Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet5/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch ibоralar.
Mехnat kоdеksi, Ayol, оna va bоla, sоg’lоm оna, bola tarbiyasi, bola tarbiyasida ota- onaning o’rni.

4-Mavzu :O'zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni.
Reja:
1. Turli oilalarda munosabatlarning farqlanishi:
2. Rossiya, Ukraina, Boltiqbo'yi davlatlarida axloqiy tarbiyaning saviyasi.
3.oilada axloqiy tarbiyaning shakllanishi.

"O'z-bekistonda nikohdano'tishdarajasiyuqorivaengmuhimi, oilalarningbuzilishiengpastdarajada"l.A.Karimov "O'z­bekiston XXI asr bo'sag'asida" kitobida ta'kidlaydi yurtboshimiz.


Sharqda oilaviy munosabatlar odob-axloq milliy, umuminsoniy qadriyatlar, diniy mezonlarga asoslanadi.
Bunday oilalarda yangilikni qabul qilishda katta, o'rta va yosh avlodlar bir-biridan farq qiladilar. Yoshlarning mustaqilligi cheklanadi. Zamonaviy oilalarga xos ikkinchi xususiyat uning nuklearligidir — er-xotin va bolalardan iborat bo'lib, qaynona-kelin nizolari kamroq bo'ladi.
Turli oilalarda munosabatlarning farqlanishi:

    1. "Demokratik" toifa. Oila a'zolarining barchasiga katta huquq va erk beradi, nisbatan tenglik hukm suradi. Har bir shaxs izzat-hurmat qilinadi. Zamon ruhiga mos fazilatlar shakllantiriladi. Oila boshlig'i bo'lgan ota-onaning diqqat e'tibori farzandlariga yuksak axloq me'yorlari va qoidalarini singdirish qaratiladi.

    2. "Avtoritar" obro'talab toifa. Ota-onaning obro'si yetakchi rol o'ynaydi, oila a'zolarining mustaqilligi, erkinligi, tashabbuskorligi o'z ahamiyatini yo'qotadi, ularning yu- rish-turishi kattalar tomonidan cheklab qo'yiladi, natijada o'zaro mehr-oqibat pasayadi.

    3. "Liberal" toifa. Oila doirasida murosasozlik, ko'ngilchanlik xislatlari hukm surib, bu xislatlar yosh avlodda munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchilik illatlarini tarkib toptiradi.

    4. "Anormal" tip. Oila a'zolaridan biri ichuvchi, alkogol, giyohvand, bangi bo'ladi. Bu holda oila a'zolarining o'zaro munosabatlari oila muhitini larzaga keltiradi va yosh avlod tarbiyasida salbiy iz qoldiradi. Bolalar juda qo'rqoq, asabiy yoki hech narsadan tab tort mas, axloqsiz bo'lib o'sadilar. Ularda ruhiy kasalliklar ko'p uchraydi. Nazoratsiz qolgan bolalar ko'cha muhitining salbiy ta'siriga tushib qoladi, fe'l-atvorida salbiy illatlar shakllanadi. Oqibatda bunday yoshlarda yengil, mehnatsiz yashashga moyillik, ichish va chekish kabi yaramas odatlar shakllanadi.

Ayrim yosh kelin-kuyovlar xayol erkinligini o'zlaricha tushunib, nuklear oila sharoitining qulayligidan foydalanib, biri ikkinchisiga xiyonat qiladi, oqibatda bu oila buzilishiga olib keladi.
Ayrim yoshlar ota-onasidan xabar olishni unutib, o'z farzandlik burchini bajarmaydilar.Mezalyans oilalarning ko'payishi ham ijobiy holdir.Masalan, shaharliklar bilan qishloqliklar, ishchi-dehqon hamda ziyolilar, turli millat kishilari orasidagi nikohni tushunish mumkin.
3. Rossiya, Ukraina, Boltiqbo'yi davlatlarida axloqiy tarbiyaning saviyasi. Oilada to'g'ri olib borilgan axloqiy tarbiya yoshlaming keyingi hayotiga ko'rsatuvchi ta'sirlarni bilish juda muhimdir.
Chunonchi, er-xotinning axloq-odobli bo'lishi, jinsiy tarbiya borasida nikohida bo'lgan odam bilangina jinsiy ya- qinlik qilishni, jinsiy buzuqlik tanosil kasalliklari tarqalishini olib kelishi, ijtimoiy gigienik nuqtai nazardan abort qildirishni o'z ichiga oladi.Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin fuqa­rolaming tijorat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga erkin chiqib kelishi natijasida ayrim ayollarning yengiltakligi, yengil hayot kechirishga moyilligi tufayli fohishabozlik, tanosil kasalliklar, nikohdan tashqari bola tug'ilishi kabi hodisalar- ning ro'y berish holatlari uchramoqda.
Buning sababi Ovrupadagi ko'plab mamlakatda, jumladan Rossiyada, ayrim yoshlar erkak va ayol o'rtasidagi jin­siy aloqalarning mohiyati va maqsadi, oila qurishning mas'uliyati haqida diniy va milliy qadriyatlarni mensimay, e'tiborga olmay qoldilar. Agar yoshlar shu yo'Idan boraversalar, vaqti kelib ularning jinsiy ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan hayvoniy hirslar va ehtiroslarning hech qanday qonunlar va axloqiy mezonlar bilan cheklab bo'lmay qoladi.
Quyidagi raqamlar fikrimizning dalilidir. 1993 yilda Moskva va Sankt-Peterburg maktablarida o'qiydigan yoshi hali 16 ga yetmagan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jinsiy aloqaga munosabat masalasida so'rovnoma o'tkazilgan.
So'rov varaqasini to'ldirgan o'g'il bolalarning 38%, qizlaming 25% 16 yoshga yetmay jinsiy aloqada bo'lganligini tan olgan.
1995 yil o'tkazilgan so'rovda esa 16 yoshga yetmagan o'g'il bolalarning 50%, qizlaming 33% jinsiy aloqada bo'lganligi aniqlangan. 1997 yilda o'tkazilgan so'rovda 16 yoshga yetmagan o'g'il bolalarning jinsiy aloqada bo'lganlari otalariga nisbatan uch marta, qizlarda esa onalariga nisbatan 5-6 marta ko'p jinsiy aloqada bolganlar.
Bu ko'rsatkichni hozirgi kunda qanday ekanligini tasawur qilishimiz mumkin.
Demak, balog'atga yetmagan yoshlar o'z ota-onalariga nisbatan jinsiy aloqani juda erta boshlaganlar.Ulardan jinsiy aloqa oila qurish, farzand ko'rish singari maqsadlari bilan bogianmagan. So'rov varaqasini to'ldirgan qizlaming 50% dan ko'prog'i bir yoki ikki hafta oldin topishgan, yoxud umrida birinchi marta ko'rgan kishisi bilan jinsiy aloqada bo'lganligini e'tirof etishgan. Natijada Rossiyada 1992-1997 yillar orasida 16 yoshgacha bo'lgan yoshlaming venerik kasalliklarga chalinishi 51 marta oshgan.
Oila barqarorligiga salbiy ta'sir etadigan bunday holatlar dunyoning boshqa mamlakatlarida ham kopaymoqda.
Farzandlarni or-nomusli, xayoli, iffatli qilib tarbiyalash kerak, toki ular turmush qurganlarida ota-onalarining yuzlarini yerga qaratmasin.Ota-onalar, o'z farzandlariga nikoh muqaddas narsa ekanini, faqat nikohdan o'tib, o'z izzat-hurmati bilan iffatini, nomusini saqlagan holda tuzil- gan oilagina baxtli bo'lishini tushuntirishimiz lozim.
Kishilar oiladan tashqarida ham jinsiy hayot kechirishlari mumkin. Biroq bunday hayot muntazam va to'la- qonli bo'lmaydi. U hamisha tasodifiy va tahlikali bo'ladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling