Oila huquqi tushunchasi predmeti. Oila huquqi maqsadi, vazifasi. Oila huquqi tarihi
Download 27.23 Kb.
|
1-Mavzu oila
1. Oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqi tamoyili.
Bu tamoyil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan qoidaga asoslanadi. Unga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega (63-modda). 2. Barcha fuqarolar, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi tamoyili. Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat’i nazar teng ekanligi ifodalangan. Nikoh tuzish uchun fuqarolarning turli millatga mansubliklari, har xil dinlarga e’tiqod etishlari to‘siq bo‘lmaydi. Shuningdek, bolalarni farzandlikka olish uchun farzandlikka oluvchilarning bolalardan boshqa millatga mansubligi ham monelik qilmaydi. Shu bois hayotimizda turli millatga mansub fuqarolarning bir oilaga birlashganliklarini ko‘plab uchratish mumkin. 3. Oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkakning teng huquqliligi tamoyili. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Bu tamoyil Oila kodeksining 2-moddasida quyidagicha ifodalangan: Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 4. Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning o‘zaro bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishi tamoyili. Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va opa-singillar, farzandlikka olganlar va boshqalar o‘rtasidagi munosabatlar, avvalo, nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlardir. 5. Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilish tamoyili. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasining 2-qismi va Oila kodeksi 4-moddasining 1-qismiga binoan oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. 6. Ixtiyoriy va erkin nikoh tuzish tamoyili. Oila kodeksining 14-moddasiga muvofiq, nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. 7. Faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish tamoyili. Amaldagi qonunda yakka nikohlik belgilangan va bu qoidaning buzilishi faqat nikohni haqiqiy emas deb hisoblashdan tashqari, qonunni buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo‘ladi. 8. Qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida nikohdan erkin ajralish tamoyili. Qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida nikohdan erkin ajralish tamoyili Oila kodeksining 37-moddasida nazarda tutilgan. Nikohdan ajralish er-xotinning shaxsiy huquqi, ammo nikohdan ajralish ijtimoiy manfaatga ta’sir etishini, oilaning buzilishini hisobga olib, davlat nikohdan ajralish tartibi va asoslarini belgilaydi. Huquqning ommaviy va xususiy tarmoqlarga bo‘linishi tarafdorlari, asosan, moddiylik mezoni nazariyasiga asoslanadilar va bunda xususiy va ommaviy huquq tomonidan tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning xarakteridan kelib chiqadilar. Ularning bunday talqini uchun asos vazifasini o‘z vaqtida Rim yuristi Ulpian tomonidan bildirilgan quyidagi fikr o‘taydi: umuman olganda ommaviy huquq Rim davlati manfaatlarini, xususiy huquq esa shaxs manfaatini nazarda tutadi. Mazkur mezon va asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, oila huquqi xususiy huquq sohasiga oiddir. Oila huquqida alohida inson manfaatlari ustuvorlikka ega bo‘lib, davlat faqatgina ushbu manfaatlarni amalga oshirishga xizmat qilishi va ularni himoyalashi lozim bo‘ladi. Har bir alohida olingan shaxs (individuum) oilaviy-huquqiy tartibga solishning yakuniy va bevosita maqsadi hisoblanadi. Huquq fani tizimida oila huquqining o‘rni alohidadir. Chunki oila huquqining talabalar tomonidan o‘rganilishi faqat bilim va ta’lim olish ahamiyatigagina ega bo‘lmay, balki tabiiy va hayotiy muhim axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatiga ham molikdir, shu bilan birga, barkamol shaxsni va oqilona ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish vositalaridan biri hamdir. Oila huquqi tizimi umumiy va maxsus qismlarni o‘z ichiga oladi. Download 27.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling