Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
Tayanch ibоralar.
Axloqiy tarbiya ,axloq, jinsiy hayot, nikoh, oilviy munosabatlar, tanosil kasalliklari. 5-Mavzu :Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi. Reja: 1.Oilada axloqiy tarbiyaning shakllanishi. 2.Oilaning axloqiy asoslari. Bu belgilar umumiy bo'lgani uchun ularnimiqdor ko'rsatkichida ifodalash qiyin. Oilaning axloqiy saviyasi darajasini aniqlashda ayollarning oilada tutgan mavqei, boshqacha aytganda, er-xotinning tenglik darajasini bilish muhim.Er-xotinning tengligi farzandlar tarbiyasi, oilaning jamiyat bilan aloqalarini to'laroq namo- yon etadi.Er-xotinning oiladagi tengligi axloqiy mezonlari o'zida mujassamlashtiruvchi axloqiy me'yordir.Bunda ayolning o'rni beqiyos.Shuning uchun qizlarimizga ustoz Rahimjon Usmonovning o'gitlarini keltirib o'tmoqchimiz."Aziz shogirdim! Har xil vaziyatga yaraydigan hammabop axloqiy nafosat qoidalari retsepti yo'q.Eng ulug' ustoz — hayot.Hayotni, odamlar xatti-harakatlarini kuzatishni odat qil. Xulqi zebo, madaniyatli, farosatli odamlarning go'zal xulqini, xatti-harakatini, o'zini qanday tutishi va ozoda saqlashini, umuman kishilar bilan muloqotda foydalanayotgan xilma-xil go'zal muomala vositalarini o'rganish, ulardan ijodiy foydalanish, nafis axloqiy xatti-harakat talablariga rioya qilmayotgan, o'zlarining o'rinsiz qiliqlari va xunuk xatti-harakatlari bilan odamlarning nafratlariga uchraydigan kishilardan ham o'zingiz uchun xulosa chiqaring.Yosh do'stim, eng muhimi, har kungi xatti-harakatingiz ustida o'z-o'zingizga hisob berishni va tegishli xulosa chiqarishni unutmang. Axloqli inson bo'lishning muhim omili o'z-o'zini tarbiyalashdir. Bunday oilalarda nafaqat oilaviy munosabat, balki qon-qarindoshlik munosabatlari madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan bo'ladi. Bunday oilada bobo, buvi, ota- ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin quda- anda, qaynota-qaynona kabi o'nlab qarindoshchilik darajalarini bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu munosabatlarda milliylikning asl o'zagi namoyon bo'ladi. Bu munosabatlarning afzalliligi shundaki, bunda qarindosh-urug'la bilan oqibatli bo'lib yashash, farzandlarni milliy udum,qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoni- yat tug'iladi hamda ular qarindoshlar orasida ham moddiy va ma'naviy tayanch-suyanch bo'lib yashashga odatlana dilar. Bunday oilalar da tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan munosabatda tezda kirishib ketaoladigan,munosabat madaniyatiga rioya etadigan inson bo'lib shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir necha oila tarbiyalaydi.Xo'sh, Ovrupa davlatlarida bunday munosabatlar qay yo'sinda rivojlangan?Hozirgi davrda Ovrupa oilalariga xos xususiyat nikoh- siz erkin yashashning ko'payishi, tug'ilishning kamayishi bilan izohlanadi. Tadqiqotchilar bu holatni quyidagicha izoh- lashmoqdalar: Jamiyatning ishlab chiqarishda keng ishtirok etishi. Ayollarning ishlab chiqarishda keng ishtirok etishi. O'ziga juft tanlashning o'ta erkinligi. Birgalikda yashashning boshqa shakllaridan foyda- lanishning ochiqligida. Aynan mana shunday oilaviy parokandalik tufayli oilada er-xotin, ota-ona va farzandlarning o'zaro munosabatlari beqaror ahvoldadir. Qariyalar qadrlanmaydi, ular qarib aynan farzandlarining yordamiga muhtoj bo'lganda qariyalar uyiga jo'natilmoqda. Ayrim G'arb olimlari nikohni butunlay yo'qotishni taklif qilmoqdalar."Nikoh kishi erkinligini cheklab qo'yadi, u inson tabiatiga zid narsadir" — deb yozadi Etrin Beruts, "Nikoh do'zaxdir" kitobida. Italiyalik mutaxassislar hisob-kitobiga qaraganda, hozirgi kunda har besh nafar ovrupalikning biri uyqusizlikdan, yolg'izlikdan azob chekar ekan. Sharqda esa bunday turmush tarzi farq qilib, oilani muqaddas bilib, nikohsiz er- xotin bo'lib yashash man etiladi. Millat ko'payishining bir- dan-bir yo'li erkak va ayolning nikoh va oila munosabatida bo'lishidir. O'zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni. "O'zbekistonda nikohdan o'tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi eng past darajada" l.A.Karimov "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida" kitobida ta'kidlaydi yurtboshimiz. Sharqda oilaviy munosabatlar odob-axloq milliy, umuminsoniy qadriyatlar, diniy mezonlarga asoslanadi. Bunday oilalarda yangilikni qabul qilishda katta, o'rta va yosh avlodlar bir-biridan farq qiladilar. Yoshlarning mustaqilligi cheklanadi. Zamonaviy oilalarga xos ikkinchi xususiyat uning nuklearligidir — er-xotin va bolalardan iborat bo'lib, qaynona-kelin nizolari kamroq bo'ladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling