«oi la rasmi» metodi kasi
Download 439.58 Kb. Pdf ko'rish
|
«OILA RASMI» METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatma 1.
- Ko’rsatma 2.
«OI LA RASMI » METODI KASI Tadqiqot uchun - oq qog’oz (21 x 29sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, qizil, ko’k, yashil, sariq, jigarrang), o’chirg’ich zarur. Bolaga quyidagicha ko’rsatmalar beriladi. Ko’rsatma 1. «Iltimos, o’z oilang rasmini chiz». Bunda «oila» so’zining ma’nosini tushuntirish tavsiya etilmaydi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, psixolog ko’rsatmani qayta takrorlashi kerak bo’ladi. Vazifani individual bajarishga odatda 30 minutdan ko’p bo’lmagan vaqt beriladi. Testni guruh bo’lib bajarganda vaqt chegaralanib, u 15-30 minutdan oshmaydi. Ko’rsatma 2. Oilangni rasmini chiz, bunda oila a’zolarini hammasi o’zining kundalik ishi bilan band bo’lsin. Ko’rsatma 3. Oilangni rasmini o’zing uni qanday tasavvur qilsang, xuddi shunday qilib chiz. Ko’rsatma 4. Oilangni rasmini chiz, bunda oila a’zolarining har birini fantastik ko’rinishda (mavjud bo’lmagan narsa sifatida) ifodala. Ko’rsatma 5. Oilangni rasmini ma’lum bir obrazga o’xshatib chiz, bunda oilaningning o’ziga xos xususiyatlari aks etsin. Vazifani individual bajarish jarayonida bayonnomada quyidagilar qayd qilinishi zarur: A) detallarni chizish ketma-ketligi; B) 15 sekundtsan ortiq pauzalar; B) detallarni o’chirish; G) bolaning spontan (dabdurustdan, o’z-o’zidan berilgan) izohlari; D) emotsional reaktsiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi. Vazifa bajarib bo’lingach, psixolog verbal(suhbat) yo’l bilan iloji boricha ko’proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. Odatda quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: 1. Aytchi, bu yerda kim tasvirlangan? 2. Ular qaerda tasvirlangan? 3. Ular nima qilishayapti? 4. Buni kim o’ylab topdi? 5. Ular xursandmilar yoki zerikishayaptimi? Nima uchun? 6. Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun? Oxirgi ikkita savol bolani hissiyotlarini ochiq muhokama qilishga undaydi. Agar bola ularga javob bergisi kelmasa, uni majburlash kerak emas. Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmdagi hissiyotining mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur: agar bola oila azolaridan birini tasvirlamagan bo’lsa, unga nisbatan hissiyotlarini aniqlashi kerak. To’g’ridan-to’g’ri savollar berib 2 ularga javob berishni talab qilishdan qochish kerak, chunki bu bolada xavotirlanishni, himoyaviy reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Ko’pincha proektiv savollar yaxshi samara beradi (masalan: «Agar qushchaning o’rniga odam chizilgan bo’lsa, nima bo’lar edi?», «Akang bilan sen musobaqalashsang kim yutgan bo’lar edi?» va b.). Suhbatdan so’ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni aniqlashga qaratilgan: 1. Tasavvur qilaylik, tsirkka 2 ta chiptang bor. Kimni tsirkka gaklif qilar eding? 2. Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq, kimdir kasal bo’ldi va uyda qolishi kerak. Kim qoladi? 3. Konstruktordan uy yasayapsan (qo’g’irchog’ing uchun qog’ozdan ko’ylak qirqayapsan), lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga chaqirasan? 4. Senda qiziqarli filmga bir nechta chiptalar bor, lekin u oila a’zolarining sonidan 1 taga kam. Uyda kim qoladi? 5. Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u erda kim bilan yashashni xohlarding? 6. Senga qiziqarli loto o’yinini sovg’a qilishdi. Oila a’zolaring barchasi loto o’ynashga o’tirishdi, ammo bir kishi ortiqchalik qilayapti. Kim loto o’ynamaydi? Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur: a) o’rganilayotgan bolaning yoshi; b) oila a’zolari soni, aka-singillarining yoshi; v) agar iloji bo’lsa, bolaning uy va bog’chadagi, maktabdagi xulqi haqida ma’lumotlar. «Oila rasmi» metodikasi interpretatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin: 1) «oila rasmi» strukturasi tahlili; 2) oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi; 3) rasm chizish jarayoni tahlili. 1. «Oila rasmi» strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash. Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to’laligicha aks ettiradi. Tadqiqotlarda ko’rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo’lgan bolalarning 85 foizi (oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarini to’liq rasmini chizadi. Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bo’lsa, bunga alohida e’tibor berilishi talab qilinadi. Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi. 3 Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman aloqasi bo’lmagan odamlar aks ettirilganligini ko’rish mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi - oila bilan bog’liq bo’lgan salbiy kechinmalar: rad etilganlik, himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda psixologning o’rganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o’rnata olmaganligi bo’lishi mumkin. Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi - o’sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko’proq aka yoki singil- lar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi. Masalan; «joy qolmagani uchun chizmadim», «U o’ynashga ketgan» kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: «Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» deb javob beradilar. Ba’zan real oila a’zolari o’rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi (aynanlashtirayotganligi) muhim (ko’pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni xohlagan aka yoki ukasini shunday aks ettiradi). Ba’zi rasmlarda bola o’z rasmiii chizmaydi yoki oilasi o’rniga faqat o’zini aks ettiradi. Bu bolaning o’zini oila tarkibiga ko’shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi. Rasmda «Men'' ining mavjud bo’lmasligi - qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli. Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin. Odatda bu oiladagi psixologik extiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog’liq. Oilada yolg’iz farzand bo’lsa, affilyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo’shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin. Download 439.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling