaxs ko’pincha bola uchun qadrli bo’lib, unga bog’langan bo’ladi. Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning unga nisbatan negativ munosabatini bildiradi. Oila a’zolarini chizishdagi ketma-ketlik tahlili figuralar grafik tasviri xususiyatlari tahlili bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma’lumotlar olish mumkin. Agar birinchi tasvirlangan figura hajm jihatidan katta, biroq sxematik tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning unga nisbatan hissiyotlari ijobiy emas. Ko’pincha bolalar oila rasmini chizish vazifasini olgach, oila a’zolarini chiza boshlaydilar. Ba’zi bolalar esa, avval turli ob’ektlarni, quyosh, mebel rasmini chizib, keyin odamlarni tasvirlashga ki- rishadilar. Bu - o’ziga xos himoya reaktsiyasi bo’lib, bola o’ziga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. Ko’pincha bu noqulay oilaviy vaziyat, yomon munosabatlar, shuningdek, ba’zida psixolog bilan bolaning aloqasi yomon bo’lganida kuzatiladi. Oila a’zolari rasmi chizib bo’lingach unga yana qaytish bola uchun uning ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. Muayyan detallar, oila a’zolarini chizishdan oldingi pauza nizoli vaziyat bilan bogliq hamda motivlar ichki dissonansining tashqi ifodalanishi hisoblanadi. Ongsizlik darajasida bola negativ emotsiyalar bilan bog’langan shaxs yoki detalni chizish chizmaslikni hal qiladi. Chizilgan rasmni, detalni o’chirish, uni qayta chizish - shu oila a’zosiga nisbatan negativ yoki ijobiy munosabat ifodasi bo’lishi mumkin. Bunda rasm chizishning natijasi muhimdir. Agar o’chirish, qayta chizish yaxshi tomonga o’zgarmagan bo’lsa, bolaning shu kishiga nisbatan nizoli munosabati haqida fikr yuritish mumkin. 7 Spontan izohlar ko’pincha rasm mazmunining bola uchun ahamiyatini anglatishi mumkin. Shuning uchun bu izohlarni diqqat bilan eshitish lozim. Download 439.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling