Oila funksiyasi tiplari va rollari


Oilaning reprodiktiv funksiyasi nimadan iborat?


Download 75 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi75 Kb.
#1515107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oila funksiyasi tiplari va rollari

Oilaning reprodiktiv funksiyasi nimadan iborat?
Oilaning muxim bо‘lgan funksiyalardan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga ketirish) fueksiyasidadir. Bu funksiyaning asosiy moxiyati inson naslini davom etirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan insoniyat paydo bо‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan xolda, ularning salomatligining saqlab turishidan ixam iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand kо‘rishga, ularni о‘stirishga va tarbiyalashga bо‘lgan extiyojga aylanadi. Bu extiyojlarini qondirmasdan turib, kishi odatda о‘zini baxtiyr xis qila olmaydi. Shuningdek, er-xotnda farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq xolda butunlay yangi xissiyotlar: ayolda-onalik, erkakda- otalik xissi paydo bо‘ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustaxkamlovchi asosiy omil xamdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reprodiktiv funksisi va uning bajarilishi deyilganda axoli soning qayta tiklashi uchun xar bir oilada nechtadan farzan bо‘lishi lozimligi nazarda tutiladi.
Stastistik ma’lumotlarga kо‘ra, agar xar bir oilada bittadan farzand bо‘ladigan bо‘lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yо‘q bо‘lib ketishi mumkin ekan.Xar bir oilada ikkitadan farzandning bо‘lishi xam axoli sonini saqlab tutishni ta’minlay olmaydi. Demograflarning ta’kidlashlaricha, oila о‘zining reprodiktiv funksiyasini bajarish uchun xar bir oilaga о‘rtacha 2,6 ta farzand tо‘g‘ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funksiyalarni bajarib qolmasdan, balki jamiyat xam oilalarga funksiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat xam oilalarga funksiyalarni muvaffaqiyatli uddalashlari uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berish lozim. Bu о‘rinda xukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bо‘la oladi. Bunday siyosatning asosiy yо‘nalishlari onlik va bolalikni muxofaza qilish, kо‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarning moddiy axvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu kabilardan iborat.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling