O`ibdo`: S. Alikulov


SIRDARYO TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM BO’LIMIGA QARASHLI 5-IDUM DIREKTORINING BUYRUG`I


Download 51.51 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi51.51 Kb.
#1761862
1   2   3   4
Bog'liq
Buyruqlar 2023-2024 o`quv yili

SIRDARYO TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM BO’LIMIGA QARASHLI 5-IDUM DIREKTORINING BUYRUG`I

«9»2023 yil.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni ijrosi haqida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohotlar samaradorligini oshirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi 147- son buyrug‘i asosidagi Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 6-sentabrdagi 6/119-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1.Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi booshqarmasining 2023-yil 6sentabrdagi 6/119-sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda - Farmon) tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasaruffidagi muassasalar direktorlari tomonidan rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Farmon bilan:
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirilganligi;

  1. yil 1-iyuldan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib davlat maktabgacha va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun ham tadbiq etilganligi;

  2. yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdori 1,5 baravarga oshirilganligi inobatga olinsin.

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich:
1-4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5-9-sinflarda tayanch hamda 10- 11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirish;
fanlararo va sinflararo integratsiyasini ta’minlash;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida (1-4-sinflar) informatika fani, o‘rta sinflarda (5-9-sinflar) esa o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etish; barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilishi, bunda, darslardagi mavzular muammoni hal qilish orqali o‘rgatilishi, amaliy mashg‘ulotlarda loyiha ishlari o‘tkazilishi choralarini ko‘rish,
Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti (S.Radjabov) 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining o‘quvchilari bilimini baholashning yangi tartibini tajriba-sinov tariqasida joriy etsin. Bunda, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari baholash,
a) 2023-yil 20-oktabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi
Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish,
Bunda:2023/2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan talabgorlarning bir yil muddat davomida stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi; stajor-o‘qituvchiga oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llanilishi;
stajor-o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibi;
2024- 2025-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshqa pedagog kadrlarini ham kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish nazarda tutilsin.
b) 2023-yil 20-noyabrga qadar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berish tartibini takomillashtirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda:
malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda - pedagogik mahorati baholanishi; malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarini o‘tkazishga moratoriy joriy etilishi; moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmaydi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi inobatga olinsin;
d) 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi.
Bunda, xalqaro tan olingan malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi ko‘zda tutilishi,
2023-yil 1-sentabrdan boshlab pedagog kadrlarning “elektron portfoliosi”ni shakllantirib borishni yo‘lga qo‘yilishi, unga o‘qituvchilarning malaka darajasi, kasbiy rivojlanish natijalari va pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari kiritib borilishi,
2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilash bo‘yicha tartib ishlab chiqish va tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritilishi,
Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar”i tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatilishi inobatga olinishi bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi berilishi hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinishini inobatga olgan holda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining nizomi va lavozim yo‘riqnomalarini qayta ko‘rib chiqilishi;
2023-yil 20-avgustga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengashi”lari tarkibini shakllantirib, rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritishi;
2023-yil 1-sentabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin. Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi inobatga olinishi,
2023-yil 20-dekabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini har besh yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimini joriy etish tartibini tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritish. Bunda, sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etishi,
3.umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari lavozimiga kadrlarni tayinlashda tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4.Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.



Download 51.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling