5-amaliy mashg’ulot. Don sifatini baxolash


Download 84.96 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi84.96 Kb.
#1168674
Bog'liq
5-AMALIY MASHG’ULOT. DON SIFATINI BAXOLASH

5-AMALIY MASHG’ULOT. DON SIFATINI BAXOLASH

  • Donning sifat ko’rsatkichlari.
  • Donning sifat ko’rsatkichlariga standart talablar.
  • Donning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.

  •  


Reja:
Ishdan maqsad: Talabalarga donni sifatini baholash tartibi, donga qo’yilgan standart talablar va donnin sifat ko’rsatkichlari bo’yicha amaliy bilimilar berish.
 
G’alla va dukkakli g’alla ekinlarini standartlashning asosiy xususiyatlari.
G’alla va dukkakli g’alla ekinlarini standartlashning asosiy xususiyatlari. G’alla standartlari to’la tarzda odatda beshta qismdan iborat bo’ladi: 1 – ta’rif, 2 – tovar tasnifi, 3 – texnik shartlar, 4 – sifatni aniqlash uslublari, 5 – saqlash va tashish.
G’alla va dukkakli g’alla ekinlarining barcha standartlarida, ekin turi va donining maqsadga mo’ljallanganligidan qat’iy nazar, namlik, ifloslanganlik, zaxarlanganlik, va yaxshi saqlanganlik (rang, xid, ta’m) bo’yicha me’yorlar belgilangan. Aytilgan
ko’rsatkichlar bo’yicha standartlarda bazisli va cheklovchi qonditsiyalar belgilangan. Bazisli qonditsiyalar don uchun xisob-kitoblarga asos qilib olingan. Bazisdan namlik va ifloslanganlik bo’yicha yaxshi tomonga og’ish ro’y berganda don massasiga ustama xaq belgilanadi va aksincha, yomon tomonga og’ish sodir bo’lganda don massasiga belgilangan narxdan chegirma amalga oshiriladi.
Arpa standartlari. Arpa doniga qo’yiladigan talablarni undan foydalanish yo’nalishlariga ko’ra farqlash kuzda tutilgan. Xosilni yigishtirish yoki saqlashdagi noqulay sharoitlar tufayli uz tabIIy rangini yo’qotgan yoki uchlari xiralashgan arpani qabul qilishga yo’l qo’yiladi. Bunday arpa “qoraygan” degan belgi bilan qabul qilinadi.
Yetishtirish mintaqasiga ko’ra arpa naturasi 570 dan 630 g.l atrofida bo’ladi. Joylashtirish, tashish va saqlashda namlikning 4 xolati, begona va don aralashmasi bo’yicha 3, natura bo’yicha 3 toifa farqlanadi.
Arpaning ifloslanganlik xolati Begona aralashma Don aralashma
Toza 2.0 % 2.0 %
Urtacha toza 2.0 - 4.0 % gacha 2.0 - 5.0 % gacha
Ifloslanganlik 4.0 % dan ortiq 5.0 % dan ortiq
Arpaning natura bo’yicha toifalari (g. l)yuqori natura 605 dan ortiq
Urtacha natura 545 dan ortiq
Past natura 545 va undan past
Makkajo’xori standartlari. So’talar yoki don massasi shaklida don qabul qilish korxonalariga kelib tushadi. Makkajo’xori So’talari uramlaridan tozalangan bo’lishi lozim. Uramlaridagi So’talar tarkibi 10% dan oshmasligi darkor.
“Makkajo’xori. Texnik shartlar” standartida rangi va shakliga qarab makkajo’xori doni 9 turga bo’linadi: I– tishsimon sarik, II – tishsimon ok, III – toshsimon sarik, IV toshsimon ok, V- yarimtishsimon sarik, VI – yarimtishsimon ok, VII – yorilayotgan ok, VIII – yorilayotgan sariq, IX - za’faron. Makkajo’xori turiga qarab 3 – 25% miqdorgacha boshqa turlar So’talarining aralashmasi bo’lishga yo’l qo’yiladi.
Yorma sanoati uchun yetkazib beriladigan makkajo’xori III, IV, VI va VII turlarda bo’lishi, un tortish sanoati uchun esa – turlar aralashmasidan tashqari xar qanday tipda bo’lishi mumkin. Oziq-ovqat – konsentrat sanoatiga yetkazib beriladigan makkajo’xori I, II, III, IV turlarda, umumiy ovqatlanish korxonalariga yetkazib beriladigani – III, IV, VII, VIII turlarda, kraxmal shinni sanoati va bolalar uchun oziq-ovqatlar tayyorlash uchun yetkazib beriladigan – I, II, V, VI turlarda bo’lishi lozim.
No’xat standartlari “No’xat. Texnik shartlar” standartiga muvofiq no’xat urug’lari nima uchun mo’ljallanganiga qarab 2 turga bo’linadi: I tur - oziq-ovqat uchun, II tur - yem-xashak uchun. I turdagi no’xat urug’larining rangiga qarab 2 ta kichik turga bo’linadi: 1-tur - xar-xil tusdagi sariq va 2-tur - xar-xil tusdagi yashil.
Navlarning sifati bo’yicha eng qimmatli bo’lgan jamg’ariladigan oziq-ovqat no’xati quyidagicha bo’lishi kerak: sariq no’xatda yashil no’xat aralashmasi yoki yashil
no’xatda sariq no’xat aralashmasi – 2% dan, II turdagi no’xat aralashmasi – 1 % dan, ezilgan yoki o’zining quyishi, kuritilishi natijasida ezilgan, ifloslangan va urug’liq aralashmasiga tegishli mogor bosgan, shuningdek, o’sgan no’xat urug’lari – 1% dan, no’xat don magizlari bilan buzilgan urug’lar - 1% dan ortiq bo’lmasligi kerak.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 84.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling