Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet11/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch iboralar:

  1. Kalendula — tirnoqgul o'simligi.

  2. Soch follikulasi-soch xaltachasi.

10-MAVZU: Mehmonga borish, mehmon kutish odobi.
Reja:
1.Mehmonnovozlik- oliy fazilat.
2.Mehmon kutish odobi, mehmon va mezbon muloqoti.
3.Mehmonga borish qoidalari.
Tayanch so`z va iboralar:

Mehmondo’stlik, insoniylik , mezbon, mehmon va mezbon muloqoti, ro'zg'orshunos.


Yoru birodar, qarindosh-urug’ va do’stlarnikiga tez-tez borib-kelish qilib turishni eng yaxshi insoniy fazilatlardan biri deb biladi xalqimiz. O’z uyiga kelgan har bir mehmonni yaxshi mezbonlar ochiq ko’ngil bilan kutib olishlari ham bir fazilatdir.


Daraxtki bor, unga qush qo’nadi, uyki bor, demak, unga albatta mexmon keladi. Mehmondo’stlik nainki insoniylik bog’idir, balki shu bog’ning eng shirin mevasidir.
Ilgarilari ogohlantirilmasdan ham xohlagan vaqtda mezbonnikiga tashrif buyurilaverilar edi. Ba’zan mehmondorchilik juda avjiga minib uzoq davom etganidan xalq orasida: “ Yaxshi mehmon uch kunlik” degan naql ham paydo bo’lgan, lekin bundan, mehmondorchilik chegaralangan ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Mehmondorchilikning vaqti-soati mehmonning xohish-ixtiyori va mezbonning izzat-ikromi bilan belgilanadi.
Ariqchadan suv o’tmasa giyoh qovjirab qolganidek, uyiga mehmon kelmagan kishi odamgarchilik daryosidan bahra ololmay qoladi. Birovni iliq iltifot bilan kutib olgan kishi esa o’ziga bo’lajak ana shunday iltifotlar hosili uchun ko’chat ekkanday bo’ladi. Shu sababli xamma xalqlarda bo’lgani kabi, o’zbeklarda ham mehmonni anvoyi taomlar bilan ziyofat qilish odati bor. O’zbekistonda ana shunday taom palovdir.
Aziz mehmonga bir qisim serlazzat osh yedirib yubormagan xonadon bo’lmasa kerak O’zbekistonda.
Barcha xalqlarda qaynona bilan chiqishmaydigan kelinlar, kiyovlar borligi sir emas. Shu narsa o’zbekda ham bor, ammo ovqat yeyilayotgan joyga kirib kelgan mehmonni “ qaynonasi sevadigan kishi “ deb qabul qilamiz. “ Yaxshi mehmon osh ustiga keladi “ degan naql ham bejiz aytilmagan, bu gaplar mehmon xijolat tortmasin uchun aytilgan.


Mehmon kutish odobi, mehmon va mezbon muloqoti. Daraxt borki, unga qush qo'nadi, uy borki, unga albatta mehmon keladi. Mehmon mo"tabar bir zot, binobarin uni kutib oluvchi mezbon o'quvli, yaxshi fazilatli bo'lishi kerak. Mehmon mezbon aloqalarining ko'ngilni ravshan yoki xira qiladigan tomonlari bor. Isrofgarchilik, manmanlik, laganbardorlik va tilyog'lamalik, xasislik qilish, ta'magir bo'lish ko'ngilni xira qiladigan tomonlaridir.
Ko'ngilni ravshan qiladigan tomoni esa odamgarchilik qilish, insonparvarlik, ahilllikni mustahkamlash, saxiy, odobli, xushmuomila bo'lish. Biz ana shu salbiy tomonlarni yo'qotish va ijobiy tomonlarni kuchaytirish orqaligina yoshlarimizni mehmonnavozlik ruhida tarbiyalay olamiz.
Har qanday badjahl mezbon ham, mehmon oldida muloyim, xushtavoze bo'lishga harakat qiladi. Mehmonni kiygan kiyimiga qarab toifaga bo'luvchilar katta xato qiladilar. Mehmon kim va qanaqa kiyinishidan qat'iy nazar, bari bir u mehmon, u insonj eski davrlarda mehmonni boy va kambag'alga bo'lish odat bo'lgan.
Voqea: XIX asrning oxirida Toshkentlik Tojiboyvachcha to'y qiladi. Kelgan mehmonlarni boy va kambag'alga bo'lib o'tkazadi. Boylardan ortgan sarqit taomlarni kambag'allar dasturxoniga qo'ydiradi. To'yga o'sha davrning allomalaridan Mirza Ali Mahsum ham taklif etilib, u meh- monlarning boy va kambag'alga ajratib o'tkazilayotganini ko'radi. Alloma to'ydan chiqib, to'y qiluvchining darvoza- siga bir parcha qog'oz yopishtirib ketadi. To'yga keluvchilar yozuvni o'qib, to'yxonaga kirmay ketaveradilar.
Darvozaga ushbu she'r yopishtirilg'an edi:
Boy kelsa bolaxonaga deydilar, Kambag'alni - otxonaga deydilar. To 'yingiz "Muborak bo 'Isin " Tojiboy, Xudoyim bersin, sizga do 'zaxdan joy!
'Mehmonni o'zbek shuning uchun ham sevadiki, mehmondo'stlik katta bir odob-axloq maktabi. Bir tomondan u kishini xushfe'l, muruwatli qilib tarbiyalasa, ikkinchi tomondan ro'zg'orshunos bo'lish, uy tutish, rasamadli va pokiza bo'lishga o'rgatadi.
O'zi pastkash, lekin mehmon huzurida boyligi bilan maqtanadigan shaxslar ham bo'ladi. Bulamikiga yaxshi mehmon bir keladi-yu, keyingi safar o'ylanib qoladi. Sa'diy Sheroziy quyidagi baytini ana shunday mezbonlaiga qarata aytgan bo'lsa kerak:
Past kishini molu-dunyo ko'tarmas beshak,
Eshak atlas to 'qimi bilan ham eshak.
Ko'rinib turibdiki, mezbonlik baxtiga sazavor bo'lishlik juda qiyin va katta burch ado etishni talab etadi. Shu sababli ham mehmonxona ko'rmagan va umrida o'zi biror marta ham mehmon kutishga ulgurmagan yoshlarimiz uchun mezbonlik vazifalarining ayrim tomonlari, qoidalari va yo'l qo'yilish ehtimol bo'lgan xatolar to'g'risida eslatib o'taman.
Aytaylik, uyingizga mehmon keldi. Siz uni loyiq ehtirom va hurmat bilan qarshi olasiz. Dasturxon yozib, bisotingizda nimaki yaxshi narsa bor o'rtaga qo'yasiz. Aslini olganda, mehmon sizning osh-noningizni deb emas, o'zingizni deb, sizning yaxshi qiliqlaringizni, xushfe'lligingizni qo`msab, suhbatingiz orzusida sog'inib keladi.
Sizning ham shu kungi barcha xatti-harakatlaringiz, fikru-zikringiz faqat bir narsaga mehmonni iloji boricha yaxshi kutishga, uni xushnud qilishga qaratilgan.
"Qobusnoma" asarining "Mehmon chaqirish va mehmon bo'lish haqida"gi bobida yosh mezbon uchun shunday nasihat yozilgan: "Ey, farzand, mehmonga minnat qilmagin, ochiq yuz bilan gapirgin. Har bir kishi sening mehmoning bo'lsa, shodlik bilan taomingni yesin. Lekin o'zing sharobni kam ichgil, mehmondan ilgari mast bo'lmagil va hamma vaqt ochiq yuzli bo'lgil, kulib turgil. Am­mo behuda kulma, ko'p kuiish bir nav devonalikdir".
Yosh oilalarda taom tayyorlashni bilmaslik, mehmon­ni ko'ngildagidek kutib olmaslik oqibati er va xotin o'rtasida kelishmovchilik, dilsiyohlik, katta janjallar chiqib ketishiga sabab bo'ladi. Mana shunday kelishmovchiliklar yig'ilib- yig'ilib sitamga aylanib ketadi. Bir sudyaning aytishiga qaraganda, ajralish uchun ariza ko'tarib kelayotganlarning anchasi yangi turmush qurayotganlar ekan va ular turlicha arzimas sabablar ko'rsatishar ekan. Kuyov kelinni ovqat pishira olmaslikda ayblasa, kelin kuyovni o'tin yorib bcrmaslikda ayblaydi.
Hurmatli o'quvchilarimiz masalaning shu tomonini chuqurroq tahlil qilishsa foydadan holi bo'lmasdi.
Mana shu ayrim misollarning o'ziyoq sizga mehmon- larni xursand qilish uchun bir vosita bo'lish mumkin.
Mehmonga borish qoidalari. Mehmonga o'z vaqtida yetib boring.ba'zilar "Bu ochidan o'lgan ekan-da", deb o'ylamasligi uchun atayin kech kelishadi-da, yana dard ustiga chipqon deganlaridek, yana kinoyali kulgu bilan "O'h-hu, jamoat jam-ku! Biz kechikib qolganga o'xshay- miz" deb qo'yishadi. Bu hol ko'proq o'zi to'g'risida juda yuqori fikri bo'lgan kibrli shaxslarda uchraydi. U barchani bezovta qiladi.
Mehmondorchilikka yuvinib, taranib, ozoda kiyinib borish lozim. Ish kiyimida borish yaramaydi. Lekin zeb- ziynatga berilish, o'tkir didli atir sepish, ortiqcha pardoz- andoz bilan o'zini "ko'z-ko'z" qilib borish ham yaramaydi. Ayniqsa, etagi kalta va tor ko'ylak kiyib borish o'zbekcha mehmondorchilikka sira ham to'g'ri kelmaydi. Keksa odamlar huzurida o'tirib turishni ham hisobga olish va nazardan qolmaslikka harakat qilish. Ziyofat choydan boshlanadi. Choy quyuvchi choyni qaytargach, dastlabki piyoladagi choyni o'zi ichadi, so'ng o'ng qo'lda choy beradi yoki dastlabki piyolani yoshi ulug' mehmonga uzatadi. Taom tanovuli yaxna taomlardan bosh­lanadi. Bunda salatlar qoshiq bilan olinib, har kim o'z oldiga qo'yilgan likopchaga soladi va sanchqi bilan yeydi. Yaxna go'sht sanchqi bilan olinib, pichoq bilan kesib yeyiladi. Pichoq o'ng qo'lda, sanchqi chap qo'lda kesiladi, pichoq ishlatilmasa sanchqi o'ng qo'lda bo'ladi.
XI asrning tarixchisi, buyuk adabshunos olim Bolosog'unli Yusufning "Saodatga yo'llovchi bilim" nomli asaridan bir parchani keltiramiz:
"Bir to'yimli ovqat va ichimlikni deb sen o'zingni beqadr qilmagin. Nafsni saqla, kishilarning pasti bo'lma. Nafsing uchun nafsingning quli bo'lma. Men juda ko'p ko'iganmanki, qadr topgan kishilar ham nafsini tiya olma- gani uchun yuz tuban ketdilar. Elda ulug'lik topgan kishi- larni ham nafsi qul qilib yer tishlatdi. Ko'p boylarni ko'rdim, ularni ham nafsi tutqin bo'ldi, ular ham xonavayron bo'lib, qashshoqlashib qoldilar. Ey nafsi g'olib, sen nafsingga ilinsang, undan qutulib bo'lmaydi.
Sen qaysi ziyofatga borsang ham odob bilan ovqat yegin. Tartib qoidularni bilmaydigan, farosatsiz, badfe'l ki­shi tartibli kishini ko'rsa boshi gangiydi. Boshqa odam oldi­da turgan narsani cho'zilib oluvchi bo'lma, o'z qarshingga qo'yilganini ol va ye. Zinhor bctoqat va yengiltak bo'lma. Nima olsang tishla, maydalab chayna, issiq oshni og'zing bilan puflama. Kishining ko'ngli bamisoli yupqa shisha bo'ladi, uni juda Ovqatni me'yori bilan ye, ko'p ovqat yema: Ko'p ovqat yeydiganlarning ovqati balo bo'ladi, ovqati balo kishi esa doim dardmand bo'ladi. Issiqlik oshsa, darhol sovuqlik ichib, o'zing engillashtir, sovuqlik oshadigan bo'lsa, issiqlik bilan tuzat. Insonni hayvondan farqlaydigan narsalardan biri - o'z mijoziga qarab ovqat yeyish. Nazar solsang, tabiblar yaxshi aytibdilar: kishi ovqatni oz yesa, salomat bo'ladi.
4. Nonushta. Har bir stul to'g'risiga ikkitadan likopcha qo'yiladi: biri o'rtadagi yahna ovqatlar uchun, ikkinchisi suyuq ovqat keltirilganida kosani qo'yishlari uchun. Birinchi likopchaning o'ng tomoniga qoshiq bilan pichoq chap tomoniga sanchqi qo'yiladi. Birinchi likopchaning ustiga salfetka qo'yilib, shu likopchaning oldi tomoniga bittadan piyola qo'yiladi.
Tushlik. Tushlik dasturxonini tuzaganda har bir meh­mon uchun uchtadan likop qo'yiladi. Biri yahna ovqatlardan solib yeyish uchun, ikkinchisi quyuq issiq ovqat uchun, uchinchisi non, somsa solib qo'yib yeyish uchun. Bunda yahna ovqat likopchasi alohida, quyuq ovqat va non somsa uchun likopchalar ustma-ust qo'yilib, ustiga salfetka taxlanadi. Bir juft qo'yilgan likopchaning o'ng yoniga bukilgan tomonini tepaga qilib ikkita qoshiq (suyuq va quyuq) ovqatlar uchun ikkita pichoq (biri go'sht kesishga biri mevaga) qo'yiladi likopchaning chap yonida esa ikkita biri kattaroq biri kichiqroq sanchqi bo'lsin. Beriladigan ichimliklarning turiga qarab ryumka va fujerlar likopchaning old tomoniga qator qilib teriladi.
Kechki ovqat. Dasturxon xuddi tushlikka tuzalganidek, alohida e'tibor berilishi quyuq-suyuq ovqatlar donga- don, xamirga-xamir bo'lib qolmasin. Masalan: mastava bilan palov, chuchvara bilan manti, qovurma bilan kabob berish xato hisoblanadi. Suyuq ovqat tanowul qilganda kosani chap qo'lga olib, og'izga yaqinlashtirib yoki kosaning o'zidan xo'plab ichish uyat hisoblanadi. Kosa stoldan qo'zg'atilmagan holda ovqatlaniladi ovqatlanish tugagach salfetkani taxlamasdan stol ustida qoldiriladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling