Oila haqida tushuncha


Oila va islom. Donishmandlar oila haqida


Download 67 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi67 Kb.
#251958
1   2   3   4
Bog'liq
oila 1111

Oila va islom. Donishmandlar oila haqida. Ma’lumki, Islom dinining muqaddas manbalari – «Qur’oni Karim» va «Hadisi SHarif»da oila, oilaviy munosabatlarga oid qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Qur’oni Karimda»: «Hotinlaringiz zirotgohingizdir» deyiladi. Buning ma’nosi oila qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – farzand ko‘rish, ularning komil insonlar bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash ekanligidir. SHuningdek, Islom ma’naviyatida oilani halol, pok saqlash, erkak va ayolning bir-biriga bo‘lgan sadoqati, maishiy buzuqlikning katta gunoh ekanligi takror-takror uqtiriladi. CHunonchi, «Agar bir shaharda loqal bir ayol bir marta buzug‘lik ko‘chasiga kirib, harom orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu barakat ko‘tarilib ketadi» deyilgan. SHunday ekan, ma’naviy jihatdan kamolotga etishmay turib, iqtisodiy farovonlikni ta’minlash mumkin emas.

Oila qurish balog‘atga etgan har bir yigit-qiz uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib, ularning o‘zaro ahdu-paymoni asosidagi ijtimoiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Oilaning mustahkamligi oila a’zolarining totuvligi, er-hotinning oila yuritish ko‘nikma va malakalariga egalik darajasiga bog‘liq.  Oilaning mustahkamligida ayolning alohida roli bor. Zero, oila tashvishlarining aksariyati uning zimmasida bo‘ladi. Bu borada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy quyidagilarni qayd etadi: «... Er bilan hotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa eon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak yorog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi.

Kishi bu hildagi juftga erishsa, balki bunday baht qo‘lga tushsa, yashirin g‘am va kulfatda sirdosh va hamdaming bo‘lur. Turmushdan har jafo ersa, hasratdoshing ul va aylanuvchi osmondan har balo kelsa ko‘makdoshing ul. Ko‘ngling g‘amidin ul g‘am chekadi, badaning zaifligi horg‘inligidan u qiynaladi. ... Nosoz juft uy uchun ham ochiq ham yashiring qo‘rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo‘lsa ko‘ngil undan ozorlanadi, yaramas bo‘lsa undan azob tortadi. Tili yomon bo‘lsa kuyovning ko‘ngli yaralanadi, yomon ishlik bo‘lsa erga yuz qoralik keladi. Mayho‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘qoladi va buzuqi bo‘lsa, uy ichi rasvogarchilikka aylanadi.


Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling