O`ibdo`: S. Alikulov


Maktab direktori: S.E.Usmanova


Download 51.51 Kb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi51.51 Kb.
#1761862
1   2   3   4
Bog'liq
Buyruqlar 2023-2024 o`quv yili

Maktab direktori: S.E.Usmanova

SIRDARYO TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM BO’LIMI BOSHLIG’INI BUYRUG’I
30«8»2023 yil. 573-9-128-XT/2023-son
Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish choratadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF–79-son Farmoni hamda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 25-avgustdagi 6/110-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:

  1. Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi Kengashining 2023-yil 27-iyuldagi 2-sonli majlis bayonida tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanishi yuzasidan tegishli qaror qabul qilinganligi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoʻlga qoʻyilgan oʻquvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimi ijobiy joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

  1. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 25-avgustdagi 6/110-sonli buyrug‘i bilan Yuqori sinf oʻquvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha tajriba-sinov oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablarida yangi baholash jarayonlarini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik tartib ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Viloyat O‘quvchi va pedagoglarning bilimi hamda ko‘nikmalarini baholash, taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda:

bir hafta muddatda bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish istagini
bildirgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatini boshqarmaga taqdim etish; belgilangan maktablarda tajriba-sinov jarayonlarini samarali tashkil etish,
doimiy nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish; har chorak yakuni boʻyicha tajriba-sinov xulosalarini boshqarmaga taqdim
etib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. Ushbu buyruqning jrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.


Download 51.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling