Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet7/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch ibоralar.

Axloqiy tarbiya ,axloq, jinsiy hayot, nikoh, oilviy munosabatlar, tanosil kasalliklari.



6-Mavzu : Dunyo aholisi haqida qisqacha ma`lumot.

Reja:
1. Dunyo aholisi haqida qisqacha ma'lumot.
2. Demografik holatni muvofiqlashtirish.


Dunyo aholisi haqida qisqacha ma'lumot. Demografiya (grekcha demos — xalq, grapho — yozaman) aholini ko'payishi qonuniyatlari haqidagi fan bo'lib, aholi sonining tabiiy ko'payishi, yoshlar bo'yicha jinsiy, tarkibiy qismlarini o'rganadi.
Hozirgi kunda dunyo aholisi tcz ko'payib bormoqda.2000 yilda dunyo aholisi 6 milliard kishiga yetdi.Dunyoda yiliga aholi 90-100 million kishiga ko'paymoqda. Tarixga nazar tashlasak aholining 2 baravar ko'payishi uchun 1- marta 630 yil, 2 marta 250, 3-marta 40 yil, 4-marta esa 2 barobar ko'payishi uchun 14 yil kerak bo'lgan.
Respublikamizda tabiiy o'sish Ukraina va Boltiqbo'yi respublikalariga qaraganda o'n baravar, Rossiyaga qaraganda olti baravar yuqori. Respublikamizda tug'ilish ko'pligi sababli ko'p bolalik oilalarning mutlaq soni ko'payib bormoqda.
Mintaqada demografiya va ekologik rivojlanish sur'atlari o'rtasida juda katta nomuvofiqlik saqlanb qolyapti. Oqi­batda aholi salomatligi nochorlashmoqda, onalar va bolalar o'limi ko'paymoqda. Aholi salomatligini yaxshilashda, ona­lar va bolalar o'limini kamaytirishga erishishda demografik holatni muvofiqlashtirish muhimdir. Demografik holatni muvofiqlashtirish ikki maqsadni - bolalar sog'lig'ini mustahkamlash va ular o'limini kamaytirishni nazarda tutadi.
Har bir davlat tug'ilish muammosiga befarq munosa- batda bo'la olmaydi, bu muammo muayyan davlatning kelajakdagi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Har bir davlat o'z mintaqasi xususiyatlaridan kelib chiqib, o'zining demog­rafik siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ular o'z xusuiyatlariga ko'ra oilada bolalar tug'ilishi sonini cheklay- dilar yoki tug'ilishning ko'payishini qo'llab-quwatlaydilar.
2. Demografik holatni muvofiqlashtirish. Jamiyatning mintaqaviy vaziyatidan kelib chiqib, oilada tug'iladigan bo­lalar sonini, bola tug'ish orasidagi muddatni tartibga solish- ni, oilada sog'lom farzandlarni tarbiyalash uchun ijtimoiy- iqtisodiy imkoniyatlarning mavjudligini hisobga olishni ifodalaydi. Moddiy jihatdan qiyin sharoitda yashayotgan oilalarda bolalar sonini ko'paytirish ota-onalar uchun ham, farzandlar uchun ham mushkul holatni keltirib chiqaradi. Tug'ilish nihoyatda kam, aholining aksariyat qismi asta-se- kin qariyotgan boshqa mamlakatlarda esa mehnat qobiliyatiga ega bo'lganlar kamayib, millat va xalqning yo'qolib ketish xavfi paydo bo'lmoqda.
Demografik holatni muvofiqlashtirishning afzalligi shundaki, u er-xotinga oilaning moddiy imkoniyatidan kelib chiqib bola tug'iladigan vaqtni aniqlashga, ayol homilador bo'lguncha zarur tanaffusni saqlashga ko'maklashadi.
Tadqiqotlar natijalariga ko'ra bolalar o'limi juda yuqori bo'lgan mamlakatlarda ayollar turmushga chiqmasdan oldin hech qanday tibbiy nazoratdan o'tmaganlar, yoshligida-qanday ekstrogenital kasalliklar bilan og'rigani haqida ma'lumot ham yo'q. Rivojlangan 40 mamlakatda o'tkazil­gan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 20-29 yoshida tuqqan ayollarga nisbatan 20 yoshgacha tuqqan ayollarda bolalar o'limi 30% ni 40 yoshdan so'ng tuqqan ayollarda bolalar o'limi 47% ni tashkil etgan.
Masalan, Koreyada 20 yoshgacha tuqqan ayollar 10%ni tashkil etsa, Bangladeshda 85% ni tashkil qiladi. Shunga muvofiq ravishda Bangladeshda bolalar o'limi darajasi ham yuqoridir.
Tug'ilishlar orasidagi uzoq oraliqni saqlash bolaning yashashiga, ona salomatligini asrashga imkoniyat yaratadi. Oiladagi ikkinchi farzand birinchisiga nisbatan, agar u 1,5-2 yil oraliq bilan dunyoga kelgan bo'lsa ancha zaif, kasalga chalinuvchan bo'lib, o'lim xavfi ham yuqori bo'ladi.
Tibbiyot xodimlari tomonidan respublikamizda o'tka­zilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, agar ona birinchi farzandidan keyin tezda homilador bo'lib qolsa, to'ng'ich farzandi o'limi koeffitsienti yuqori bo'ladi. Chunki u ona diqqatidan chetda qoladi va vaqtliroq ko'krakdan ajraladi. Odatda chaqaloq ona qornida, ona organizmida o'zining rivojlanishi uchun oqsil, yog', uglevod, minerallar, vitamin- lar kabi moddalarni oladi. Ana shu moddalar onada yetarli bo'lsa, ma'lum bir miqdorda bolaga ham o'tadi.Bola nor­mal yoki kam vaznli, sog'lom yoki kasal tug'iladi.Bunda temir tanqisligi bilan bog'liq kamqonlikning ta'siri katta. Ayol kishi organizmida bor-yo'g'i 4-5 gramm temir bioelementi bolgani holda homiladorlik, yo'ldosh va tug'ilish chog'ida ketgan va bolani ko'krak suti bilan boqish hisobiga 1 grammdan ko'proq Fe yo'qolishi ma'lum. Uni tiklash uchun esa yaxshi turmush sharoitida ona uchun 2,5-3 yil muddnt kerak.
Yosh oilalar farzandlarning soni nechta bo`lishi kerakligi masalasiga turlicha yondashadilar.Bunday yondashuv er-xotinning ma`lumot darajasiga va ijtimoiy mavqeiga bog`liq. Agar er-xotin oliy va tiigallanmagan oliy ma'lumotli bo'lsalar, 2-3 farzand bo'lishini, ularning ma'lumoti o'rta yoki to'liqsiz o'rta bo'lsa. oilada 4 -5 farzand bo'lishini maqbul deb bilganlar.
Oilani rejalashtirishni targ'ib etganda, sharq mamlakatlari tajribasidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Din oilaning iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti yaxshi bo'lsagina farzandlarni ko'paytirishni tavsiya qiladi, sharoit bo'l­masa, farzand tug'ilishining oldi olinsa, gunoh hisoblanmaydi. Ammo, homilani sun'iy ravishda yo'q qilish gunoh hisoblanadi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling