Oila, mahalla va maktab hamkorligida
Download 17.47 Kb.
|
Oila, mahalla va maktab hamkorligida 2010
Oila, mahalla va maktab hamkorligida bolalarni tarbiyalash. Moddiy va ma'naviy ne'matlar faqat orzu istaklar bilangina qo'lga kiritilmaydi. Dunyo ne'matlaridan bahramand bo'lish uchun odam ko'p mehnat qilishi, shuningdek mehnat qoidalariga rioya etishi lozim. Buni hayot yoki turmushning o'zi belgilab beradi. Odam bolasi dunyoga kelibdiki, u oila saltanatida tarbiya topadi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, yurtimizda har bir inson uchun Vatan tushunchasi oiladan boshlanadi. Jamiyatning dunyoviy, diniy, ruhiy asoslari, yer-suvni avaylab-asrash, jamoa bo'lib yashash, qarindoshlik rishtalari, quda-andachilik odoblari, mehnat ko'nikmalari, sabr-bardosh, diyonat, andisha singari bebaho fazilatlar oilada shakllanadi. O'zbek oilalarining o'ziga xos yozilmagan ichki qonun-qoidalari, axloqiy mezonlari bor. O'zbeklar xonadonida bolalar dasturxon atrofida kattalarning suvga tupurma, non ustiga narsa qo'yma, tuzni xor qilma, yoshi ulug'larning yo'lini to'sib o'tma, ota-onangning gapini qaytarma, g'arib-notavonlar ustidan kulma, odamlarga orqangni o'girma, hayvonlarning boshiga urma, bo'sh beshikni tebratma, marhumning uyidan chiqib birovnikiga borma, qarindoshlaring bilan aloqangni uzma, keraksiz joyda gapirib, keyin izza bo'lib yurma, singari hikmatlarni bolaligidan eshitib ulg'ayishlari kerak. O'ylab ko'raylik-chi, mana shu hikmatlarni bolalarimizga o'rgatganmizmi yoki o'zimiz bilamizmi? O'zbek xonadonida oila sohiblari ertalab o'rinlaridan barvaqt turishlari shart, yuz-qo'lini yuvmasdan hol-ahvol so'ralmaydi, kichiklar kattalarga salom beradilar, qizlar, kelinlar ko'cha va hovlini supurib, suv sepib qo'yadilar. Dasturxonga birinchi bo'lib oilaning kattasi qo'l uradi, tabarruk nonni ham u sindirishi kerak. Bugun bizning oilalarimizda yuqoridagi qoidalarni qanday bajaryapmiz? Televizorda berilayotgan teleseriallar yoki DVD disklaridagi kinofilmlar bizni dasturxon atrofiga to'playaptimi? Biz kattalar ba'zan seriallarni ko'rib olgunimizcha bolalarni ko'chaga chiqarib yuboryapmiz, uning darslariga ko'maklashish o'rniga po'pisa qilib, ish buyuramiz. Shu bois farzandlarimizda o'qishga yoki jamoat ishlariga qiziqishlari yo'qolmayaptimikin? Yoshlar tarbiyasida mana shularga e'tibor berishimiz kerak, albatta. Qadimiy odatlarimizda yigit va qizning unashtirilishidan tortib, asal oyi (ya'ni chillasi) o'tguncha har xil udumlarga amal qilingan. Jumladan, unashtirish huquqi faqat bir nikohli, oilasi bilan inoq yashayotgan mo'ysafidga ishonib topshirilgan. Kelinchakning chimildig'ini ham faqat bir nikohli, uvali-juvali, obro'-e'tiborli ayol yig'ishtirgan. Bularning barchasi oilaga muqaddas nazar bilan munosabatda bo'lish belgisidir. Ammo hozirgi kunda kelin va kuyov topuvchi, sep yig'uvchi, o'rtachi odamlar ko'payib bormoqdaki, ularning ba'zilari azaliy udumlarimizdan butunlay bexabardirlar. Kelin oluvchilar: "Falonchi juda gapdon, ishni tez bitiradi", deya ko'ringan odamni sovchilikka jo'nataverishadi. Uning odob-axloqi, tag-tugi bilan ishi bo'lmaydi. Buyukligini bugungi kunda ham jahon tan olayotgan bobomiz Abu Rayhon Beruniy turmushga chiqayotgan qiziga: "Qizim, eringga cho'ri bo'l, agar sen cho'ri bo'lsang, u senga qul bo'ladi", deb bejiz nasihat qilmagan bo'lsalar kerak. Yaqinginada bugungi davrimizning ijodkor onaxoni, sevimli shoiramiz Tursunoy Sodiqova oila haqida ma'ruza qilar ekan: "Qizim, sen kelin bo'lib tushgan oilaning itini ham sizla", deya uqtiradi. Xo'sh, "sizlab" gapirsa hech kimning biron yeri kamayib qolmaydi-ku, aksincha hurmati ortadi, xolos. Jamiyatimiz istiqbolini, mamlakatimiz taqdirini o'ylar ekanmiz eng avvalo oila bilan bog'liq muammolarni yechishimiz kerak. Chunki oila shu ona zaminning tarkibiy qismi, vatan ichra Vatandir. Maktabgacha tarbiya muassasalari hamda umumiy o‘rta-ta’lim maktablarida huquqiy ta’lim va tarbiyani samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida tegishli o‘quv dasturlari va uslubiy tavsiyanomalar izchil joriy etilmoqda. Pedagoglar va tarbiyachilarning malakasi oshirilyapti. Bularning barchasi o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni, qonunga hurmat va huquqiy e’tiqodni shakllantirishga xizmat qilayotir Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 42 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Yosh avlodni Vatanga va jamiyatga sadoqatli farzandlar qilib tarbiyalash bugunning eng dolzarb vazifasidir - Oilaviy muhit, ota-onaning ma`naviy darajasi, dunyoqarashi, o‘zgalarga munosabati bolani mushohada qilishga undaydigan hayotiy jarayondir. Agar ota bilimli, mehribon, xonadoniga jonkuyar, o‘z sohasiga fidoyi bo‘lsa, ona ham xushmuomala, saranjom-sarishta, o‘zaro munosabatlarda hurmat va ehtirom balqib tursa - bunday oilada hayotga sog‘lom nazar bilan qaraydigan ma`naviy yetuk farzandlar kamol topadi. Bola tarbiyasi - butun jamiyatning ishi, ayni paytda, har bir fuqaroning burchidir. Shu bois, xalqimizning azaliy an`analaridan, milliy ruhiyatidan kelib chiqqan holda, tarbiyaning «oila-maktab-mahalla» tamoyilini hayotga keng tatbiq etish yuzasidan izchil sa`y-harakatlar olib borilmoqda. Chunki bola oilada kamol topadi, maktabda ta`lim-tarbiya oladi, mahalla bag‘rida o‘sib-ulg‘ayadi. Bola oilada to‘g‘ri tarbiya olsa, maktabda namunali o‘quvchiga aylanadi, mahallada boshqalarga ibrat bo‘ladi. Albatta, unda o‘z-o‘zidan huquqiy ong, huquqiy madaniyat ham shakllanib boradi. Farzandlari barkamol, yoshlari bilimdon va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayadigan davlat qudratli, xalq esa kuchlidir Oilaning, ota-onaning farzandlar oldida obro‘si, nufuzi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ta`sir kuchi ham shunchalik yuksak bo‘ladi. Bu fikrni ota-onaning lavozimi, boyligi bilan bog‘lamaslik kerak. Zero, ular kim bo‘lishidan qat`i nazar, ota-ona degan yuksak nomning egasi, bolalar nazarida eng baland maqomdagi insonlardir. www.UzReferat.ucoz.net Download 17.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling