Oila ma'suliyati sha'ni va qadri Reja


Download 24 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi24 Kb.
#1707719
  1   2   3
Bog'liq
Oila ma\'suliyati sha\'ni va qadri


Oila ma'suliyati sha'ni va qadri

Reja:


  1. Oila – muqaddas dargoh

  2. Oila mas'uliyati

  3. Oila shani va qadri

Foydalanilgan adabiyotlar

Oila – muqaddas dargoh
Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma’naviyat tili bilan aytganda, muqaddas vazifasi – insoniyatning zanjirini sog’lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat –ku! Bu – hamma millat, hamma davlat, hamma xalqlar zimmasigagi sharafli vazifa.
Oila dastlab ikki kishidan barpo bo’ladi. Shaffof irmoqlar biri biriga qo’shilib jo’shqin soy, daryolarni tashkil qilgani kabi o’zbeklar uchun katta oilalar urf hisoblanadi. Qo’shgani bilan q’osha qarishni, serfarzand bo’lishni, hamma bolalari yig’ilib kelganda uyi to’ydek bo’lib ketishini, chiroyli qarishni orzu qilmagan o’zbeklar, oila sohiblari topilmasa kerak.
Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblangan. O’zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim – qadimdan va hozir boshqa millat kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg’otgan xususiyatdir. O’zbek oilasida ayol, ona ana shu qo’rg’onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta’minlovchi mo’tabar insonlardir.
Qur’oni karimda, hadislarda ayol – onani ulug’lash kerakligi haqida ko’plab ibratli ko’rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol – onaning oilada tutgan o’rnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila – ilk tarbiya maskani , shu muqaddas dargohning ma’naviy – axloqiy muhitini yaratuvchi mo’tabar zotdir.
Momolarimiz o’z cheklariga tushgan bu qutlug’ vazifani juda sidqidildan bajarib kelganlar. Ana shu momolar o’gitini eslash, tiklash, rivojlantirish hozirgi kunda oldimizda turgan eng dolzarb vazifalarning bir uchquni desak to’g’ri bo’lar.Qaysi yo’nalishda bo’lishidan qat’i nazar, mamlakat taraqqiyotiga oid hamma dasturlarda millatning yuzi, nozik qalbi, op-nomusi bilan bog’liq ma’naviy qadriyatlarga qayta-qayta murojaat qilinishi, ulardan quvvat olinishi, e’zoz bilan qaralishi bejiz emas. Oila – bashariyat yaratgan bebaho, yombi ma’naviy qadriyatdir.
Qalbning iymonli va rahmonliligi yoki, aksincha, bag’ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi.
Onalarimiz bu muqaddas vazifani juda oddiy yo’l bilan, ya’ni odobi, demakki xalq odobining eng ibtidoiy, lekin umri boqiy, qadri abad qirralari – kattalarga hurmat, kichikka izzat, murosai madora, yulduzga yulduzni moslab yashash kabilarni singdirish, bu fazilatlarni zamonga qarab rivojlantirish, oilaning har bir a’zosi ruhida turg’un qilish bilan o’taganlar. Oqibatda xalqimizga ulug’ farzandlarni etishtirib berganlar.
Yuqorida oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati, aytish kerakki – davlat siyosati, dedik. Shuning uchun ham dunyoda necha xalq , necha xil millat, necha xil mamlakat bo’lsa, ularning nashr etgan behisob adabiyotlari ichida oila, oilaviy munosabatlar, oilaning jamiyatda tutgan o’rni xususida alohida varaqlardan tortib, katta-katta ensiklopediyalargacha, hukumat qarorlari, nizomlardan tortib, kodekslargacha uchratish mumkin.
Oila muqaddas va buyuk ne’mat hisoblangani uchun ham juda ko’p donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi muhim deb biladilar.Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti – shu mamlakatning yuzi, obro’yi deb qaraladi. Taraqqiy etgan davlatlarning o’z mamlakatlarida oilaga bunday katta e’tibor berishi, turli yo’llar bilan uning nufuzini ko’tarishga intilishi also bejiz emas.
Bizda oilalar qurayotganda an’anaviy ko’rsatmalarga amal qilinadi.Asrlar davomida ma’naviyatimiz boyib borayotganiga, oilalarimiz mustahkamligiga bu ko’rsatmalarning insonparvarligi, umrboqiyligi sabab bo’layotgani ham sir emas.Yaxshi oila xushxulqli, iymonli solih kishilarni, ibratli insonlarni tarbiyalaydi.
Voyaga yetayotgan har bir kishi oila to’g’risidagi yaxshi ko’rsatma, yo’riq, tuzuk, qonun- qoidalarni yaxshi bilishi lozim. Ana shu bilim va istak ularning o’z oilalarini ko’rkam tuzuvlariga, shu kichkina mamlakatlarni to’g’ri boshqaruvlariga yordam beradi. Oilada pohatli umr kechirish – barakotli umr kechirish demakdir.
Bordi-yu oila tuzuk bo’lmasa, tarbiyaga ham e’tibor berilmasa, qancha buyuk bo’lsa ham, bunday millat dunyoda uzoq yashay olmaydi.Buni donishmandlar ko’p ta’kidlashgan: “Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz yo bo’lmasa, hech bir zamon e’tibor bermasdan qoladiganimiz – oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz quradi… Agar bir millatga bunday hol ro’baro’ kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochiladi…”
Shuning uchunham hamma asrlarda, hamma xalq va millatlarda dunyoning buyuk olim va fuzalolari,taniqli adiblari umrlarining oxirigacha qimmatli soatlarini oilani yaratish, uni barqarorlashtirish, insonni eng noyob farog’atdan bahramand qilish baxtiga muyassar etish ustida bosh qotirib o’tkazadilar.
Garchi oila turmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy davrlardan boshlab mavjud bo’lib kelayotgan bo’lsa ham, davrlar o’tishi, “zamonlar o’zgarishi” bilan oilaning maqsad va vazifalari ham o’zgarib, tobora takomillashib boraveradi.
Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi". Yutrboshimiz yana uqtirganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo', mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.
Xo’sh, oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan.
"Oila" so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi"1. Professor A. Ortiqovning ma’ruza matnlarida, yosh olima F.Primovannng oila haqida quyidagi Yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"2. Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik bahsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota - ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar.

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling