Oila haqida rivoyatlar va hadislar


Download 39 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi39 Kb.
#111034
Bog'liq
Oila haqida rivoyatlar va hadislar


Oila haqida rivoyatlar va hadislar.
Ruhullo Musoviy (1900-1989) - din va davlat arbobi. Eronning Aroq sh. yaqinidagi Humayn qishlog‘ida ruhoniy oilada tug‘ilgan. Avval Aroqtsa, keyin Qumda o‘qigan, o‘sha yerda madrasada dars bergan. 50-y.lar oxirida Oyatulloh unvoni b-n atala boshlagan. Eronda shoh hokimiyatiga qarshi kurash olib borgani uchun shoh jandarmeriyasi tomonidan 1963 y.da qamalgan, 1964 y.da Turkiyaga badarg‘a qilingan. 1965 y.da Iroqqa borib, shialikning muqaddas markazi hisoblangan Najafda madrasada dars bergan. Shoh hukumatining talabi b-n 1978 y.da H. Irokdan ham badarg‘a qilingan. Kuvayt hukumati unga mamlakatga kelishga ijozat bermagandan keyin, Parijda joylashgan. U yerdan turib, shoh hokimiyatiga qarshi kurashni va Eronda boshlangan inqilobiy harakatga yo‘llanma berishni davom ettirgan. Shoh hokimiyati ag‘darilgandan so‘ng 1979 y. fevr.da Eronga qaytib kelgan. Eron Islom respublikasi tashkil etilgandan keyin H. rasman davlatning diniy rahbari (viloyati faqih) deb konstitutsiyada e’tirof etilgan. Diniy rahnamo sifatida u "marjai taqlid" hisoblanib, imom deb yuritilgan.

Haj marosimlarini to‘la-to‘kis bajargan shaxs. Odatda bunday kishilarga H. so‘zini qo‘shib murojaat qiladilar (mas. Ahmad hoji, hoji buva, hoji ota, hoji ona va h.k.). Kurbon hayiti kunlaridan boshqa vaqtlarda Makka va Madinani ziyorat qilganlar umrachi yoki arabcha "mu’tamir" deb ataladi. Kuyidagi shartlarga javob bergan kishilar H. bo‘la oladi; 1) islom dinida bo‘lish; 2) balog‘atga yetmoq; 3) esli-hushli bo‘lmoq; 4) qodir bo‘lmoq, ya’ni: a) jismonan sog‘lomlik, b) haj safari uchun hamda Vatanda qolayotgan oila a’zolarining xarajati uchun kifoya qiladigan mablag‘ga ega bo‘lmoq, v) ayol kishi uchun mahram (unga uylanishi mumkin bo‘lmagan er qarindosh) b-n borishi. O’zi bormasdan birovga haq to‘lab, sirtdan haj (hajji badal) qilgan odam ham H. hisoblanadi. H.lik - biror imtiyoz beradigan mansab yoki lavozim emas. Aksincha, u kishiga jamoada kamtarin, taqvodor, husni xulkli bo‘lib yurish mas’uliyatini yuklaydi. Nogiron kishilar haj qilmoqchi bo‘lsalar, ularga doim qarab turadigan yordamchi lozim.


Ayol erini, oila ahlini xafa qilishi va ularga aziyat berishi badfe’llik, badxulqlik sanaladi. Alloh taolo marhamat etadi:

«...O’sha (xotin)larni uylardan (haydab) chiqarmanglar. Va o‘zlari ham chiqmasinlar. Illo, fahsh ishni qilsalargina chiqar

Ubaydulloh rivoyat qiladilar «Bo‘htonchilar Oisha raziyallohu anhoga tuhmat qilganda Janob Rasululloh Ali ibn Abu Tolib birlan Usoma ibn Zaydni xuzurlariga chaqirib, ulardan Oisha onamizning yo‘qolib qolganlari xususida surishtirib, maslahatlashdilar. Usoma Oisha onamizning pokdomon erkanliklari haqida o‘zi bilgancha so‘zladi. Hazrat Ali ersalar: «Olloh taolo hech qachon sizni ranjitmagaydir, xotiningizdan bulak ayollar ko‘p-ku, cho‘ridan so‘rab ko‘ringiz, ul tasdiqlagay!» — dedilar. Janob Rasululloh cho‘ridan: «Shubhali biror narsa ko‘rdingmi?» — dedilar. Cho‘ri: «Mening fikrimcha, Oisha juda yosh, bolalik qilib biror joyda uxlab qolgan bo‘lishi kerak ul shul qadar bo‘shangki, qo‘y kelib yeb qo‘ygan hamirga o‘xshaydir», — dedi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh minbarga chiqib: «Ey musulmonlar jamoasi, ayolim xususida tuhmat qilib menga ozor bergan odamning yomonlig‘iga yomonlig‘ birlan javob bermaganim uchun meni ma’zur tutgaysizlar. Olloh taolo haqi, men ayolimga xayriyatdan o‘zga narsani istamagaymen!» — dedilarda, Oisha onamizning pokdomon erkanliklarini zikr qildilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga va’z aytdilar, so‘ng Olloh taologa munosib hamdu sanolar o‘qigach: «Nechun qavm orasidan ba’zilar menga tegizib oilamni haqorat qilurlar, men ularning biror yomonligi borligini bilmagaymen?!» — dedilar»

Ibn Ka’b ibn Molik otalaridan naql qiladilar: «Ularning bir cho‘risi bo‘lib, u Sal’ degan togda qo‘y boqar erdi. Bir kuni qarasa, qo‘ylaridan biri o‘lar holatda yotibdi. Shunda u bir toshni sindirib o‘sha qo‘yni so‘ydi. Ibn Ka’bning otalari: «Uni yemangizlar!«— deb oilalariga aytdilar-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul xususda so‘radilar. Janob Rasululloh o‘sha qo‘yni yemoqni amr qildilar»

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh har bir boshliqdan qo‘l ostidagilarni saqlaganmi yoki zoe qilganmi, albatta, so‘raydi. Hattoki kishidan ahli oilasi haqida so‘ralad

Rohib qizni o‘ldirib, dafn qildi. Shayton esa uning ahli oldiga borib, rohib qizni homilador qilib, keyin o‘ldirganini va dafn etganini ularning qalblariga vasvasa qildi. Rohibning oldiga qizning oilasi kelib qizlari haqida so‘rashdi. U: «Qiz o‘lib qoldi», dedi. Shunda ular rohibni o‘ldirish uchun ushlashdi. Uning oldiga shayton kelib: «Qizni bo‘g‘ib kasal qilgan ham men, uning oilasi qalbiga (senga olib kelishni) solgan ham men, menga itoat qil, najot topasan. Ulardan seni xalos qilaman», dedi. Shunda rohib: «Nima narsa bilan (senga itoat qilay)?» dedi. Shayton: «Menga ikki bor sajda qil», dedi. Bas, rohib uning uchun ikki bor sajda qildi. Unga shayton: «Men sendan bezorman», dedi» (Ibn Abud-Dunyo

Darhaqiqat, shaytonning yo‘llaridan xufyonalari uchun bir necha misollarni zikr qildik. U ulamolar va shahvatlariga hukmlarini o‘tkaza oladigan, zohiriy gunohlardan o‘zlarini tiya oladiganlar aldanib qoladigan yo‘ldir. Endi shaytonning maxfiy bo‘lmagan, ochiq, lekin odamni undan yurishga majbur qiladigan yo‘li uchun ham bir misol keltiraylik. Bunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan hadislarni zikr etamiz. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bani Isroil qavmida bir rohib bo‘lgan edi. Shayton bir qizning oldiga borib, uni bo‘g‘di. U qizning davosi rohib huzuridaligini qizning yaqinlari qalbiga soldi. Qizni rohib oldiga olib borishdi. U qizni qabul qilishdan bosh tortdi. Lekin ular ibodatgo‘y rohibga yalinib turib olishdi. Shunda uni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Uni davolash uchun oldiga borganida shayton kelib, qizga yaqinlik qilishni chiroyli ko‘rsatdi. Oxiri u bilan jinsiy aloqada bo‘ldi. U qiz rohibdan homilador bo‘ldi. Obidga shayton vasvasa qilib: «Endi sharmanda bo‘lasan, hozir oldingga qizning yaqinlari keladi. Bas, qizni o‘ldir, agar sendan so‘rashsa, o‘zi o‘lib qoldi, deb aytgin», dedi.

Alloh Rasuli Madinaga kelgan vaqtda Ashuro kuni yahudiylarning ro‘za tutayotganini ko‘rdi. Sababini so‘radi. Ular: «Alloh shu kuni Hz. Musoni va Bani Isroilni Fir’avnning yomonliklaridan qutqardi. Biz Allohning shu ishiga hurmatan ro‘za tutamiz!» dedilar. Rasululloh: «Biz Musoga sizdan ko‘ra yaqinroqmiz!» dedi. Va shu kuni ro‘za tutilishini yaxshi deb topdi. Lekin: «Yahudiylarga o‘xshab qolmaslik uchun Ashuro kunidan bir kun oldin va bir kun keyin ro‘zador bo‘ling» deb buyurdi.

Ashuro kunining fazilati haqida bir talay ma’lumotlar — xabarlar bor. Odam alayhissalom o‘sha kuni yaratilgani, shu kuni jannatga kiritilgani, shu kuni tavbasi qabul qilingani, Arshning, Kursining, Ko‘klarning (Osmonlarning), Yerning, Quyosh, Oy va Yulduzlarning shu kuni yara-tilgani, Ibrohim alayhissalomning shu kuni tug‘ilgani va Namrudning otashidan shu kuni qutulgani to‘g‘risidagi rivoyatlar shular jumlasidandir.

Bayhaqiy qayd etgan bir hadis mana bunday:

Oilang uchun qancha qoldirding? — deb so‘rab edilar:


— Allohni, Allohning payg‘ambarini qoldirdim,— dedilar.
Hazrati Umar ersa borlik boyligini teng yarmini keltirdi.
— Uyingda nima qoldi? — dedilar.
— Shul kelturganimning yarmini qo‘ydim, yo Rasulalloh, — dedilar.
Sahobalar ichida Hazrati Usmondan oshgan boy kishi yo‘q edi. Ul to‘qqiz yuz tuya, yuz ot, o‘n ming tanga oltin aqcha yordamga keltirdi. Ot-tuyalarni butun saymonjabduqlarigacha tayyorlagan edilar. Buni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Ey boro Xudoyo, men Usmondan rozi bo‘ldim, sen undan rozi bo‘lgaysan, — deb duo qildilar.
Yana ansor sahobalardan Osim ibn Adiy degan kishi yetmish tuyaga yuk bo‘lgulik xurmo keltirdi.
Muhojir sahobalardan Abdurrahmon ibn Avf yuz uqiya kumush yordam qildi. Bulardan bo‘lak ansor-muhojirlarning boy kishilaridan yordam qilmagan hech kim qolmadi. Bu ulug‘ ehsondan xotinlar ham quruq qolgilari kelmay, osingan-taqingan oltin-kumush ziynatlaridan ko‘p narsalarini yordamga berdilar. Shu bilan askarning oldi-orqasi yig‘ilib safar saymoni tugallandi. Bu safargi qo‘shinning son-sanog‘i haqida rivoyatlar turlikcha bo‘lsa ham, har holda ellik mingdan kam emas edi. Bularning o‘n mingdan ortiqrog‘i otliq edilar. Borliq askarni boshqarib, ko‘rik o‘tkazgandan keyin, yo‘lga tushdilar. Bu gal Hazrati Alini o‘z o‘rinlarida Madinaga voliy qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Ul kishi ersa, bundan ilgari hech bir g‘azotda Rasulullohdan ajrab qolmagan edi. Endi mundog‘ ulug‘ jihod safarida Rasululloh suhbatlaridan yiroq qolishni bek og‘ir oldi.
Hadislar
Abulqosim Abdulkarim ibn Havozin (986-1072) - xurosonlik ilohiyotchi va sufiy, tasavvufdagi mumtoz risola "ar- Risola fi ilm at-tasavvuf" ("Tasavvuf ilmi haqida risola") muallifi. Nishopur atrofidagi Ustuvo mavzesida dehqon-arab oilasida tug‘ilgan. Bolalikdan harbiy san’atdan (furusiya, isti’mol as-siloh), arab tili, adabdan ta’lim olgan. O’smirlik chog‘ida Nishopurga borib mashhur sufiy-ash’ariy Abu Ali ad-Daqqoq b-n uchrashgan va tez orada uning sevimli shogirdiga, so‘ngra esa, kuyoviga aylangan. Ustozining maslahatiga ko‘ra, Q. Abu Bakr at-Tusiydan shofi’iya fiqhini, so‘ngra ash’ariya kalomini o‘sha davrning yirik allomalari Ibn Furoqa va Abu Ishoq al-Isfaroiniylardan o‘rgangan. Ad-Daqqoq vafotidan so‘ng Q. uning madrasasida sufiylar majlisiga (majlis at-tazkir) rahbarlik qilgan. 1046 y. hajdan qaytgach, Q. madrasada hadisdan saboq bera boshlagan (majlis al-imlo) va tez orada Nishopurning eng ko‘zga ko‘ringan diniy arbobiga aylangan. Taxm. 1048 y.dan e’tiboran rahbarlaridan biri Q. bo‘lgan ash’ariy-shofi’iy guruhi nishopurlik hanafiylar tomonidan qattiq quvg‘in ostiga olingan. Hanafiylarni saljuqiylar vaziri al-Kunduriy qo‘llab-quvvatlagan. Q. qamoqqa olingan, so‘nfa tarafdorlari tomonidan ozod qilinib, Bag‘dodga ketgan, u yerda xalifa al-Qoim saroyida hadis ilmidan dars bergan. 1063 y. vazir xalifa g‘azabiga uchrab, so‘ngra qatl etilgan (1064). Q. Nishopurga qaytgan. Q. islomiy ilmga doir 20 dan 30 tagacha, jumladan 2 ta tafsir, hadislar, sufiylik nazariyasi va amaliyotiga doir asarlar yozgan. Uning "ar-Risola fi ilm at-tasavvuf" asari sufiylar uchun qo‘llanma bo‘lgan va shunday bo‘lib kelmokda.

Abu Voil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu: «Qaysi biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna haqidagi hadislarini eslab qolgansiz?» — dedilar. Huzayfa: «Men ul zot bu xususda nima degan bo‘lsalar, shundayligicha eslab qolganman», — dedilar. Hazrat Umar: «Qani, aytaveringiz, sizning bunga jur’atingiz yetadi!» — dedilar. Huzayfa: «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam marhamat qilganlarki, kishining fitnasi o‘z oilasida (ya’ni, kishi o‘z oilasini deb har qancha tavba va amali solihlar yuva olmaydigan gunohovar ishlarni qiladi), mol-dunyosida (ya’ni, kishi harom-xalish yo‘llar birlan boylik orttirib, uni bola-chaqasiga sarf qiladi), farzandida (ya’ni, kishi farzandiga ortiqcha muhabbat qo‘yib, u birlan ovora bo‘lib, ko‘p yaxshiliklardan uni mahrum qiladi yoki uni deb Olloh taolo ta’qiqlaridan qo‘rqmay, egri yo‘l birlan pul topish yo‘liga kirib ketadi) va qo‘shnisida (ya’ni, kishi o‘z boshiga tushgan kulfatni qo‘shnisining boshiga ham tushmog‘ini yoxud qo‘shnisining boshi sira kulfatdan chiqmasligini niyat qiladi). Bu fitnalarni (besh vaqt) namoz, Ro‘za, sadaqa, (zakot), amri ma’ruf va nahiy munkar daf qilur», — dedilar. Hazrat Umar: «Men siz nazarda tutgan fitna xususida emas, balki dengiz to‘lqinlari yanglig‘ (ommaviy buzg‘unchilik quvvatiga ega katta) fitna haqida so‘rayotirman», - dedilar. Huzayfa: «Ey Amiral mu’miniyn, siz (bunday) fitnadan xavotir qilmasangiz ham bo‘ladi, siz birlan (bunday) fitna o‘rtasidagi eshik yopiqdur (ya’ni, siz hayot erkansiz, biror fitna sodir bo‘lmas)», — dedilar. -Hazrat Umar: «O’shal eshik (mendan keyin) sindiriladimi yoki ochiladimi?» — dedilar. Huzayfa: «Sindiriladi (buziladi)», __ dedilar. Hazrat Umar: «Agar sindirilsa (buzilsa), to abad (qayta) yopib bo‘lmagay», dedilar. (Bu yerda Hazrat Umardan keyin fitna chiqib, Hazrat Usmonning o‘ldirilishlariga ishora qilinyapti)».

Keyinchalik, Huzayfadan: «Hazrat Umar o‘shal eshikning (kim ekanligini) bilarmidilar?» — deb so‘rashdi. Shunda Huzayfa: «Ha, tunning tongdan yaqinligini (ya’ni, tongdan ilgari tun bo‘lishini) bilganlaridek bilar erdilar», - dedilar. Huzayfa: «Men Hazrat Umarga hadisni xatosiz aytib berdim», — deydilar. Sung: «O’shal eshik kim edi?» — deb so‘rashdi. Huzayfa: «Hazrat Umar» — deb aytdilar».

Maqollar
Oila tinch — yurt tinch.


Oila — qo'sh ustunli ayvon.



Olis yo'l otni sinar,
Og'ir kun — xotinni.

Yoshlikda adashishlik ham bo'ladi,

ammo uni qarilikka ham hamroh qilib bo'lmaydi.
Kishi 70 yil umr ko'rsa, shundan 12 yilini gaplashishga sarf qilar ekan.
Yoshlik bir martta keladi, go'daklik ikki martta
Sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo'q.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling