Oila, mahalla, maktab hamkorligi
Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
Download 68.15 Kb.
|
Oila, mahalla, maktab hamkorligi
Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‗lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi kunda ta‘lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgan hozirgi kunda mehnat tarbiyasida yoshlarni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash ishiga katta e‘tibor berilmoqda. Chunki mehnat kelajak avlodni aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan tarbiyalaydi, ularning dunyoqarashini hamda mustahkam iroda sifatlarini shakllantiradi. Irodaviy sifatlarni tarbiyalash, ularga mehnat ko‗nikmalarini singdirish g‗oyat murakkab jarayon hisoblanadi. O‗quvchilar mehnat tarbiyasini tashkil etishda maktabning roli qanchalik katta ahamiyatga ega bo‗lmasin, oila, mahalla hamkorligisiz bu ishni muvaffaqiyatli hal etib bo‗lmaydi. Zero, oila birinchi tarbiya o‗chog‗i, birinchi muallim, bolaning mehnatga layoqatini, qobiliyatini, ijtimoiy qiziqishini uyg‗otadigan dastlabki tarbiya maskani bo‗lsa, mahalla uni rivojlanishi, ranaq topishi uchun muhit hisoblandi. Bolaga mehnat tarbiyasini berishda sog‗lom oilaviy muhit, ota-onalarning shaxsiy namunasi, mehnatga munosabatlari, mehnat ahliga bo‗lgan mehr oqibatlari, tinch-totuv mahalla, mehribon qo‗shnilar ham muhimdir. Bolada mehnat faoliyatiga qiziqish va extiyoj ancha barvaqt shakllanadi. Ota yoki ona farzandining xarakter-xususiyatini, qiziqishini hisobga olib, yoshligidan mehnat tarbiyasini berib boradi. Bolalarni o‗z-o‗ziga xizmat qilishga odatlantirishda harakatlarni tushuntirish va ko‗rsatishdan ko‗proq foydalanish kerak. Kichik yoshidanoq har bir bola mehnatda ishtirok etsa, o‗z-o‗ziga xizmat qilsa, ya‘ni kiyinish, ovqatlangandan so‗ng yig‗ishtirish, chang artish, oyoq kiyimlarni taxlash, gullarga suv quyish va boshqa uncha qiyin bo‗lmagan yoki xususiyatiga mos keladigan ishlarni muntazam bajarsa, mehnat bolaga tarbiyaviy ta‘sir etadi. Bularning barchasiga oilada asos solingan bo‗lsa, mahalla faoliyatida shakllanadi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‗tkaziladigan turli mashg‗ulotlar orqali bolalar o‗z oldiga maqsad qo‗yish, ish jarayonini rejalashtirish, materialdan oqilona foydalanish, ishning maqsadiga muvofiq usullarni qo‗llash malakasini o‗stiradilar. 6-7- yoshdagi bolalarga nisbatan chaqqonlik, harakatlardagi aniqlik va tezlik, materialni moslash, murakkab holatdan mustaqil chiqa olish ko‗nikmasi rivojlanadi. Bularning barchasi kelgusida umumta‘lim maktablarida ijodiy faoliyat asoslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, umumta‘lim fanlari qatori mehnat ta‘limi darslarida bu jarayon uzviyligi va uzluksizligi ta‘minlangan holda davom etib, o‗sib kelayotgan yosh avlodni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‗nikma va malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o‗rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarni amalga oshirishdan iboratdir. O‗quvchilar o‗z qobiliyati va qiziqishi asosida kasb tanlab, ta‘limning keyingi bosqichlarida o‗qishni davom ettirib, kelajakda jamiyat manfaati uchun foyda keltiradigan shaxs bo‗lib yetishadi. ―Fonologiyaning til tovushlar tizimini o‗rganishda ilmiy jihatdan yondashishi nutqiy jarayonlarni sintaktik qonuniyatlar nuqtai nazaridan o‗rganishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu fonologiyaning ham tarkibiy qismini tashkil etadi. So‗zning fonetik shakli faqat talaffuz jarayonidagina yaqqol ko‗zga tashlanadi.‖ deb ko‗rsatadi. 3 3 Igor de Rachewiltz va Volker Rybatzki . Xung Chin Introduction to Altaic Philology 2013/ p. Mehnatga doir mashg‗ulotlarda bolalar qog‗oz va karton, turli va tabiiy materiallar, tolali va gazlama, loy va plastilin bilan ishlash bo‗limlarida ko‗pgina ajoyib turli tuman o‗yinchoqlar, tabriknomalar, ertak qahramonlarini qurish-yasashni o‗rgansalar, o‗rta va yuqori (5-9-sinf) sinflarda yog‗ochga, metallga, gazlamaga ishlov berish texnologiyalari asosida uy-ro‗zg‗or buyumlarini yasaydilar, mebellarni ta‘mirlaydilar, turli xil kiyim-kechak, buyumlar bichib, tikadilar, kichik hajmdagi buyumlarni to‗qiydilar, turli tuman suvenerlar yasaydilar, pazandachilik asoslari bo‗limida milliy va jahon taomlarini texnologiya asosida pishirishni, salat tayyorlashni hamda dasturxonga tortish, bayram kechalarga dasturxon tuzashni, qishloq xo‗jalik asoslari yo‗nalishi bo‗yicha o‗simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish yo‗llarini o‗rganish bilan ularning umummehnat ko‗nikmalarini rivojlantirishda ma‘naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlari shakllanadi. Biroq asosiy vaqtini oila va mahallada o‗tkazishi hech kimga sir emas albatta. Shunday ekan, oila, mahalla va maktab hamkorlikdagi faoliyati hozirgi kunda barkamol avlod tarbiyaning asosi bo‗lib hisoblanmoqda. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda MTT oila, maktab va mahalla hamkorligida bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda samarali va tizimli ishlar olib borish zarur. Unutmasligimiz kerakki, oila jamiyat bo‗lagi, tarbiya va ta‘limning ilk qadami oiladan boshlanadi. Demak, farzandning kelajagi, uning ravnaqi, o‗zi tanlagan kasb-hunarni egallashiga bo‗lgan qiziqishi oilada shakllanadi, rivojlanadi. Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida shuni qiyosiy tarzda aytmoqchimizki, oila ona tuproq, farzand nihol bo‗lsa, ta‘lim maskani va mahalla uning ozuqa manbaidir. Download 68.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling