Oila — jamiyat negizi. - Oila —jamiyat negizi. Davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim... Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga ko'ra quriladi, o'zining ko'p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlaming talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
- I.A.KARIMOV
- Oila tushunchasi, oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari. Barcha narsa juft-juft bo'lib yaratilgan ekan, juft bo'lib yashash tabiat taqazosidir. Lekin oila bo'lib yashash faqat odam nasliga xosdir. Yer yuzida birinchi oilani Odam Ato bilan Momo Havo tuzishgan. Ular uzoq ayriliqdan keyin bir-birlarini sog'inib qolishgach, diydor ko'rishganlar. Muhabbat tarixi shundan boshlangan, desak adashmaymiz.
- Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir, er va xotin ikki tirik vujudning ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olam — bu oiladir.
- Oila — tarixan tarkib topgan o'ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo'lib, uning a'zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o'zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog'langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma'qullangan ifodasi hisoblanadi.
Jamiyat nikoh vositasida erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabatlar qaror topadi. Oila va jamiyatning mavjud bo'lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir. - Jamiyat nikoh vositasida erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabatlar qaror topadi. Oila va jamiyatning mavjud bo'lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir.
- O'zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o'xshash tomoni ko'p, shu bilan birga o'ziga xos jihatlari bor. Xalqimizning: "Nikoh eng avvalo Arshi a'loda o'qiladi, keyin esa yerda" degan naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo'yicha nikoh ilohiy ahd, oila muqaddasdir. "Xotinlaringiz ziroatgohingizdir" deyiladi Qur'oni karimning
Baqara surasi 223-oyatida. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko'rishdir. - Baqara surasi 223-oyatida. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko'rishdir.
- Hadisi shariflarda: "Kimgaki Alloh taolo Soliha xotin nasib etgan bo'lsa, dinining yarmiga taqvo qilibdi, qolgan yarmiga o'zi taqvo qilsin".
- "Xotin kishi qovurg'adan yaratilgan, agar sen qovurg'ani to'g'rilayman desang sindirasan, murosa qil-u, u bilan yasha" deyilgan. Demak, ayolni ayol deb bilib, murosa qilish lozim.
- Oila tarixan tarkib topgani sabab hozirgi vaqtda "Oilashunoslik" fani ham rivojlanmoqda. Chunki sog'lom avlodni tarbiya topishida oilaga e'tibor muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda "Oilashunoslik" fanining asosiy maqsadi quyidagilardan iboratdir.
1. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash; - 2. Kelgusi jamiyatni boshqaruvchi, sog'lom, aqlan teran, mehnatkash, o'z Vataniga sodiq avlodlar, urf-odatlariga hurmat bilan qarovchi, axloqan pok farzandlar yetishtirish;
Shunday ekan, "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir. - Shunday ekan, "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir.
- 1998 yil mamlakatimizda "Oila yili" deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan oila manfaatlarini ta'minlash maqsadida davlat dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bundan tashqari
- "Sog'lom avlod yili" (2000 yil), "Onalar va bolalar yili" (2001 yil),
- "Sog'lom avlod" ordenining ta'sis etilishi va shu kabilar oilani himoya qilish, farzandlar ravnaqi uchun muhim ahamiyatga egadir.
- 2002 yil 5 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Ayollar va o'sib kelayotgan avlod sog'lig'ini mustahkamlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'risida"gi qaroridan ko'zlangan asosiy maqsad - oila a'zolarining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollarning, ayniqsa tug'ish yoshidagi ayollar salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi, ularni tarbiyalash choralarini kuchaytirish,
- "Sog'lom oila — sog'lom bola" tamoyilini amalga
- oshirishdan iborat.
- 1. To'liqligiga ko'ra: to'liq noto'liq, qayta tuzilgan oilalar;
- 2. Bo'g'inlar soniga ko'ra: patnarxal, nuklear (ota-ona va bolalar),
- mezalyans;
- 3. Bolalar soniga ko'ra: farzandsiz, bir bolali, kam bolali, 3-5 bolali, serfarzand oila;
- 4. Oilaning yoshiga ko'ra: 1-10 yillik yosh oila, o'rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila;
- 5. Ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar, tadbirkorlar, aralash turdagi oilalar;
- 6. Mashg'ulot saviyasiga ko'ra: oliy, o'rta, o'rta maxsus va boshqalar;
- 7. Millatiga ko'ra: bir millatli va baynalminal;
- 8. Oilada er yoki xotin yetakchiligiga ko'ra: er yetakchi bo'lgan oila, xotin yetakchi bo'lgan oila, er-xotin yetakchi bo'lgan oila;
- 9. Oiladagi er-xotin o'rtasidagi munosabatlariga ko'ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar;
- 10. Yuridik rasmiylashtirilganiga ko'ra: sinovdagi oila, rasmiylashtirish arafasidagi oila, nikohdagi oila va nikohdan tashqaridagi oila;
- 11. Moddiy ta'minlanganiga ko'ra: badavlat, o'rtahol, qambag'al oilalar; jon boshiga to'g'ri keladigan daromad va oila ixtiyoridagi mol-mulk mezon qilib olinadi;
- Oila tarkibi va oilaviy munosabatlar turlari. Oila tarkibi:
- 1. Tabiiy munosabatlar — er-xotinlik va qon qarindoshlik
- munosabatlari;
- 2. Axloqiy munosabatlar juda keng ma'noda bo'lib, unga ma'lumoti, madaniyatliligi, kiyinishi, ovqatlanishi, rejimi, dam olishi kabilar;
- 3. Psixologik munosabatlar — xulq-atvori hislatlari, er-xotin o'rtasidagi sevgi-muhabbat hislari, farzandlar mehri;
- 4. Iqtisodiy munosabatlar — mulkiy munosabatlar, uy-joy, hovli-joyni boshqarish;
- 5. Huquqiy munosabatlar — nikohni davlat tomonidan qayd ettirish, er-xotin shaxsiy va mulkiy munosabatlar kabilar;
- Oilaviy munosabatlar turlari:
- Oila muhitini 3 toifaga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |