Shunday ekan, "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir. - Shunday ekan, "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir.
- 1998 yil mamlakatimizda "Oila yili" deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan oila manfaatlarini ta'minlash maqsadida davlat dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bundan tashqari
- "Sog'lom avlod yili" (2000 yil), "Onalar va bolalar yili" (2001 yil),
- "Sog'lom avlod" ordenining ta'sis etilishi va shu kabilar oilani himoya qilish, farzandlar ravnaqi uchun muhim ahamiyatga egadir.
- 2002 yil 5 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Ayollar va o'sib kelayotgan avlod sog'lig'ini mustahkamlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'risida"gi qaroridan ko'zlangan asosiy maqsad - oila a'zolarining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollarning, ayniqsa tug'ish yoshidagi ayollar salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi, ularni tarbiyalash choralarini kuchaytirish,
- "Sog'lom oila — sog'lom bola" tamoyilini amalga
- oshirishdan iborat.
- 1. To'liqligiga ko'ra: to'liq noto'liq, qayta tuzilgan oilalar;
- 2. Bo'g'inlar soniga ko'ra: patnarxal, nuklear (ota-ona va bolalar),
- mezalyans;
- 3. Bolalar soniga ko'ra: farzandsiz, bir bolali, kam bolali, 3-5 bolali, serfarzand oila;
- 4. Oilaning yoshiga ko'ra: 1-10 yillik yosh oila, o'rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila;
- 5. Ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar, tadbirkorlar, aralash turdagi oilalar;
- 6. Mashg'ulot saviyasiga ko'ra: oliy, o'rta, o'rta maxsus va boshqalar;
- 7. Millatiga ko'ra: bir millatli va baynalminal;
- 8. Oilada er yoki xotin yetakchiligiga ko'ra: er yetakchi bo'lgan oila, xotin yetakchi bo'lgan oila, er-xotin yetakchi bo'lgan oila;
- 9. Oiladagi er-xotin o'rtasidagi munosabatlariga ko'ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar;
- 10. Yuridik rasmiylashtirilganiga ko'ra: sinovdagi oila, rasmiylashtirish arafasidagi oila, nikohdagi oila va nikohdan tashqaridagi oila;
- 11. Moddiy ta'minlanganiga ko'ra: badavlat, o'rtahol, qambag'al oilalar; jon boshiga to'g'ri keladigan daromad va oila ixtiyoridagi mol-mulk mezon qilib olinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |