Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi


Download 483.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana30.10.2023
Hajmi483.21 Kb.
#1735148
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 amaliy



Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi va jahon tarbiyaviy konsepsiyalari 
namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. “Oila, mahalla va ta’lim 
muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasi
Reja: 
1. Milliy tarbiya konsepsiyasi va jahon tarbiyaviy konsepsiyalari 
namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. 
2. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" 
Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
3. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz 
mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha 
yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni 
tubdan halos etish
, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob 
beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston 
Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va 
risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib 
bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ 
Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi 
va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. 
Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha 
mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston 
mustaqillikka 
erishgach
, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda 
yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va 
milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi 
chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, 
mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. 
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. 
Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.


Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning 
asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo 
najot – 
yo halokat
, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu 
so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz 
mumkin. 
2.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-
tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash 
sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish 
haqida bahs yuritadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o’rganish obyektini esa 
ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy 
ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Tarbiya - yosh avlodni 
har tamonlama voyaga yetkazish
, unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, 
shaxsni aqliy 
,jismoniy, 
ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda 
yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning 
jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va 
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. 
3.Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kuntalabiga 
javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu 
o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining 
pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. O’zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan 
iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga 
yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – 
tashkiliy
, tarbiyaviy ishlar amalga 
oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga 
takomillashib bormoqda. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni 
ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy 


merosimizga
, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli 
shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga 
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ; 
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, 
ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ; 
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida 
ijodiy foydalanish 

- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini 
kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; 
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy 
rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy 
ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin 
tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir 
qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi. 
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama 
kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish 
zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy 
ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir. 
TOPSHIRIQ № 1 
- Tarbiya haqida ma’lumot bering. 
- Tarbiya jarayoniga berilgan ta’rifni tahlil qiling. 
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani qaysi fanlar bilan aloqada. 
-Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong 
va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , 
jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning 
jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib 
toptirishning jarayonlaridir. 


-Tarbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba 
bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb 
etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib 
ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman 
yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin. 
- Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya 
berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy 
qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos 
bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs 
tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa 
fani bilan bog’liqdir.SHuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga 
olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti
UZLUKSIZ MА’NАVIY TАRBIYA – MILLIY YUKSАLISH KАFOLАTI
Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida maʼnaviy tanazzulning asosiy omillari 
bo‘yicha qator izlanishlar olib bormoqda. Lekin bularning ichida eʼtiborsizdek 
tuyiladigan, biroq oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, yaʼni oilada 
farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik illati millatning maʼnaviy tannazulining asosi, desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Oilada farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini 
oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 
Qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidga qarshi samarali 
g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi qo‘yildi. 
Yuqoridagi masalani nechog‘lik xavotirli va dolzarbligi to‘g‘risidagi 
mulohazalarni asoslashda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan 
bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil 
qilish, baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga 
taʼsirini o‘rganish va zarur maqsadli va manzilli tavsiyalar ishlab chiqishga 
qaratilgan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini aniqlash va manzilli 
sog‘lomlashtirish metodikasi” hamda “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” 


asosida joylarda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin. 
Jumladan, mazkur tashxis ishlarida aholi orasida Ota-onalarning farzandiga yaxshi 
tarbiya berishi uchun nima xalaqit berayapti deb o‘ylaysiz? deb berilgan savolga 
Navoiy (60%), Jizzax (57,4%), Sirdaryo (57%), Samarqand (53%), Buxoro (44%) 
viloyati hamda Toshkent shahrida (50%) “ota-onalar tarbiya metodlarini bilmaydi 
va tarbiyadagi oilaning masʼuliyatini anglamasligi” deb javob berishgan, bu 
ko‘rsatkichlar ota-onalarning farzand tarbiyasiga eʼtibor borasida masalani jiddiy 
o‘ylab ko‘rishlarini taqazo qiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-
avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning 
malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish 
masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida taʼlim va tarbiyaning 
ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod 
tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak 
masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu 
butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, 
odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida taʼkidladi.
Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida 
amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq-
yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari 
kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng 
muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shunday bir vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-
maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi 2019-yil 3- maydagi PQ 4307-sonli qarori ijrosini taʼminlash, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-
dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga 
oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorining chiqishi bu millat 
kelajagi, millat maʼnaviy taraqqiyoti uchun bir o‘ziga hos tarixiy voqelik bo‘ldi. 


Mazkur konsepsiya 8 ta bob va maʼnaviy tarbiyaning uzluksizligini taʼminlashga 
qaratilgan 61 ta maqsadli va manzilli tadbirlar rejasidan iborat bo‘lib, uning amalga 
oshirilishi 4 bosqichdan iborat bo‘ladi. 
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasining asosi milliy tarbiyamiz, Unsur 
Ul Maoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Аbu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, 
Аlisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Аbu Nasr Farobiy, Аbdulla Аvloniy, 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Аbdurauf Fitrat kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning 
maʼnaviy-ilmiy merosiga asoslangan. Аyni vaqtda dunyoning rivojlangan davlatlari 
tajribasida sinovdan o‘tgan zamonaviy tarbiya texnologiyalaridan foydalanish 
Konsepsiyaning zamon bilan hamnafasligiga xizmat qiladi. 
“Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat 
masalasidur”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk darg‘asi Аbdulla Аvloniy. 
Konsepsiya ana shu hikmatga hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy 
yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy 
immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, 
innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich 
rivojlantirib boriladi. Voyaga yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu 
fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham 
baxtli, farovon qiladi.
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasi o‘zida dunyo pedagogik tajribasi va 
yutuqlarini mujassam etganligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining 
tarbiyaviy tavsiyalari, АQSh tajribasidan shaxs erkinligi, tadbirkorlik, 
muvaffaqiyatga erishishga intilish, Janubiy Koreyada yoshlar ongiga urf-odatlar, 
axloqiy ideallarni singdirish, Yaponiyaning “xarakterni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan taʼlim”, Xitoyning yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik va ishonchlilik 
kabi fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik tajribalari o‘rganilgan.
Konsepsiyada O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-
texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar, 
fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila, 


maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim 
muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni yangi darajaga 
ko‘tariladi.
Konsepsiya oldiga qo‘yilgan vazifalar: 
maʼnaviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini 
ishlab chiqish; 
tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanadigan, tadrijiylik va uzluksizlik 
tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; 
uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or 
yutuqlaridan samarali foydalanish; 
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini 
muntazam oshirib borish; 
oila, taʼlim muassasalari va mahalla, shuningdek, ommaviy axborot 
vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini 
yo‘lga qo‘yish; 
maʼnaviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga 
asoslanishdan iborat.
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” Konsepsiyasi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: 
birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr: 1-davr – homila davri,
2-davr – (bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr); 
ikkinchi bosqich – maktabgacha taʼlim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
uchinchi bosqich – umumiy o‘rta taʼlim tizimida (ikki davr: 1-davr –
7 (6)-10 yosh boshlang‘ich sinf, 2-davr – 11-17 yosh o‘rta va yuqori sinflar); 
to‘rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band 
bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari 
tizimida (ikki davr: 1-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim bilan qamrab 
olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band 
bo‘lmagan yoshlar – 17-30 yosh, 2-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim 
muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh). 
Konsepsiya ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar:


- Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida Uzluksiz maʼnaviy 
tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Maʼnaviy 
tarbiya” respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish. 
- “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va 
o‘smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik 
majmuasini yaratish. 
- Davlat taʼlim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda 
yoshiga mos tayanch maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, kompetentsiyalarni shakllantirish.
- I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish. 
- Umumtaʼlim muassasalarining “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, 
qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish 
hamda amalga oshirish.
- Аjdodlarimizning boy maʼnaviy merosini axloqiy fazilatlar majmui 
bo‘lgan milliy tarbiya anʼanalari, vositalari, shakllarini o‘rganish maqsadida 
mamlakatimiz hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. 
To‘plangan tarbiyaviy meros asosida kitob va qo‘llanmalar, ko‘p jildli “Milliy 
tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish. 
- Jamiyatda milliy tarbiya anʼanalari, qadriyatlarini tiklashga qaratilgan 
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish; 
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal 
etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish; 
- yoshlarda turli maʼnaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni 
shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta 
Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha vazifalar 
belgilab qo‘yilgan.
Konsepsiyada bunga tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, tayanch 
fazilatlarni kafolatli loyihalashtirish va o‘rgatishda oila, maktabgacha taʼlim 
muassasasi hamda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini 
to‘liq ishlatish va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish 
masalasi rejalashtirilgan.


Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh 
vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga 
aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda 
jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha taʼlim, maktab 
pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon 
talablariga javob bermayotganligi qayd qilinib o‘tiladi. Buning oqibatida yo‘l 
qo‘yilgan xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etayotganligi, ota-
onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari 
bolalarga Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar nazariy 
maʼlumotlarga aylanib, bolalarning odatlariga aylanmayotganligi, ezgu fikr, ezgu 
so‘z, ezgu amalga erishmayotganligi natijasida yoshlarning Vatanga sadoqat, 
masʼuliyat, tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari 
orasida tafovut namoyon bo‘layotganligi qayd qilinadi. 
Konsepsiyada tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmasligi, 
noto‘g‘ri tarbiyaning asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili 
tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib 
o‘tilgan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur uzluksiz maʼnaviy tarbiya 
konsepsiyasidan tarbiyaning tizimli va uzviyligini taʼminlashda quyidagicha 
natijalar kutilmoqda: 
- konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz maʼnaviy tarbiya jarayonining 
tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida 
takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy 
immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, 
innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetentsiyalar bilan mustaqil 
hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
- oilalar, taʼlim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash 
va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning maʼnaviy kamol topishi 
uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit 
yaratiladi.


- jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korruptsiya, firibgarlik, 
ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, 
mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid, 
loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida masʼuliyatsizlik, 
oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. 
Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan 
ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega 
bo‘ladi.
- oila, taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-
onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni 
o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-
avlodga bezavol o‘tib borishi taʼminlanadi. 
- konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda maʼnaviy-axloqiy muhitning 
sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish 
maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa maʼnaviyat bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida 
esa maʼnaviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga 
etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni maʼnan, ruhan sog‘lom, o‘z ota-
bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga 
hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir.

Download 483.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling