Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
Tayanch ibоralar.
Dasturxon tuzash, Salomlashish odobi,sarishta, urf-odat,ziyofat, mehmon. 9-Mavzu: Go`zal bo`lish sirlari Reja:
2. Soch va tish parvarishi. 3. Kosmetik niqoblar tayyorlash va ulardan foydala- nish qoidalari. Ten turlari va ularni parvarish qilish. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, terining qandayligini bilib olish zarur.Terini undan chiqib turadigan yog' va nam miqdorigaqarab shnrtli ravishda normal teri, yog'li teri, quruqteri va aralash teri imirakkab teri va bo'shashgan teri turlarigabo'linadi. Kosinetik vositalar va usullar terining anatomik tuzilishini jumladan, teri yo'llarini hisobga olib, to'g'ri qo'llangandagina yaxshi natija beradi. Terini turini bilmay turib turli xil bo'yoqlar surtish yaramaydi. Chunki turli kosmetik bo'yoqlar teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qizlarda ko'p uchraydigan husnbuzarlar vaqtida davolansa, yuz terisi o'zgarmaydi. , Kosmetik bo'yoqlarni ham har joyda har xil qo'llash mumkin. Masalan, kundalik ishga oz miqdorda bo'yoq surtish, bayram va kechalarga esa ko'proq pardoz qilish tavsiya etiladi. Soch inson husni, shu bilan birga inson salomatligining asosiy belgilaridan biri. Shuning uchun sochga alohida ahamiyat berish va uni parvarish qilish lozim. Sochning o'sishi kishi yoshiga ham bog'liq bo'ladi. Sochga turli xil bo'yoqlar surishoqibatidasoch nursizlanadi, 30 yoshdan keyin oqaradi, buning oqibatida tez to'kiladi. Teri chiziqlari. Terining eng kam cho'ziladigan yo'nalishi teri chiziqlari deb ataladi Bu chiziqlarning harakat yo'nalishlari quyidagi tartibda bo'ladi: iyakda—teri chiziqlari iyakning o'rtasidan boshlab pastki jag' bo'ylab quloqning tugmachasiga tomon yo'naladi; lunjda og'iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o'rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tcpa qismiga tomon; ko'z atrofida—ko'zning ichki burchagidan ustki qovoq, bo'ylab ko'zning tashqi burchagiga tomon, so'ngra (teskari yo'nalishda) ko'zning tashqi burchagidan pastki qovoq, bo'ylab ko'zning ichki burchagiga tomon; peshonada esa peshona o'rtasidan chakkalarga tomon, ya'ni qosh yo'nalishida ketgan bo'ladi. Burunda teri chiziqlari burun kan- sharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi. Yuzni tozalash. Yuzni bir oyda bir-ikki marta suv bug'ida bug'lash yaxshi natija beradi. Shu maqsadda kastryulkaga to'latib qaynoq suv quyiladi, uning ustiga boshni egib, choyshab o'rab o'tiriladi, 5 minut tutib turilgach yuz paxta bilan artiladi. Sog'lom va quruq terilar uchun niqoblar: - 1 osh qo- shiq asal va 1 osh qoshiq paxta moyi 1 ta tuxum sarig'i qo'shib qorishtiriladi. lta tuxum sarig'i, losh qoshiq paxta moyi, yarim choy qoshiq limon shirasi, yarim osh qoshiq suv; lta tuxumning oqi va sarig'i yaxshilab aralashtiriladi. 1 choy qoshiq asal, I choy qoshiq glitscrin, 2 choy qoshiq suv, 1 choy qoshiq bug'doy uni qorishtiriladi. Yuzga surtgach 10 minutdan so'ng yuvib tnshlanadi. Terini oqartirish va sepkil dog'larini ketkazish maqsadida: 2 osh qoshiq asal va I ta limon shirasi aralashtirilib har 5-7 minutda 3 marta surtiladi. 1 osh qoshiq suzmaga 2 osh qoshiq qaymoq qo'shib 1 osh qoshiq suzma va 15 gramm xamirturush yuzga surtgach 10-15 minutdan keyin yuviladi. Yiringli oddiy husnbuzarni yo'qotish uchun: yuz kvars lampasi bilan nurlantirilib 1-10% sintomitsin emulsiyasi surtiladi. Ichishga bir hafta tetratsiklin buyuriladi. Vitamin A 15 tomchidan 3-4 hafta buyuriladi. Bundan tashqari bedani damlab, issiqligida yuzni yuvish, orqasidan sovuq suv bilan chayish kerak. Yuzdagi dog'lar va ularni paydo bo'lish sabablari: ayollarning homiladorlik davrida jigar — taloq kasalliklarida. kamqonlikda, ichki sekretsiya bezlari ishining buzilishi. - vitamin S yetishmasligi kabilar. Dog'larni ketkazishda awalo mana shu kasalliklarni davolash lozim. Yuzni parvarishlashda esa quyidagi usullar taklif etiladi: 1 ta tuxum oqi va ozroq borat kislota yaxshilab aralashtirib 1 choy qoshiq qaymoq qo'shiladi: uni yuzaga pastdan yuqoriga qarab surtiladi. 1 soatdan keyin yuvib tashlanadi. 2 choy qoshiq un, 1 choy qoshiq sirka, 1 choy qoshiq asal aralashtirib yuzga surtiladi va 30 minutdan keyin yuz yuviladi. Bodringni ikkiga bo'lib yuzga ishqash, suvi qotgandan keyin yuzni yuvish mumkin. Bu usullarni muntazam 2-3 oy qo'llab turilsa, dog' yo'qolib ketadi. Agar yuzdagi dog'lar juda bilinib tursa, — 100 gramm 3% vodorod peroksidi va 4-5 gr nashatir spirti aralashtirilib 4 qavat taxlangan dokaga shimdirib 10-15 minut yuzga bosib turiladi. Keyin 2% o'ldirilgan simob malhami bilan yuzni massaj qilinadi. Yuzni dog'lardan tozalab bo'lgandan keyin paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun ba'zi choralarni qo'llash kerak bo'ladi. Ko'pchilik ayollar yuzlariga qatiq surtib, qotgandan so'ng yuvib tashlaydilar bu yaxshi odat. Petrushka yoki kashnich ildizini maydalab qirqiladi, iliq suvga solib, bir sutka qo'yiladi, ertasiga shu suv bilan yuviladi. 2-3 oy davomida qilinadi. Yuzga krem surish usulini bilish muhim ahamiyatga ega. Terini cho'zib yubormaslik uchun kremni yuzga bosib- bosib va teri chiziqlari yo'nalishida sekin-sekin urib chapimoq kerak. Yuzga surish oldidan kremni ikki kaft orasida ishqalab barmoqlarning ichki yuziga surish, so'ngra peshonaga, lunj terisiga, burunga, ustki labga hamda iyakka bosib-bosib va sekin-sekin urib chapish lozim. Shu harakatlar vaqtida yuz terisiga butun kaftning va barmoqlarning tegib o'tishi to'g'ri hisoblanadi, o'zingizga ham yoqimli bo'ladi. Bu vaqtda panjalar juda bo'sh tushishi kerak. Ko'z atrofidagi teriga kremni bosib-bosibgina surish lozim. Iyak terisiga va uning atrofiga sekin-sekin urib o'rta chiziqdan quloqlarga tomon chapib borish tavsiya etiladi. Normal teri yetarlicha nam va yog' ajratib turadi, loza, silliq, tiniq, bo'ladi, moylangandek yaltirab turmaydi. Bunday terida yog' bezlarining yo'llari (mayda teshiklar) bilinmaydi, qora nuqtalar va ajinlar deyarli bo'lmaydi. Normal terini parvarish qilish. Normal teri quruq va yog'li terilarga o'xshab alohida parvarish talab qilmaydi. Bunday terini suv va atirsovun bilan yuvish, uxlashdan oldin, albatta, yuzni pardoz-andoz bo'yoqlaridan tozalash, quyosh nurining o'tkir va uzoq vaqt ta'sir qilishidan saqla- nish, shuningdek tarkibida yuqori darajadagi spirtli bo'lgan suvlardan foydalanganda ehtiyot bo'lish kerak. Haftada bir marta tuxum sarig'i bilan o'simlik moyidan yoki asal bilan tuxum sarigi aralashmasidan tayyorlangan niqobni yuzga surtish normal terini parvarish qilish uchun yetarlidir. Ertalab yuzni sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi, sovuq suv terining tashqi ta`sirlarga chidamliligini oshiradi. Normal terini tozalashmaqsadida yuzni haftasiga 1— 2 marta sovunlub yuvish mumkin. "Qattiq" suvni ichimlik soda yoki tanokor (bura) qo'shib yumshatish kerak. Yuzni qaynagan suvga yuvim ma'qul. Suvni "yumshatish" ning iloji bo'lmasa, yuzni yuvib ho'lgach unga namligidayoq yupqa mayin sochiq bosib namini quritish tavsiya etiladi, so'ngra salgina upa qo'yiladi. Krem bilan upa birgalikda himoya qatlami hosil qilib terini tashqi ta'sirlardan saqlaydi. Uyquga yotish oldidan ham yuzni parvarish qilishning gigienik ahamiyati bor. Kechqurun uyquga yotishdan oldin yuzni yuvmasdan losonlar yoki suyuq kremlar va o'zingiz tayyorlashingiz mumkin bo'lgan eritmalarning biridan foydalanib artish lozim. Bunday eritmalarni bir necha xilini tayyorlash mumkin: 1. Ukrop suvi — 30 g, glitserin — 5g, borat kislotaning suvdagi 2%li eritmasi — 35 g. 2. Odekolon yoki spirt — 30 g, gletserin—5g, osh sirkasi — 10 lg, suv — 35 g. 3. Shundan so'ng uni ezib suzgichdan o'tkaziladi. Damlama ishlatish oldidan baravar rniqdorda suv qo'shib suyultiriladi, so'ngra 100 g damlamaga 5 g glitserin qo'shiladi. Limon suvini tayyorlash ham oson: yarimta limonning suvi siqib olinib suziladida, bir choyqoshiq glitserin va 50 g suv qo'shiladi. Yog'li teri moylangandek yaltirab turadi (yog' ko'p ajralib chiqadi), dag'al bo'ladi, ba'zan kir ko'rinadi. Yog' bezlari yo'llarining kengashidan yog' chiqadigan teshiklar juda bilinib turadi, ularni ko'pincha qora nuqtalar berkitib qo'yadi. Yog'li teriga ba'zan yallig'langan yirik husnbuzarlar toshadi.Quruq terini parvarish qilish. Yog' bezlaridan yog' doimo bir xilda chiqib turmaydi; bu kishining yoshiga, turmushi va mehnat sharoitiga, eydigan ovqatiga, vitaminlar kamligiga, nerv sistemasining, ichki sekretsiya bezlarining, me'da-ichak sistemasining faoliyatiga bog'liq. Yog' yetarlicha chiqmasa teri qurib qoladi. Shamol ta'siridan, haroratning keskin o'zgarishidan ham teri quruqlashadi. Yuzning quruq terisini parvarish qilishda uning quruqligi nimadanli- gini hisobga olish lozim. Yuzining terisi bolaligidanoq quruq bo'lgan kishilar krem surib yuzining terisini yog' bilan qo'shimcha ta'minlamoqlari lozim. Organizm qariyotganligi sababli qurishayotgan terini qo'shimcha ravishda yog' bilangina emas, balki nam bilan ham ta'minlab turish kerak. Shu sababli quruq terini tozalashning muhim ahamiyati bor. Quruq terili kishilar ertalab yuzini sovuq suvga sovunsiz yuvishdan 3-5 minut oldin qatiq o'simlik moyi surtib krem surib yuz terisini yumshatishlari yuvinganlaridan keyin esa nam teriga yog'li kremlardan birontasini surishlari lozim. Kremdan keyin yuzga quruq teri uchun chiqarilgan upa salgina qo'yilgani ma'qul. Kechqurun quruq terini pardoz- andoz suvi bilan yoki suyuq kremlar yoxud o'simlik moyi bilan artib tozalash tavsiya etiladi. Yozda yuzni bodring losoni bilan artish kerak. Ba'zi birovlar kechasi yuzga krem surish zararli, uni barvaqt burishtirib qo'yadi deyishadi. Krem mo'l qilib surilsa va ertalabgacha terida qolib ketsagina shunday zarar yetkazishi mumkin. Murakkab (aralash) teri. Bunday terili kishilar ko'p uchraydi. Yuzning turli qismlarida terining qanday xilda ekanligini aniqlash va qaysi joyda quruq va yog'Iiligiga qarab, unga mos vositalardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Masalan, kishilarning burni, peshonasi va iyagi yog'ning ko'p ajralib chiqishi sababli ko'pincha yaltirab turadi, aksincha ularning tevarak atrofi, jag' va lunj terilari quruq bo'ladi, ba'zan po'st tashlaydi, burishadi. Shuning uchun bunday terini parvarish qilishda quruq qismini quruq teri yog'li qismini yog'li teri kabi parvarish qilinadi. Bo'shashgan (salqigan) teri. Bunday teri rangsiz, yog'siz bo'lib, bo'shashib, burishib va osilib turadi. Bunday bo'shashgan teriga qo'yidagicha davo qilinadi: tirnoq gulni qaynatilgan suv bilan barobar miqdorda qo'shiladi. Ertalab yuzni yuvish o'rniga shu damlamaga shimdirilgan paxta bilan artiladi. Agar tirnoqgul topilmasa, bir stakan suvga bir choyqoshiq mayda tuz solib eritish va tayyorlangan namakobni paxta yoki sochiq uchiga shimdirib yuz va bo'yinga surish kerak. Keyin yuzni bir oz shapatilash lozim. Agar teri yupqa, ya'ni nozik bo'lsa tuz o'rnida yarim choyqoshiq taninni bir stakan suvga qo'shib yuzga surtiladi, yuz bir oz shapatilanadi, kuni bilan yuvilmaydi, kechqurun sovuq suv bilan yuviladi. Shuningdek, ertalab yuzni qo'yidagi suyuqliklar bilan artish ham mumkin: Tanakor eritmasi — 10 g, suv — 70 g, odekolon —30 g. Tirnoqgul (kalendula)—bir osh qoshiq, suv — 80 g, odekolon — 20 g. Shu suyuqliklar bilan artib tozalagach, yuzga yumsha- vchi krem yoki qo'yidagi moy (maz)lardan biri singdiriladi: Salitsil kislotasi — 3,3 g, cho'chqa yog'i — 45 g, vazelin — 30 g, kamfora yog'i —3 g. uyquga yotishdan oldin oqartiruvchi kremlardan surish, ertalab sovunlab yuv- gach turli yumshatuvchi kremlar surish mumkin. Husnbuzarlar va ulardan qutulish. Husnbuzar tugunchalar ko'rinishida toshmalar toshib, keyin ularda mayda-maydn moddalar hosil bo'lishidan iborat teri kasal- ligi. Aksariyat balog'at yoshiga yetayotgan yigit-qizlarda chi- qadi. Kishi 25—30 yoshga borganda ular kamayadi. Ayrim husnbuzarlaming o'rnida qolgan iz ketmasligi mumkin. Husnbuzar asosan ichki jinsiy bezlar faoliyati, me'da- ichak kasalliklarida (surunkali kolit), modda almashinuvi- ning buzilishida, vitaminlar yetishmasligida, shirinlik, ach- chiq, yog'li ovqatlarni ko'plab iste'mol qiluvchi yoshlarda, shuningdek terisi yog'li yigit-qizlarda kuzatiladi. Husnbuzar asosan yuz, yelka ko'krakda bo'ladi. Chunki shu joylarda yog' ishlab chiqaradigan bezlar ko'p joylashadi. Yuqoridagi sabablarga ko'ra bu bezlar faoliyati zo'rayadi va teri yog'- lanib, teshiklari berkiladi. Teri ustida husnbuzarga xos tugunchalarning paydo bo'lishi ana shunday tarzda kechadi. Husnbuzarlar turh shakllarda bo'lishi mumkin: qora nuqtalar, oq nuqtalar shaklidagi husnbuzarlar, mayda husnbuzarlar va yallig'lagan, yiring boylagan yirik husnbuzarlar. Afsuski, ba'zilar husnbuzarlarni siqishga odatlangan bo'ladi. Albatta bu noto'g'ri. Chunki siqqanda husnbuzar yana ham kattalashadi, yallig'lanadi, hatto yiring boylaydi. Yuqorida sanab o'tilgan, ko'proq uchraydigan husnbuzarlar ustida to'xtaylik. Tishni parvarish qilish. Tishlar ovqatni tishlab olish va maydalash, undan tashqari nutq tovushlarini aniq, talaffuz etish uchun xizmat qiladi. Ularning sog'lomligi inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Tishlar to'g'ri, to'la-to'kis parvarish qilinmasa, ular og'rishi va tushib ketishi mumkin. Tishlar tushgan yoki og'rigan bo'lsa, ovqat yetarli chaynalmaydi va natijada oziq moddalarining bir qismi o'zlashtirilmaydi. Bu esa ko'pincha turli me'da va ichak kasalliklarga olib keladi. Makiyaj yuz terisi, soch va ko'z ranglari bilan uyg'unlashib turishi kerak. O'quv bilan, to'g'ri pardoz qilish uchun asosiy qoida va muolaja tartiblarini bilish nihoyatda muhim. Tozalangan yuzga terining xili va ehtiyojini hisobga olgan holda upa tagidan qo'yiladigan asosiy kremni surtiladi. Krem 10 minut oldin, ya'ni teriga yaxshi singishi uchun surib qo'yiladi. Teri quruq bo'lsa, ustiga yana takror surish mumkin. Yuzga rangli tonal krem surtiladi. Bu krem yuzning tabiiy rangidan, albatta, ochroq yoki to'qroq bo'lishi kerak. Yuzga terining rangini hisobga olgan holda rumyann (qizil-pushti rang yog'upa) surtiladi. Yuzning hammasiga paxta bilan upa qo'yiladi. Upa rang beruvchi (tonal) kremga nisbatan ochroq yoki to'qroq tusda bo'lishi kerak. Qoshlurni avval cho'tkali taroqcha bilan tarab, so'ng qosh qalami bilan chi/.ib bo'yaladi. Yuqori qovoqlar rangli prcparatlar (tenlar) bilan bo'yaladi. Ko'z atrofi cho'tka yoki qalam yordamida bo'yaladi. Kipriklar tush bilan bo'yaladi. Lab atrofini qalam bilan chizib olib, so'ng astagina lab bo'yog'i surtiladi. Yuzning tuzilishiga qarab pardoz qilishning quyidagi qoidalari tavsiya etiladi. Cho'zinchoq yuz klassik tipda bo'lganligi sababli uni tuzatishga hojat yo'q, shuning uchun ko'zning tashqi burchagini to'qroq qilib bo'yashning o'zi yetarli. Dumaloq yuz har doim yosh ko'rinadi, unga cho'ziqroq shakl berish uchun chakka va betlarni ozgina to'qroq qilib bo'yash kerak. To'rtburchak shakldagi yuzning farq qiluvchi xususiyati shundaki, kishi jiddiy ko'rinishga ega bo'ladi. Bu holni yumshatish, yuzga yoqimliroq tus berish uchun chakkalarni, yuzning pastki qismlarini to'qroq va, aksincha, qovoqlar ochroq rangga bo'yaladi. Yuzning to'g'ri burchakli tuzilishi, ayniqsa, ko'pchilikda uchraydi Yuzga cho'zinchoq (oval) shakl berish uchun qovoq, va yonoqlarga ochroq tusli bo'yoqlar ishlatish zarur. Yuz uchburchak shaklda bo'lsa, uning keng yuqori qismi (chak- ka va yonoqlar) ga to'qroq va, aksincha, pastki qismiga ochroq tus beriladi. Shuni yodda tutish kerakki, to'g'ri qilingan pardoz hech qachon teriga zarar qilmaydi. Shuningdek, pardoz bo'yoqlarini sira ham yuzda qoldirmaslik, albatta, kechki vaqt tozalab, yuvib yotish kerak. 3. Kosmetik niqoblar tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Niqoblar o'z tarkibidagi moddalarning xususiyatlariga qarab davolovchi va kosmetik, ya'ni terini oziq- lantirish, tozalash va oqartirish uchun qo'llaniladigan niqoblarga bo'linadi. Niqoblar, odatda, kosmetik kremlar va turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlanishi mumkin. Davolovchi niqoblar kosmetologiya muassasalarida kosmetolog shifokorning tavsiyasi va nazoratida qo'llaniladi. Uy sharoitida esa faqat kosmetik niqoblardan yuz va bo'yin terisini parvarish qilishda keng foydalaniladi. Yuzga niqob qo'yishdan oldin yuzni yaxshilab tozalash kerak. Tozalayotganda ham, niqob tortayotganda ham teri eng kam cho'ziladigan chiziqlarni yodda tutish kerak. Tozalangan quruq yoki normal teriga yuz terisining quruq joylariga, shuningdek bo'yin terisiga bironta yog'li krem surtiladi, ketidan issiq ho'l kompress qilish (xususan quruq va burishayotgan teri uchun) juda foydali. Issiq kompressii ko'tara olmaydigan yoki yuzidagi mayda qon tomirlari juda bilinib turadiganlar kompressiz ham niqob tortishlari mumkin. Kompress qo'ygandan keyin krem teriga obdon shimilib ketsa, yuzning quruq joylariga yana krem surtish mumkin. Kosmetik niqobning xillari juda ko'p. Yuzga niqob tortgach, ko'zni yumib o'tirish yoki oyoqlarni balandroq qo'yib yotish tavsiya etiladi. Niqob ho'llangan salfetka yoki ho'llangan paxta bilan tozalab olinadi. Haftasiga 2—3 marta niqob tortish mumkin. Oqsilli niqob yog'li teridagi yog' chiqadigan teshiklarni toraytirish va burisha boshlagan, bo'shashgan yog'li va quruq terining yashash qobiliyati (tonus) ni oshirish uchun qo'llaniladi. Teri awalo losbon bilan artib tozalanadi va quruq teriga (yoki terining quruq joylariga) yog'li krem suriladi. Tuxum oqsili (ko'pirtirmasdan) faqat ozgina aylantirib, yuzga paxtada uch marta suriladi, har gal surilgan qatlam qurib terida oqish parda hosil bo'lgach, navbatdagi qatlam suriladi. Oqsilli niqob faqat 10—15 minutdan keyin sovuq suvda (paxta bilan) yuvib tashlanadi. Terining quruq joylariga yana yog'li krem suriladi. 1 ta tuxum oqi olinib, yaxshilab quvlanadi. Ustiga bir necha tomchi limon sharbatidan tomizib, birga aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan aralashmani yuzga surtib, to quriguncha ushlab, so'ng yuzni suv bilan yuvib tashlanadi. Oqsilli-kamforali niqob yog' bezlarining teshiklari juda bilinib turadigan yog'li teri uchun mo'ljallangan. Ko'pirtirilmagan tuxum oqsilini teriga surish oldidan unga kamforali spirtdan 10 tomchi qo'shiladi. Bu ham teriga yuqorida aytilgandck suriladi. Tuxumli niqob yuzning normal va quruq terisini yumshatish uchun qo'llaniladi. Yuzning terisi awalo tozalanadi, so'ngra yog'li krem suriladi, shundan keyin tuxumning oqsili bilan sarig'ini birga aralashtirib yuzga chapiladi. Niqob yuzda 15—20 minut turishi lozim. Bu ham oqsilli niqob singari yuvib tashlanadi. Tuxum sarig'i bilan asaldan iborat niqob normal va quruq (xususan bo'shashgan) terini yumshatish maqsadida qo'llaniladi. Tuxumning sarig'i ajratib olinib bir osh qoshiq asal qo'shiladi-da, yaxshilab aralashtiriladi, so'ngra tozalangan va yog'li krem surilgan teriga oqsilli niqob singari (qatlam-qatlam qilib) chapiladi. 15—20 minutdan keyin suv bilan yuviladi. Drojjeli (xamirturushli) niqob. Yuzining terisi bo'shashgan, normal, yog'li, quruq bo'lgan kishilarga tavsiya etiladi. Bu niqob terini tozalaydi, to'qimalarning yashash qobiliyatini oshiradi. Niqob uchun yangi xamirturushdan bir bo'lakcha (10—15 g) olinadi va normal teri uchun — iliq suvga yoki sutga, yog'li teri uchun—3 prouentli vodorod peroksidga, quruq teri uchun esa o'simlik moyiga qaymoq quyuqligida qoriladi. Niqob tortish oldidan yuzning terisi yaxshilab tozalanishi shart. Niqob yuzda 10 minut turishi, keyin iliq suvda, ketidan esa darhol sovuq suvda yuvilib, ho'lligicha krem surilishi lozim. 4. Sochni parvarish qilish. Kir sovun bilan bosh yuvish tavsiya etilmaydi. Boshni chayqash uchun ishlatiladigan oxirgi suvga sirka yoki limon suvi qo'shilsa (1 litr suvga 1 choyqoshiq) soch ipakdek mayin bo'lib yaltirab turadi. Oqish va sariq rangdagi sochni chayish uchun moychechak damlamasini (2 osh qoshiq moychechak 1 litr suvda 10—15 minut qaynatiladi, so'ng dokadan o'tkazib, suzib olinadi) ishlatish mumkin. Shunda soch chiroyli tilla rang tusga kiradi. Soch juda yog'li bo'lsa, boshni chayish uchun ishlatiladigan suvga novshadil spirt qo'shish mumkin (1 litr suvga 1 choy qoshiq. Quruq sochni faqat sariyog' qo'shilgan maxsus sovun bilan yuvish tavsiya etiladi. Xalqimizda qadimdan sochni sovun o'rniga qatiq surtib yoki tuxum sarig'ini ishlatib yuvish usuli keng qo'llab kelinadi. Bunda bosh terisi va sochga qalin qilib qatiq surtiladi va 10—15 minut ro'mol bilan o'rab qo'yiladi, awal issiqroq, so'ng issiq suv bilan yaxshilab yuviladi. Hozirgi davrda ko'pchilik, ayniqsa yoshlar qatiq bilan yuvganda xidi kelib turadi, deb har xil kimyoviy moddalar aralashmasidan tayyorlangan shampun- lar bilan yuvishni ma'qul ko'radilar. Sochning chiroyli, uzun bo'lishi uchun uni faqat yangi qatiq bilan yuvib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi qatiq bilan yaxshilab yuvilgan sochdan hech qanday hid kelmaydi, soch tomir va ildizlari mustahkamlanadi, shuningdek bir xil narsa bilan yuvishga soch odatlanadi, natijada kam to'kiladi, yaxshi o'sadi, rangi ham chiroyli bo'lib, kam oqaradi. Hozirgi yoshlarning bo- shiga nazar tashlasak, ularning 50 foizida 25—30 yoshidan boshlab sochlari oqarib ketayotganini va soch bo'yog'idan foydalanib yurishlarini ko'rish mumkin. Sochni erta oqarish, siyraklashib, to'kilib ketishidan saqlash uchun, uni bir xil tartibda, qatiq ishlatib yuvish o'zining ijobiy samarasini beradi. Bunday tartibga amal qilinganda 50—55 yoshdan so'nggina sochga oq oralay boshlaydi. Bu holni normal, tabiiy oqarish deb hisoblash mumkin. Agar bu yoshdan ancha ilgari oqargan sochlar bo'lsa, ular kasallikka chalingan sochlar hisoblanadi. Agar soch yog'liroq bo'lsa, uni qatiq bilan yaxshilab yuvib bo'lgandan keyin 1 litr suvga 1 ta tuxum sarig'ini yaxshilab aralashtirib, yana bir bor yuvib tashlash tavsiya etiladi. Aksincha, soch ko'p to'kilayotgan yoki haddan tashqari quruq bo'lsa, istalgan o'simlik moyiga kanakunjut yoki qariqiz moyi qo'shib, bosh yuvishdan bir necha soat ilgari sochga surtib qo'yish lozim. Soch kalta bo'lsa, uni ildizidan, uzun bo'lsa, uchidan boshlab taroq bilan tarash kerak. Yuvib bo'lgandan so'ng boshni yaxshilab yumshoq sochiq bilan artib quritish kerak. Uni boshga o'rab qo'yish yoki ro'mol bilan o'rab qo'yish kishi salomatligiga zarar etkazadi. Chunki boshni yuvganda, albatta, issiq, suvga yuviladi, shunday ekan, tabiiyki, bosh terisi isib bugianadi. Shu bug'lanish ochiq holda bo'lsa, soch tez quriydi, aksari holda bug'lanayotgan soch sovib, bosh terisini ham sovitib qo'yadi, ayniqsa ho'l holida ro'mol bilan bog'lab tangib olinsa, natijada bosh terisi yoki miya shamollaydi. Hozirgi kunda sochni cho'tka (massaj taroq) bilan tarash ko'pchilikka urf bo'lmoqda. Bunday tarash vositasi ko'proq kalta sochlar uchun qulaydir. Aslida uzun soch uchun ham, kalta soch uchun ham xalqimizning qadimdan ishlatib keladigan shamshod va shu singari yog'och taroqlaridan foydalanish ayni maqsadga muvofiqdir. Chunki uning ikki tishi ikki holatda sochni tarashga mo'ljallangan. Soch chigal bo'lgan vaqtda katta tishli tomoni bilan taralsa, turmaklash vaqtida esa mayda tishli tomonida faraladi. Bunday shamshod, yong'oq, tut daraxtlari parragidan tayyorlangan taroqlar bilan boshni yuvganda, awalo soch yaxshi toza bo'ladi, sirka, bit tushishiga yo'l qo'ymaydi. Shuningdek, bu taroqlar bilan sochni tarayotganda elektrlanmaydi, natijada soch ham kamroq to'kiladi. Cho'tkali taroqda taralganda esa soch elektrlanadi, ayniqsa quruq soch bo'lsa kuchli elektrlanadi, natijada soch tolasi tarala- yotgan vaqtda tez uziladi va ko'proq to'kiladi. Har bir kishida o'zining tarog'i bo'lishi kerak. Boshqalar tarog'i va cho'tkasidan foydalanish mumkin emas. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling