6-ma’ruza. Axborot kurashi va oav
Download 0.7 Mb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta
- “Birinchi darajali” va “rivojlanmagan” davlatlar haqidagi afsonaning yaratilish ehtimolini mavjudligi
- Tomas Ron (1913-2000)
- Neyrolingvistik dasturlash
- 6-MA’RUZA. AXBOROT KURASHI VA OAV
6-MA’RUZA. AXBOROT KURASHI VA OAV
Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta
“Birinchi darajali” va “rivojlanmagan” davlatlar haqidagi afsonaning yaratilish ehtimolini mavjudligi
Tomas Ron (1913-2000)
Axborot urushi
Har bir OAV auditoriyaga o‘ziga xos ta’sir etish kuchiga ega. Internetgacha ularning ichida eng samaralisi televideniye edi, chunki u tomoshabinga uch yo‘l bilan axborot yetkazadi: tasvir, ovoz va mantiq. Shuning uchun televideniye ommaviy ravishda tarqalganidan keyin besh-o‘n yil ichida besh yuz yillik tarixga ega bo‘lgan matbuotdan uzib ketdi. Radioga ham katta kuchga ega, chunki u ikki kanal orqali ta’sir ko‘rsatadi, ovoz va mantiq. Uning afzalligi – jonli ovoz yordamida auditoriya bilan muloqot qilish, bunday usul axborot manbai bilan tinglovchi o‘rtasidagi masofani yo‘qotadi. Inson ovozi, uni yurakdan chiqishi, undagi hayajon va samimiylik radioning imkoniyatini keskin oshiradi. Matbuotning o‘quvchi bilan muloqot yo‘li esa asosan mantiqiy isbotdan iborat, bunday ta’sirga ma’lum miqdorda tasvir ham qo‘shiladi: gazetadagi rasmlar, rang, sarlavhalar ko‘rinishlari.
Internetni ko‘p mutaxassislar harbiylarning ixtirosi deb aytadi. Aslida esa dastlabki bosqichda uni AQSHdagi to‘rtta universitet kashf etdi. Mazkur universitetlar kompyuterlarini bir tizimga birlashtirib, o‘zaro kutubxonalaridan foydalana boshladilar. Pentagon esa bundan tez xabar topdi. Va ihtironing imkoniyatlarini o‘rganib, undan harbiy qumondonlikni takomillashtirish maqsadida olimlarni jalb etib, ularga barcha sharoitlarni yaratib, arpanetni (internetning birinchi nomi) o‘z maqsadlariga yo‘naltirdi.
Ayrim mutaxassislar (masalan, G.G.Pochepsov) tomonidan unga hech narsani qarshi qo‘yib bo‘lmaydigan shpris ta’siriga qiyoslaydilar. Bunday o‘xshatishda ma’lum bir haqiqat bor. Agar biror-bir g‘oyani, u yolg‘on bo‘lsa ham, OAV haddan tashkari ko‘p va turli shakllarda takrorlaversa, auditoriya (garchi u ushbu g‘oyaga dastlabki bosqichda ishonmagan bo‘lsada) borib-borib keyincha unga ishonadigan bo‘ladi. har xil uslublarda, barcha OAVda ma’lum bir fikrni takrorlash odamning ostki ongiga ta’sir etadi va u ushbu fikrga ishonaydigan bo‘ladi. Mazkur jarayonni mutaxassislar neyrolingvistik dasturlash deb ataydi.Neyrolingvistik dasturlashAgar radio, televideniye va matbuotda ayrim davlat, guruh yoki shaxs haqida qayta-qayta biror-bir noto‘g‘ri baho takrorlanaversa, turli mamlakatlardagi xalqlar, har xil millatlar unga ishonadilar. Neyrolingvistik dasturlash uchun eng qulay OAV televideniyedir, chunki u auditoriyaga bir paytni o‘zida uchta kanal orqali o‘z ta’sirini o‘tkazadi. AQSH kommunikativistlari televideniyeni xatto trankvilizatorga ham o‘xshatadilar. 6-MA’RUZA. AXBOROT KURASHI VA OAV
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling