Nazorat uchun savollar:
1. Nikoh tuzish yoshi: milliy va xorijiy tajriba nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qiling.
2. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holat sifatida farzandlikka olgan bilan farzandlikka olingan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi, ammo bir er-xotin tomonidan farzandlikka olingan o‘g‘il va qiz o‘rtasida nikoh munosabatlari vujudga kelishi mumkinmi? Fikrlaringizni asoslantiring.
3. Ermatov va Boboyevalar FHDYo organiga ularning nikohini qayd etishlarini so‘rab murojaat qiladilar. Shundan bir necha kun o‘tganidan so‘ng, FHDYo bo‘limi mudiriga Ermatov va Boboyevalarning nikohga kirish uchun ariza berganliklaridan xabar topgan Mirobidova ularning nikohini rasmiylashtirmasliklarini, chunki Mirobidova bir necha yildan beri Ermatov bilan birga yashayotganligini, ushbu davr ichida ular o‘rtasida hech qanday nizo yo‘qligi, ular o‘rtasida 5 yoshli o‘g‘illari borligini, lekin ular qonuniy nikohda emasliklarini bildiradi. Ermatov o‘zini o‘g‘lining otasi ekanligini tan olganligini Mirobidova ta’kidlab o‘tadi.
FHDYo bo‘limi mudirasi Mirobidovaga qanday tushuntirish berishi lozim? FHDYo organi Ermatov va Boboyevalarning nikohini rasmiylashtirmaslikka haqlimi?
Gulnora Rajapova turmushga chiqquniga qadar og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazadi va shifokorlarning tibbiy xulosasiga ko‘ra u kelajakda farzand ko‘ra olmasligi aniqlanadi. Kamolov Yashar bilan nikoh munosabatiga kirishib, Rajapova o‘zining farzand ko‘ra olmasligini yashiradi, lekin Kamolov Yashar esa kelajakda farzandlari bo‘lishini xohlar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |