Oila huquqi tushunchasi predmeti. Oila huquqi maqsadi, vazifasi. Oila huquqi tarihi
Download 27.23 Kb.
|
1-Mavzu oila
Nazorat uchun savollar:
1. Oila huquqi huquqning bir tarmog‘i sifatida fuqarolik huquqidan nimasi bilan farq qiladi hamda qaysi hollarda oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik-huquqiy normalar qo‘llaniladi? Muhokama qiling. 2. Oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlarda shaxsiy munosabatlar va mulkiy munosabatlarning o‘zaro nisbati, ularning ustuvorligi hamda oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlarning klassifikatsiyasida u yoki bu munosabatning shaxsiy va mulkiy ajratilish mezonlarini tahlil qiling. 3. Iqbolova Nigora turmushga chiqqanidan so‘ng uning qaynonasi unga oilaning barcha vazifalarini yuklab qo‘ydi. Nigora bunga e’tiroz bildirishiga qaramay, qaynona uni har kuni uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarishga, oilani moddiy ham ma’naviy ta’minlashga majbur qilar edi. Oradan bir qancha vaqt o‘tganidan so‘ng Iqbolova Nigora advokatga murojaat qilib, oila huquqi bo‘yicha oilaning asosiy vazifalariga nimalar kirishini tushuntirib berishini so‘radi. Advokat oilaning asosiy vazifalarini izohlab, sharhlab berdi. Aytingchi, advokat Iqbolovaga oilaning qanday asosiy vazifalari mavjudligini ko‘rsatgan? Oilaning asosiy vazifalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni bildiring. 4. Sharipova Mohinurning onasi Sharipova Gullola qizining singlisining o‘g‘liga unashtirilishini ma’lum qiladi. Mohinur onasining unashtirish to‘g‘risidagi taklifini rad qilib, xolasining o‘g‘liga turmushga chiqmasligini bildiradi. Lekin onasi men seni voyaga yetkazib katta qildim, endi sen menga itoat qilib, xolangning o‘g‘liga turmushga chiqishing shart deydi. Mohinur oila qurishning ixtiyoriyligi va erkinligiga amal qilish lozimligini bildirganda, onasi uni majburlab jiyaniga unashtiradi va FXDYo idorasiga nikohni rasmiylashtirish haqida ariza yozishga undaydi. Aytingchi, Mohinurning unashtirish to‘g‘risidagi e’tirozi o‘rinlimi? Oila huquqining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan erkin va ixtiyoriy nikoh tamoyilini asoslab bering. Download 27.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling