Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet9/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch ibоralar.

Sanitariya-gigiena, Oila byudjcti,Ma'naviy kamolot,Jismoniy tarbiya.

8- Mavzu : O`qimishli, pokiza,pazanda,hammaga yoqqan kelin bo`lish sirlari.

Reja:


1. Oiladagi saranjom-sarishtalik yoki uy tutish qoidalari.
2.O'zini tutish madaniyati — salomlashish odobi. Muomala madaniyati:
3.Kiyinish madaniyati.
Oiladagi saranjom-sarishtalik yoki uy tutish qoidalari.Dunyoda hech bir xalqda, oilada kelin mavqeiga Sharq xalqlari, xususan o'zbeklarchalik katta o'rin berilmaydi. O'zbeklarda turmushga chiqqan qiz borki, u kelinlikning nozik davrini albatta boshidan kechiradi. Necha-necha asr- lardan beri oila bor. Lekin kelinlikning muayyan bir nomasi yo'q.Har bir kelin o'z peshonasiga bitilgan baxtni ushlab qolishi kerak.
Sara’jom-inrishtalik va oila iqtisodiyotini to'g'ri yuritntnsdan oila farovonligini tusavvur etib bo'lmaydi. Xoh qishloq sharoitidn, xoh shaharda bo'lsin, o'zbek xonadonlarida ertalabdan hayot qaymiydi Tong saharda uyqudan turadilar. Yotgan o'rin-to'shak yig'iladi, yuvinib hovliga suv sepib, supurib-sidiriladi. Qishloq joylarida sigir sog'ilib, sigir-buzoq, qo'y-echkilar dalaga haydaladi. Molxonalar tezda tozalanadi. Ertalabki ro'zg'or ishlari tugagach, nonushtaga o'tiriladi. Xonadon sohiblarining qandayligini ostonadan bilish mumkin, shuning uchun doimo darvoza oldi supuriladi. Hovlidagi tartibsizlik, ekinlarning rejasiz ekilishi, qarovsiz, parvarishsiz, daraxtlar shu hovliga kirgan kishining dilini xira qiladi.
Musulmon xalqiga mansub har bir oilada mehmonlar uchun alohida mehmonxona, bolalar, ota-onalar uchun alohida yotoqxonalar, dam olib suhbatlashadigan umumiy xona, oshxona va qo'shimcha xonalar bo'ladi
Uy tutish qoidalari. Yotoqxona uchun shinam, shov- qin-surondan holi, bahavo xona ajratiladi. Yotoqxonada ko'rpalar, ko'rpachalar alohida, sandiq va quti ustiga did bilan yig'ib, oq choyshablarga o'rab qo'yiladi. Ota-ona uchun alohida, o'g'il bolalar va qiz bolalar uchun alohida- alohida yotoqxonalar bo'lishi lozim. U yerda shkaf bo'lishi zarur. Har bir kishiga yuvib almashtirish uchun ikkitadan choyshab va yostiq g'iloflari bo'lishi kerak. Yotoqxona ortiqcha narsalar, devorlarga osilgan gilamlar, televizor, muzlatgich kabilar bilan to'ldirilmaydi, deraza tokchasiga gul qo'yiladi. Deraza pardalari vaqti-vaqti bilan yuvib dazmollanadi. Ba'zi xonadonlarda "Hech kim kirmaydi-ku" deb o'rin yig'ilmay, kiyim-kechak pala-partish tashlab ketilaveradi. Afsuski, bunday bekalar kelgusi hayotda ularning qiz-o'g'illari xuddi shunday andoza olishlari yoki o'zlari bilan biror kishi kirib kelsa noqulay vaziyatda qolishlarini o'ylamaydilar.Mehmonxona — toza va ozoda bo'lishi kerak. Mehmonxona sharqona bezatilsa, xontaxta atrofiga ko'rpachalar to'shaladi, evropacha usulda esa stol va stullar qo'yiladi. Mehmon kuzatilgach, eshik-derazalar ochilib, havosi toza- lanadi, idishlar yuvilib, dasturxon, sochiqlar yuvib dazmollanib qo'yiladi. Ba'zi mehmonxonalarga kirsangiz, kerakli- keraksiz uy anjomlari va devorda qo'sha-qo'sha gilamlar taxlab tashlangan. Billur chinnilar, qimmatbaho mebellar, xona devorlariga didsiz chizilgan har xil bachkana rasmlar kishining dilini xiralashtiradi. Buyumlar diqqat-e'tiborni tortib, fikrni chalg'itadi.
Oshxona: o'zbek xalqida xonadonga sovchi yoki meh­mon kelsa, awalo oshxonaga e'tibor beradi. Oshxona yo- rug', shinam, shamollatish oson va qo'shni xonalarga yaqin bo'lishi lozim. Oshxona kuniga bir marta tozalanib, yuvib, shamollatib turiladi. U yerda sabzavot va meva po'choqlari uchun va suyak, ovqat qoldiqlari uchun alohida chelak bo'­lishi lozim, idishlar yuvilgach, qaynoq suvda chayiladi. Sanchqi va qoshiqlar artiladi. Sovitgichda esa sariyog', go'sht, sut, taomlar, ho'l mevalar og'zi yopiq holda saq- lanadi.
Maslahatlar: farosatli bo'ling, singan, cheti uchgan idishlarda choy yoki taom keltirmang, hovlini supurish, kir yuvish kabi ishlarni ertalab yoki uyda odam kam paytda bajaring.
"Mehmonga xizmat ko'rsatish, mehmonga borganda e'zoz ko'rish ham bu dunyoning ziynatidir"1.
2. O'zini tutish madaniyati — salomlashish odobi. Muomala madaniyati: Salomlashish, so'rashish, ko'rishish — insonga xos bo'lgan ajoyib fazilat, odamiylikning ko'rki, asrlar davomida tarkib topgan va axloqiy qiyofalardagi normalarni ifodalaydigan belgi hisoblanadi.
Qo'l berib so'rashish tarixi ibtidoiy urug'chilik davrida kelib chiqqanligini etnograf, arxiolog olimlar bunday talqin qilishdi. Ibtidoiy odamlar bir-birlariga duch kelganlarida: "Men seni o'ldirmoqchi emasman, mana qara, qo'limda toshim yo'q" deganday bir-birining qo'lini ushlab qo'yisharkan. Qo'l qisib salomlashish o'shandan meros bo'lib, dunyodagi barcha xalqlarga xos odat tusiga aylanib ketgan. Bundan tashqari, turli xalqlarning o'ziga xos urf-odati, turlicha sharoiti va taraqqiyoti zaminida salomlashishning yana boshqacha shakllari ham tarkib topgan.
Masalan, Evropa xalqlan salomlashganda bosh kiyimlarini echib-kiyib qo'yishadi Buning ma'nosi "Men senga do'st bo'laman, boshimga to'qmoq bilan urmassan", deganidir.
Hindistonliklarda kaftlarini jufllab, peshonasining o'rtasiga tegizib, "Namaste!" so'zini aytishadi Buning ma'no­si: "Bosh omon bo'lsa, hamisha siz bilan birga bo'lamiz", deganidir.
Afg'onistonda esa o'ng qo'lini manglayiga tegizib, ta'zim bajo keltirishadi, bu ham "boshimiz omon bo'lsin" deb istak bildirishidir.
Xitoyda salomlashish "chi-fan-la-lya-ma!" xitobini aytishdan boshlanadi. Ma'nosi: "Sen bugun ovqatlandingmi, qorni to'qmi?" deganidir. Ma'lumki, Xitoy tarixining hamma davrlarida ham aholisining ko'pligi bilan mashhur bo'lgan. Xitoyda qorin to'ydirish doimo muammo bo'lib kelgan, shu sababli hayvonotu o'simlikning barcha turlaridan taom tayyorlash uslublari kelib chiqqan. Qorin och- to'qligini so'rash salomlashishning bir shakli sifatida kelib chiqishining boisi ham shunda.
Tibetliklar salomlashganda bir-biriga qarab tillarini chiqarib iljayishar ekan. Chunki Tibetda kishiga qarab tilini chiqarish o'ziga xos nazokat, ziynat deb tushunilgandan shunday salomlashish urf bo'lgan ekan.
Kelin bo'lish odobi: Biz o'zbeklarning turmush tarzimizda ajoyib udum - kelin bo'lish odobi bor. Bu odob — yangi xonadonda hamisha samimiy va halol bo'lish, rostgo'ylik va o'zini tuta bilish, so'zlashish va muosharat, kuyov xonadonidagi oila a'zolari bilan til topishib ketish, hurmatini qozonish, kamtarlik, saranjom-sarishtalik kabilar.
Momolar, yangalar o'giti "...Kelin bo'ldingiz, umr yo'ldoshingizni jon dildan seving, unga vafodor va sadoqatli bo'ling, kelin bo'lib kelgan kuningizdanoq yangi oilangizni hamma yumushiga aqlingiz, kuchingiz yetganicha qara- shing, mehnatda pishiysiz, qadr topasiz, hurmatli boiasiz. Bilmaganlaringizni o'rganishga intilishingiz ham sizga nis­batan mehr uyg'otadi. Qaynota va qaynonangizni hurmatini joyiga qo'ying".
Har tongda va ko'chadan kelganda salom bering. Mu- omalangiz har qanday sharoitda ham muloyim va e'tiborli bo'lsin, tabassum va mayinlik bilan gapiring. Hamma gapga ham aralashavermang. Keksalar oldida bolalarni urush- mang, kattalar sizni o'ziniki deb biror gap yoki maslahat aytganda, sizga yoqmasa ham burulmang, qosh qovog'ingizni tushurmang.
Hech ham eringizga tik boqmang, zarda qilmang, bo'lar-bo'lmasga gap talashavermang, uni pastga urmang, kamsuqum va mehribon bo'ling, shunday qilingki, umr yo'ldoshingiz sizdan bezib ko'chaga qochmasin.
Xalqimizda "Chiqqan qiz — chig'iriqdan tashqari" degan ibora bor. Oila qurdingizmi, demak shu xonadon sizning uyingiz. Huda-behudaga qizlik uyingizga boravermang, gap tashimang, qo'ni-qo'shniga, qarindosh-urug'ga, dugonalaringizga oilangiz, ro'zg'oringiz, munosabatlaringiz va hokazolar haqida hamma narsani gapirmang, siringizni sirtga chiqarmang. Qo'ni-qo'shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq chehra, aql-farosat bilan muomala qiling...
Salomlashish odobi: ertalab turgach, yuvinib, qayno- ta-qaynona,. oila a'zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, "Yaxshi dam oldingizmi?" degan so'zni aytish bilan boshlash joiz.
Assalomu-alaykum, arabcha so'z bo'lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so'z to'liq aytilishi kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so'zlar ishlatilmasligi kerak.
3. Kiyinish madaniyati. Yaxshi kiyinish ham o'ziga xos san'at hisoblanadi. Yaxshi did, awalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo'ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma'lum sharoitga munosib, kishining mashg'uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo'lishi mumkin.
Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta'biga, didiga mos kiyinish odatining ma'­lum vaqtgacha urf bo'lishi tushuniladi. Moda liboslarning o'zgarishigina bo'lib qolmay, o'ziga xos estetik uslubni qidirib lopish, yurishturish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo'lishi haindir. Moda uzoq larixga ega. Ko'pgina mutaxassislai modaXIV asrda vujudga kelgan deb taxmin qiladilar. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do'ppi, ro'mol, oyoq kiyimi mansi, kavtish, ich kiyiin-ko'ylak, ust kiyim- kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo'lgan. Respublikamiz Iqlimi issiq bo'lganligi bois bizning sha- roitda ayollar uchun eng qulay moda - ko'krak burma va pasti yaxlit bichimli "o'zbekcha" ko'ylak hisoblana­di. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko'krak burma ko'ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o'zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi. Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o'zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o'tib ketsa ham, bu matolardan o'z davriga moslab yarashtirib, xoh o'zbekcha, xoh evropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri to'g'ri kelishi mumkin. To'ladan kel­gan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo'lib tushgan ko'ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg'in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko'ylaklar ki masliklari kerak. Bo'yni uzun ayollar ko'proq yelkalik ko'ylak kiyganlari ma'qul. Bo'yni kalta ayollarga tik yoqali va bo'yin atrofidan o'yilgan ko'ylaklar yarashmaydi.
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo'lishi kerak. Ayollar ko'pincha kiyimlar rangini o'zlarining ko'z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yo'l- yo'l matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Bo'ylamasiga yo'l bo'lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo'y-bastini uzaytirib ko'rsatadi, ularni to'ladan kel­gan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg'in va baland bo'yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma'qul, ko'ndalang, yo'l-yo'l ko'ylaklar qaddi-qomatni to'laroq ko'rsatadi.
Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o'ziga xos ahamiyatga ega. To'q va qora ranglar jussaning to'laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to'laroq ko'r­satadi. Yashil, binafsha, ko'k rang qaddi-qomatni rostlab ko'rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to'la qilib ko'rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo'lishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko'ylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq.' Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo'lishi, ayniqsa ko'ylak-kostyumlar kiyish ko'pdan urf bo'lib ke- ladi.
Orastasiz — farishtasiz: ozodalik, orastalik, pokizalik- ni bir umr o'zingizga hamroh qilsangiz, ishoning, vaqti kelib Farishtalik kelin ekan deganlarini eshitasiz, bu fazilatlar insonga o'ziga ishonch va ruhiy muvozanat baxsh etadi. Parcha-yu kimxoblardan kiyim, zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangizu, birinchi tabassumingizda tishingizni sarig'i ko'rinsa, kishilarning siz haqingizda fikri o'zgaradi. Eng so'nggi moda bilan kiyinsangizu, sochlaringiz to'- zib yotgan bo'lsa, hech qachon sizni orasta deyishmaydi. Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar kir badanni yashira olmaydi. Xuddi shunga o'xshab yuvilmagan yuzingizga qancha oro berib, ustalik bilan qancha pardoz qilmang, teringizning tozamasligi bilinib turadi.
Kelinlik liboslari. Kelinning odobi, uning o'zligi, borligini namoyon etadigan tomonlardan biri, uning garderobi, ya'ni kiyinishidir. Qizlik paytingizda uch-to'rt ko'ylakni yuvib, dazmollab o'qishga, ishga kiyasizu, keyin birdaniga ikki yoqdan bir necha o'n sidra sarpolik bo'lib qolasiz. Borini bordek ko'rsatish, kamini yashirib, sevinib yurish sizning qo'lingizda. Ko'pni ko'rgan qaynonangizni yoki qaynsinglingizni yordamga chaqirsangiz ham bo'ladi. Bi­rinchi navbatda ikki tomon sarpolarini qishligini-qishlikka, yozligini-yozlikka ajratiladi. Keyin kiyimlar yana qishligi- qishlikka, uyligi-uylikka ajratiladi. O'z navbatida, ular yana sarxillanadi, masalan: kishiliklar ichidan atoqlik mehmonga kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to'y-xashamlar) shifone- ringizning to'riga chiroyli qilib ilib qo'ying. Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra saralanadi. Masalan: mehmon kelganda kiyiladiganlari alohida osiladi. Mavsumga qarab ertalab, peshinda, kechqurun kiyiladigan­lari, bayram-hayitlarda kiyiladiganlari, ajratiladi. Ayrimlar kelinlar doimo yasanib yurishlari kerak, tez-tez kiyim almashtirishi kerak deb bir yilga qolmay barcha kelinlik liboslari ohorini to'kib kir (og'orada chiritadi. Ertalab hovli supurganda uy yig'ishtirgandn sun'iy maiodan to'qilgan ko'ylak lozim kiygan tna'qul Yuvganda aynimaydi. No- nushtani tayyorlab bo'lgach ic/da boshqa libosingizni kiyib chiqing. Choydan so'ng ish yoki o'qishga ketasiz bunday joylarga yaltirog'i yo'q kiyimlaringizni kiying.
Kelinman deb bosh oyoq yaltiroq kiyganlar boshqalar diqqatini tortadi xolos. Tungi kiyimlaringizni alohida tortmaga taxlab qo'ying. Yana bir nozik masala ayrim kelinlarning xonasi egasi ko'chib ketgan uyga o'xshaydi. Hamma joyda kiyim, lozim, ko'ylak, xalat. Divanda er kiyimi, stulda xalat, krovatda ro'mol-u ko'ylak. Nima turlanish kerak ekan deb kiyimni duch kelgan yerga uloqtirib, boshqasini kiyib ketaverish kerakmi?
Zeb-ziynatning, taqinchoqning o'ziga yarasha ma'naviy yuki, o'ziga yarasha ma'naviy qadriyati, tarbiyaviy ahamiyati bor. Taqinchoqlar xilini xiliga, rangini rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi. Bu taqinchoqlar balki un- cha qimmat ham bo'lmas ularning bezagi kiygan libos bilan uyg'unlashib, go'zal ansambl tashkil etadi. Deylik qulog'ingizda yoqut ko'zli zirak, qo'lingizda fionet ko'zli nikoh uzugi, yoniga feruza ko'zli uzukni taqib oldingiz, oq choynakka ko'k qopqoq yarashmagani misol, bu ishingiz ko'zga yaqqol tashlanadi. Did bilan kiyining. "Kelinlarning yal-yal yonib, xonadonni to'ldirib yurishi, bu dunyoning ziynatidir".1
Kir yuvish ham bir san'at: uni idrok bilan, o'quv bilan o'rgangan kelin orasta nomini olishi turgan gap. Cochiqni ko'ylak-shimlarga, bolaning egnini kattalar kiyimiga aralashtirmaydi. Menga qolsa, avvalo kir to'playdigan odatni tashlash kerak. Almashtirishga kiyim ham, o'rinbosh anjomlari ham, sochiqlar ham, yetarliku deb tushgan kirni tog'oraga bosib, unniqtirib, mog'or bostirib oyda ikki marta kir yuvishga odatlanmaslik kerak. 15 kun tog'arada yotgan kirning ham egasiga zarda qilgandek, yuvilishi, toza bo'­lishi ancha qiyin. Pesh tushgan kirni pesh yuvib, dazmollab, joyiga qo'ysangiz o'zingizning dilingiz ravshan tortadi. Bordi-yu biron sabab bo'lib, kiringiz yig'ilib, yuvilmay qolsa, bir boshdan ularni sarxillab oling. Dasturxonlarni alohida ajratib olib, ularni birinchi navbatda yuving. Keyingi navbatda kir mashinaga g'iloflarni, choyshablarni soling. Erkaklarning oq ko'ylaklarini mashinada yuvmaganingiz ma'qul. Chunki aksariyat ularning yoqalari va yeng uchlari kir bo'ladi. Bunday ko'ylaklarni tog'ara- ga ozgina poroshok sepib, o'n-o'n besh daqiqa ivitib qo'ying. Keyin yoqa va yenglarini tozalab ishqab, hamma- sini bir —ikki mijig'lab olsangiz, top-toza bo'ladi. Esingizda bo'lsin yuz-qo'l artadigan sochiqlarni alohida yuvganingiz ma'qul. Mashina aylanganda ulardan mayda oq iplar — tolachalar ajralib chiqadi, suvim hali toza-ku deb, sochiqlardan keyin solgan narsa toza bo'ladi-yu lekin boyagi a ralgan oq tolachalar ularga ilashib sizga ish ko'payadi, kir yuvish jarayonida kirlarning rangiga qarab ajratib olsangiz birining rangi biriga o'tib tuzatib bo'lmas xatoga yo'l qo'ymaysiz. Shu tariqa biridan biriga o'tgan rangni ketkazish amri mahol. Kattalar, kir yuvishda eng muhimi uni toza chayish deyishadi. Shuningdek, yuvgan kiringizni qayta-qayta chayib yuvishga suv o'tishi qiyin bo'lgan yerlarini ishqalab ag'darib odatlaning. Sovun hidi sezilmasin.
Dogiarni ketkazish. Kiyimga yog' tomgan bo'lsa, dog' ustiga doka yoki qog'oz qo'yib, ustidan qizigan dazmol yengilgina yurgizilsa, dog' ketadi. Agar bir martada ketma- sa, ikki-uch marta qaytarish lozim. Benzin bir parcha bo'zga shimdirilib, yog' tekkan joyga surtilsa ham yog' ketadi. Qora moy dog'lari. Bu dog'larning matoga singmagan yuqori qismi qirib tashlanib, qolganiga sariyog' yoki paxta yog'i surtiladi, shundan so'ng sovun ila yuvilgach, oson ketadi. Siyoh yoki zang dog'larni ho'llab ustiga kislota tuzi sepiladi va qaynoq suv bug'iga tutib turiladi, dog' ketadi, ketmasa o'sha yer suv bilan yaxshilab yuviladi. Meva dog'lari: dog' tekkan yerni ho'llab bir idishda ozgina oltin- gugurt yondirilib, tutuniga dog'li joy tutiladi, dog' ketar- ketmas o'sha joy ko'p suv bilan yuviladi. Bundan tashqari xlorli eritmaga kirlarning dog'li yerlarini sochib, so'ngra 6 minutdan so'ng mo'l suv bilan yuvish lozim. Sirka, limon suvi kabilarning dog'lari ular mato tusini o'zgartirib yubo- radi, uni sovunli suv bilan yuviladi yoki ko'proq suv qo'shil- gan nashatir spirti bilan tozalanadi.
Dasturxon tuzash. O'zbekcha dasturxon tuzashning o'ziga xosligi shundaki, mehmonlarga mo'ljallangan ovqatlarning (issiq ovqatlardan tashqari) barchasi dasturxonga qo'yilgan bo'ladi. Stolning o'rta qismiga qator qilib laganda yaxna ovqatlar, nonlar, likoplarda shirinliklar, quruq mevalar joylashtiriladi. Mevalar vazalarga assorti qilib tuzaladi va dasturxon o'rtasiga qator qilib oralig'i bir xil masofada joylashtiriladi.
Dasturxonga qo'yilgan har bir ovqat shunday joylashtirilsinki, mehmonlar o'rinlaridan qo'zg'almasidan bemalol oladigan bolsin. Suyuq ovqatlar kosalarda tortiladi. Ziyofat tugashiga 1 soat qolganida quyuq ovqatlar laganlarda yoki har bir mehmon uchun alohida idishlarda tortiladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling