Oila —jamiyat negizi


Download 0.79 Mb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#221975
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1422805350 60052 (1)

Oila — jamiyat negizi.

  • Oila —jamiyat negizi. Davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim... Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga ko'ra quriladi, o'zining ko'p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlaming talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
  • I.A.KARIMOV

  • Oila tushunchasi, oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari. Barcha narsa juft-juft bo'lib yaratilgan ekan, juft bo'lib yashash tabiat taqazosidir. Lekin oila bo'lib yashash faqat odam nasliga xosdir. Yer yuzida birinchi oilani Odam Ato bilan Momo Havo tuzishgan. Ular uzoq ayriliqdan keyin bir-birlarini sog'inib qolishgach, diydor ko'rishganlar. Muhabbat tarixi shundan boshlangan, desak adashmaymiz.
  • Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir, er va xotin ikki tirik vujudning ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olam — bu oiladir.
  • Oila — tarixan tarkib topgan o'ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo'lib, uning a'zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o'zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog'langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma'qullangan ifodasi hisoblanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling