Oila huquqi
Download 1.21 Mb.
|
Oila va oilaviy qadriyatlar manaviyatning bosh omili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oila huquqi
- Oilaviy munosabatlarning rivojlanish tarixi
- Oila huquqining boshqa huquq sohalardagi o`rni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
Oila huquqi
Respublikamiz mustaqilikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi
O`zbekistonda 26 millionga yaqin aholi yashaydi, shulardan 52% xotin - qizlar tashkil qiladi. Bugungi kunda aholining 48 foizini 18 yoshgacha bo`lgan yigit va qizlar tashkil etadi
Respublikamiz Prezidenti oilaning jamiyatdagi o`rniga baho berib shunday deydilar: “Oila-jamiyatning negizi, Bizning davlatimiz ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim.
Mamlakatimizda aholining ko`p qismini bolalar va yoshlar tashkil qiladi. Ijtimoiy muammolar ham shunga ko`ra o`z ifodasini topadi.
Oilaviy munosabatlarning rivojlanish tarixi
Patriarxal oila Markaziy Osiyo xalqlarida oilaning eng dastlabki tarixiy shakli hisoblangan
Markaziy Osiyoda patriarxal oila eramizdan oldingi birinchi ming yilliklarda vujudga kelgan. Asta-sekin o`sha davrlarda kichik-kichik oilalar vujudga kela boshlagan. Kichik oilalar vujudga kelishi bilan nikohning shart-sharoitlari ham o`zgarib borgan.
Oilaviy munosabatlarga sharqda o`tmishdan boshlab ulkan ahamiyat berilib kelgan. Zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi alohida o`rin tutgan. “Avesto” tadqiqotchisi H.Hamidov o`sha davrdagi oilalar to`g`risida shunday deb yozadi: “Erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo`lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg`a bosishar yoki beliga zanjir bog`lab yurishga majbur qilishardi.
Nikoh – bu erkak bilan ayol o`rtasidagi muayyan ittifoq va bu ittifoqning jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va ma`qullanishining tarixiy shaklidir
Nikoh (arabcha - qo`shilish) so`zi o`zbek tiliga arablardan kirib kelgan. Qo`shilish ma`nosiga sharh beradigan bo`lsak, nikoh natijasida oilalar o`rtasida qarindoshliklar o`rnatiladi. Oila a`zolari to`ldirilib boriladi. Bunga birinchidan, yangi oilalada farzandlar tug`ilishi bo`lsa, ikkinchidan, nikoh sababli qarindoshlik vujudga keladi. Quda-andalar ham bir-birlariga yaqin insonlar bo`lib qoladi.
Bizning yurtimizda azaldan oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga katta e`tibor berilib kelgan. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda ayollarga qadimdan katta hurmat bilan qaralgan
Markaziy Osiyo xalqlarining mashhur dostonlari – “O`g`uznoma”, “Alpomish” va “Manas”larda nikoh bilan bog`liq odatlarda, yig`inning jismoniy qobiliyatlariga va uni sinab ko`rishga alohida ahamiyat berilgan.
Oila huquqining boshqa huquq sohalardagi o`rni
Oila huquqi boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog`liq. Chunki oila a`zosi jamiyatimizning barcha sohalarida mehnat qiladi.
Davlat va huquq nazariyasi fani oila huquqining umumiy tushunchasini, maqsadini izohlab beradi. Konstitutsiyaviy huquq inson huquqlari, burchlari, ularning kafolati masalalarini, oila davlat himoyasida ekanligini, ota-onalar va farzandlarning huquqiy munosabatlarining asosini tasdiqlab beradi.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling