Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11- Mavzu: Bo’sh vaqtni samarali o’tkazish.
Nazorat savollari:
1.Mehmon kutish odobi deganda nimani tushunasiz? 2. Mehmondo’stlik qanday insoniylik fazilatlarni o`z ichiga oladi? 3.O`zbekistonda mehmonlarga e`tibor nimalardan iborat? 4.Mehmonga boorish qoidalari qanday? 5.Tushlik uchun stolda nimalar bo`lishi zarur? 6.Kechki ovqatda qanday ovqatlar pishiriladi? 11- Mavzu: Bo’sh vaqtni samarali o’tkazish. Reja: 1.Bo'sh vaqt o'qish va ishda. 2.Uxlash va dam olish. 3.Bo'sh vaqtda kitob mutoala qilish. 1. Bo'sh vaqt o'qish va ishda.Vaqtdan to'g'ri, unumli va samarali foydalanish kelajakni o'ylaydigan insonga xos xususiyatdir. "Vaqting ketdi — naqding ketdi" deb bekorga aytilmagan. Bo'sh vaqt—ijtimoiy mehnat va mashg'ulotdan ozod payt hisoblanadi, bo'sh vaqtda: dam olish, madaniy hordiq chiqarish, kitob o'qish, aqliy va jismoniy qobiliyatni mustahkamlash va qaytadan tiklash uchun zarur. Bekorchi- lik esa turli jinoyatlar sodir etishning, ichkilikka, chekuvchi- likka ruju qo'yislining, nopok ishlarning shart-sharoitidir. O'quvchi va talabalar uchun qo'yidagi chora-tadbirlarni nazarda tutish mumkin:Kitobxonlik — mustaqil o'qish uchun badiiy, texnik, ixtisoslik bo'yicha kitob o'qish, gazeta, jurnallar o'qish, radio va teleko'rsatuvlarni ko'rish.Estetik madaniyatni o'stirish — kino, teatr, konsert- larga, ko'rgazmalarga borish.Ekologik madaniyatni shakllantirish—sayohatlar, po- xodlar, sayrlar tashkil etish.Jismoniy chiniqish — sport o'yinlari, ko'rik-tanlovlar, olimpiadalar,Aqliy kamolotni tarbiyalash—to'garaklar, fan olimpia- dalari, ijodiy ishlar tanlovlari. Milliy qadriyatlarni shakllantirish - milliy an'analar, urf-odatlar, udumlar, bayramlar, kashtachilik, kulolchilik, temirchilik, zargarlik va boshqalar bilan band bo'lish ka- bilar. Bu tadbirlar ixtiyoriy amalga oshiriladi. Inson uchun hech ish qilmay, hech narsa bilan band bo'lmay, vaqtni o'tkazishdan qiyin azob yo'q. Talabalarni bo'sh vaqtida fan to'garaklar, olimpiadalar, ko'rik-konkurslar, kechalar, uch- rashuvlar, anjumanlar tashkil etish, Navro'z, Ro'za hayit, Qurbon hayit, Hosil bayrami va boshqa shu kabi milliy tar- biyaviy tadbirlarga jalb etiladi. Turli sport o'yinlaridan: milliy kurash, milliy raqs, qilichbozlik kabilar, milliy san'atturlaridan kashtachilik, zardo'zlik, to'quvchilik, kulolchilik kabilarga qatnashish har bir bola uchun muhim o'rin tutadi. Bo'sh vaqt uyda. Inson bo'sh vaqtining katta qismini oila davrasida o'tkazadi. Bo'sh vaqtni tashkil etishda ota-ona namunasi, ularning rahbarligi asosiy o'rinda turadi. Bo'sh vaqtda farzandlarni mehnat bilan band etish, kasb- hunar o'rgatish, oilaviy yumushlami o'rgatish ota-onaning farzand oldidagi burchidir. Ota-onani maxsus vaqt topib o'rgatishini kutib o'tirmasdan mashg'ulotdan bo'sh vaqtda ularning yonida bo'lish har bir ishiga yordam berish, mehnat insonni chiniqtirishini unutmaslik lozim. Bularning barchasi kelgusida qiz bola kelin bo'lib tushgan ro'zg'orda qaynona-qaynotaning "Qiz bola tarbiyalagan ota-onangga rahmat" degan so'zni eshitishi uchun zamindir. Xalqimizda "Bir yigitga qirq hunar oz" degan maqol bor. Inson qanchalik ko'p hunar o'rgansa, u shunchalik muhtojlik ko'rmaydi, aksincha bo'lsa hayotda qoqiladi, xor- zor bo'ladi. Ota-bobolarning kasbini, hunarini o'rganish, millatni, , milliy qadriyatlarni, urf-odatlarini, an'analarini saqlashning o'zi kelajak avlodlariga ajdodlar tarixini, madaniyatini yetkazishining garovidir . Qizlar bo'sh vaqtida bichish, tikish, uy tutish, pishi- rish, mehmon kutish, ukalarini tarbiyalash, kir yuvish sirla- rini o'rganishi lozim. Xalqimizning kashtachilik, zardo'zlik,. do'ppi, jiyak, milliy kiyimlar tikish kabi hunarlarini momo- lardan, onalardan o'rganiladi. Yigitlar vazifasi: bobolarimi/ning misgarlik, temirchi- lik, tandirchilik, kulolchilik, mahsido'zlik, me'morchilik, uy qurish ustasi, naqqoshlik, bog'bonlik, polizkorlik va boshqa noyob milliy kasblarini saqlab qolish, sulolalar sharafini himoya qilish, o'zbek xalqining san'atini mashhur va ko'z- ko'z qilishdir. Millat saqlansa, milliy udumlar, an'analar, urf—odatlar kasb-hunar saqlanadi, ular saqlansa millat davom etadi, yashaydi. Bo'sh vaqtda kitob mutoala qilish. Asrlar davomida inson badiiy asardan ma'naviy oziq olib, o'zining tur- mushda qiziqtirgan savollariga javob topib keladi, "kitob— bebaho boylik". Kitobga yo'llanma o'qituvchi va ota-ona tomonidan beriladi. Yoshlar Sharq va G'arb klassiklari adabiyoti namunalarini o'qib borishlari lozim. Ayniqsa, bo'lg'usi pedagog va tarbiyachilar bolalar adabiyotini yaxshi bilishlari, o'qib o'rganisTilari kerak. Natijada ular ma'nan boyiydilar, bolalar bilan til topishlari oson bo'ladi. X.To'x- taboev, A.Dyuma, V.Gyugo, Jyul Vern, Djek London, Mark Tven, A. Navoiy, A. Qodiriy, A. Qahhor, Ch. Ayt- matov kabi allomalar, yozuvchilar ijodi bilan tanish bo'- lishlari lozim. Bo'sh vaqtda faqat bir xil ish bilan shug'ul- lanish kishini zeriktirishi, sog'lig'iga ta'sir etishi mumkin . 4. Uxlash va dam olish. Uxlash bo'sh vaqtda dam olishning lazzatli onlaridir, uxlash kishi jismini kuchga to'ldiradi, aqlan tetik qiladi, mehnat qobiliyatini yuk- saltiradi, salomatligini yaxshilaydi. Ko'p uxlash esa yomon odat bo'lib, insonni lanj qiladi, ruhiy holatini, yuz qiyo- fasini o'zgartiradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling