Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet1/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
oila majmua


Xorazm viloyat kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi


Urganch tumani sanoat va axborot texnologiyalar
kasb-hunar kolleji

IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI



Fan: OILASHUNOSLIK
Ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar

URGANCH TUMANI -2019


O’quv –uslubiy majmuaning muallifi:




Kuziyeva Saodat

O’quv-uslubiy majmua ishchi o’quv-dastur asosida tuzilgan.


O’quv – uslubiy majmuaning taqrizchilari:
O’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari:
M.Yo’ldosheva



Bo’lim mudiri:
A.Mavlonov
1-Mavzu : Oilashunoslik fani maqsadi va vazifalari.
Reja:
1.Oila tarkibi va oilaviy munosabatlar turlari.
2.Oilaviy munosabatlar turlari.
3. ‘’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’da oila masalalari.


1. Oila tushunchasi, oilashunoslik fanining maqsad va vazifalai' Barcha narsa juft-juft bo'lib yaratilgan ekan, juft bo'lib yaratilgan ekan juft bo`lib yashash tabiat taqazosidir. Lekin oila bo'lib yashash faqat odam nasliga xosdir. Yer yuzida birinchi oilani Odam Ato bilan Momo Havo tuzishgan. Ular uzoq ayriliqdan keyin bir-birlarini sog'inib qolishgach, diydor ko'rishganlar. Muhabbat tarixi shundan boshlangan, desak adashmaymiz.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir, er va xotin ikki tirik vujudning ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olam — bu oiladir.
Oila — tarixan tarkib topgan o'ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo'lib, uning a'zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o'zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog'langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma'qullangan ifodasi hisoblanadi.
Jamiyat nikoh vositasida erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlami tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabat­lar qaror topadi. Oila va jamiyatning mavjud bo'lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-ovqat, kiyim- kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir.
O'zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o'x- shash tomoni ko'p, shu bilan birga o'ziga xos jihatlari bor. Xalqimizning: "Nikoh eng avvalo Arshi a'loda o'qiladi, keyin esa yerda" degan naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo'yicha nikoh ilohiy ahd, oila muqaddasdir. "Xotinlaringiz ziroatgohingizdir" deyiladi Qur'oni karimning Baqara surasi 223-oyatida. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko'rishdir.
Hadisi shariflarda: "Kimgaki Alloh taolo Soliha xotin nasib etgan bo'lsa, dinining yarmiga taqvo qilibdi, qolgan yarmiga o'zi taqvo qilsin". "Xotin kishi qovurg'adan yaratilgan, agar sen qovurg'ani to'g'rilayman desang sindirasan, murosa qil-u, u bilan yasha" deyilgan. Demak, ayolni ayol deb bilib, murosa qilish lozim.
Oila tarixan tarkib topgani sabab hozirgi vaqtda "Oilashunoslik" fani ham rivojlanmoqda. Chunki sog'lom avlodni tarbiya topishida oilaga e'tibor muhim ahamiyatga egadir.Hozirgi kunda "Oilashunoslik" fanining asosiy maq­sadi quyidagilardan iboratdir.

    1. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;

    2. Kelgusi jamiyatni boshqaruvchi, sog'lom, aqlan teran, mehnatkash, o'z Vataniga sodiq avlodlar, urf-odatlariga hurmat bilan qarovchi, axloqan pok farzandlar yetishtirish;

Shunday ekan, "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir.
1998 yil mamlakatimizda "Oila yili" deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan oila manfaatlarini ta'minlash maqsadida davlat dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bundan tashqari "Sog'lom avlod yil" (2000 yil), "Onalar va bolalar yili" (2001 yil), "Sog'lom av­lod" ordenining ta'sis etilishi va shu kabilar oilani himoya qilish, farzandlar ravnaqi uchun muhim ahamiyatga egadir.

2002 yil 5 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Ayollar va o'sib kelayotgan avlod sog'lig'ini mustahkamlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'risida"gi qaroridan ko'zlangan asosiy maqsad — oila a'zolarining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollarning, ayniqsa tug'ish yoshidagi ayollar salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi, ularni tarbiyalash choralarini kuchaytirish, "sog'lom oila - sog'lom bola" tamoyilini amalga oshirishdan iborat.


Oila tarkibi va oilaviy munosabatlar turlari.
Oila tarkibi:

      1. To'liqligiga ko'ra: to'liq notoiiq, qayta tuzilgan oilalar;

      2. Bo'g'inlar soniga ko'ra: patriarxal, nuklear (ota-ona va bolalar), mezalyans;

      3. Bolalar soniga ko'ra: farzandsiz, bir bolali, kam bolali, 3-5 bolali, serfarzand oila;

      4. Oilaning yoshiga ko'ra: 1-10 yillik yosh oila, o'rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila;

      5. Ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar, tadbirkorlar, aralash turdagi oila­lar;

      6. Mashg'ulot saviyasiga ko'ra: oliy, o'rta, o'rta maxsus va boshqalar;

      7. Millatiga ko'ra: bir millatli va baynalminal;

      8. Oilada er yoki xotin yetakchiligiga ko'ra: er yetakchi bo'lgan oila, xotin yetakchi bo'lgan oila, er-xotin yetakchi bo'lgan oila;

      9. Oiladagi er-xotin o'rtasidagi munosabatlariga ko'ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar;

      10. Yuridik rasmiylashtirilganiga ko'ra: sinovdagi oila, rasmiylashtirish arafasidagi oila, nikohdagi oila va nikohdan tashqaridagi oila;

      11. Moddiy ta'minlanganiga ko'ra: badavlat, o'rtahol, kambag'al oilalar; jon boshiga to'g'ri kcladigan daromad va oila ixtiyoridagi mol-mulk mezon qilib olinadi;

Oilaviy munosabatlar turlari:

        1. Tabiiy munosabatlar — er-xotinlik va qon qarindoshlik munosabatlari;

        2. Axloqiy munosabatlar juda keng ma'noda bo'lib, unga ma'lumoti, madaniyatliligi, kiyinishi, ovqatlanishi, rejimi, dam olishi kabilar;

        3. Psixologik munosabatlar — xulq-atvori hislatlari, er-xotin o'rtasidagi sevgi-muhabbat hislari, farzandlar mehri;

        4. Iqtisodiy munosabatlar — mulkiy munosabatlar, uy- joy, hovli-joyni boshqarish;

5. Huquqiy munosabatlar - nikohni davlat tomonidan qayd ettirish, er-xotin shaxsiy va mulkiy munosabatlar kabilar; •*
3. Oila muhitini 3 toifaga ajratish mumkin:

          1. Ijobiy;

          2. O'zgaruvchan;

          3. Salbiy;

Ijobiy toifadagi oilalar ko'pchilikni tashkil etadi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq-odob qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Insonning har tomonlama kamol topishi birinchi o'rinda turadi. Bunday oilalarning voyaga yetkazgan a'zolari ish joylarida, yor- do'stlari davrasida, mahalla-ko'yda, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, qon-qarindoshlik rishtalarini asrab-avaylaydilar. Ilg'or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyon qiladilar.
Ular bu xislatlarga farzandlarida ham qiziqish uyg'o- tadilar va o'zlarining go'zal xulq-atvorlari bilan farzandlari- ga o'rnak ko'rsatadilar. Oilada paydo bo'ladigan ziddiyatlar natijasuda qisqa muddatda hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Bunday oilalarda xo'jalik ashyolari, asboblari, qimmatbaho materiallar, hattoki boylik har xil ehtiyojlarni qondirish vositasi deb qaraladi, bu narsalar farzandning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog'lanmaydi. (keksalar: ota-onaniki farzandga xamirturush xolos, Alloh beraridan qismasin, deyishadi).
O'zgaruvchan toifadagi oilada esa barqaror yo'nalish bo'lmaydi. Oilada so'z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda boiadi. Faqat burch hissigina, muayyan majburiyatni bajarishgina oila a'zolarini birlashtirib turadi. Bunday oilalarda er ham, xotin ham bolalarga alohida holda o'z ta'sirini o'tkazishga harakat qilishadi, raqobatlashadi, murosa qilinmaydi, har kim o'zinikini singdi- rishga urinadi. Bunday oilalarda o'sgan farzandlar ikkiyuzlamachi, munofiq bo'ladilar.
Salbiy toifadagi oilalarda esa barcha narsa yagona narsaga bo'ysundirilgan, ya'ni mol-dunyo to'plashga, moddiy-maishiy jihatdan ustunlikka erishishga qaratilgan. Bun­day oilalarda har qanday mehnat ish haqi miqdori bilan o'lchanadi. Oila boshlig'ining zo'ravonligi, zolimligi, unga ko'r-ko'rona va so'zsiz bo'ysunish, sajda qilish, zaif va nimjon oila a'zolari faolligini poymol qilishga intilish ustun bo'ladi.
Meshchanlik ideali yoki diniy e'tiqod doirasidan chiqish hollari (kitob o'qish, ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi. Bu yo'nalishga mansub oilalarda xudbin, qo'rqoq, jamiyat uchun xavfli o'g'il-qizlar yetishib chiqishlari mumkin).
Oilaviy munosabatlar ta'sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik, qat'iylik, qadr-qimmat hissi kabi yuksak insoniy hislar shakllana boshlaydi. Asta-sekin tug'ishganlarga g'amxo'rlik aka-ukalik va opa-singillik meh- ri, ota-onalarga muhabbat va shafqat kabi tuyg'ular namoyon bo'la boradi.
Shu o'rinda o'zbek oilalarida bola ko'payishining sabablarini tahlil qilib ko'ramiz.

            1. Ko'p bolalikdan oila ham, jamiyat ham manfaatdor bo'lgan. Sababi: oilada bolaning iqtisodiy mavqei (ayniqsa, o'g'il bolaning) mavqei juda yuqori turadi. Oila yumushlarida hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, bolalar mehnatidan foydalanilgan;

            2. O'zbekistonda mehnatga yaroqli aholining 80% qishloq xo'jaligida band bo'lgan, qishloq hayoti qo'l mehnatiga asoslanganligi uchun ko'p bolalikni taqozo etgan;

            3. Ayollarning jamiyatdagi o'rni — ayollar asosan uy ishlari va bola tarbiyasi bilan band bo'lganlar;

            4. Islom dinining ta'siri — bu dinda oila qurish, bola ko'rish va tarbiyalash muqaddas hisoblanib, homilani turli yo'llar bilan yo'qotish gunoh hisoblangan;

            5. Mavjud mahalliy urf-odatlar ta'siri — serfarzand oilalar e'zozlanib, farzandsiz oilalar kamsitilgan;

            6. O'zbek oilalarida qizlarni erta turmushga berish odat bo'lgan, tabiiyki, qanchalik erta turmush qurilsa, shunchalik ko'p bolalik bo'linadi;

            7. O'zbek xalqi qadimdan oiladan tashqaridagi hayotni tasawur qilaolmaydi, u faqat oilada farzandlari bilan yashashni baxt mezoni deb biladi.

    1. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da oila masalalari. "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjud.

Bu vazifalar "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da o'z aksini lopgan:

              1. Farzandlarda sog'lom moddiy-ma'naviy dunyoqa- rashlarni shakllantirish;

              2. Ta'lim-tarbiya berish;

              3. Oilaviy an'analar va ma'naviy-axloqiy merosni saq- lab qolish, davom ettirish;

              4. Sog'lom nasl-nasabni davom ettirish;

              5. Oila jamiyatning eng kichik bir qismi bo'lib, bola­ning madaniy-estetik va boshqa ehtiyojlari o'sishini, sog'­lom turmush tarzini ta'minlovchidir;

              6. Bolaninig fe'l-atvori asoslarini shakllantiruvchi bi­rinchi murabbiy;

              7. Hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doi- mo maslahatchisi, yo'l-yo'riq ko'rsatuvchisidir;

Tayanch iboralar:

                1. Soliha — odobli.

                2. Ziroatgoh - ekin ekiluvchi yer.

Nazorat uchun savollar:

                  1. Siz oila deganda nimani tushunasiz?

                  2. Oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari.

                  3. Oila tarkibi va oilaviy munosabatlar nima?

                  4. Oila muhiti va uning kelajak avlodga ta'siri?

                  5. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da yoshlarni oi­laviy hayotga tayyorlash masalalari qanday aks ettirilgan?



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling