Oila ma'suliyati sha'ni va qadri Reja


Download 24 Kb.
bet3/3
Sana18.10.2023
Hajmi24 Kb.
#1707719
1   2   3
Bog'liq
Oila ma\'suliyati sha\'ni va qadri

Oila shani va qadri
Aslida har bir kun oilamiz mustahkamligi uchun ezgu amallarga boy bo'lmog'i kerak.
Inson oilada tug'iladi, oilada kamolga etadi. Hammamizni oila tarbiya qiladi. U qadriyatlar beshigidir. Biz qanday oiladan bo'lishimizdan kat'iy nazar, unga sadoqatli bo'lib qolishimiz zarur. Ayniqsa uning or- nomusi uchun kurashmog'imiz, sha'niga dog' tushurmay yashamog'imiz muhim. Oilamiz sha'niga dog' tushiradigan ishlarni qilmaslik vijdonimiz oldidagi burchimizdir
YUrtimizda millionlab oilalar va hammasining o'ziga hos hususiyatlari, oilaviy an'analari bor. Milliy qadriyatlarimizga ko'ra oilada tartib –intizom, mehnat va orom, o'zaro hurmat va odob-axloq bo'lishi oila boshlig'ining zimmasida bo'ladi. Bugun dunyoda O'zbekistonning oilaga bo'lgan e'tibori, g'amho'rligi o'ziga hosligi bilan ajralib turadi.
2017 yilning 12 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida so'zlagan nutqida - Oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi bayonotini qayd etib, bugungi globallashuv sharoitida har qanday davlat va jamiyatning asosini tashkil etadigan asl va fundamental qadriyatlarni unutmasligimiz lozimligini ta'kidladilar. O'sib kelaѐtgan avlod aynan oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya oladi, mas'uliyatli bo'lishni va loqayd bo'lmaslikni o'rganadi. O'zbekistonda kelgusi yilda — Oilani mustahkamlash va o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda o'zini o'zi boshqarish organlarining roli mavzusida xalqaro anjuman o'tkazishni taklif etamiz, – degan taklifni bildirganliklari ham bejiz emas.
Mamlakatimiz oilaparvar mamlakatdir. Xatto oilaning mavqeini saqlash bosh Qomusimizda ham o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o'n to'rtinchi bobi
“Oila” deb nomlanishining o'ziyoq yurtimizda ushbu masalaning davlat siyosati darajasida ekanligini bildiradi.
Farzandlar voyaga etgunicha sabr bardosh bilan g'amho'rlik qilgan ota-onalarimizga keksaygan paytlarida biz ham munosib parvarish qilishimiz xalqimizga hos go'zal an'anadir.
Hech kimning oila deb atalmish muqaddas qo'rg'oni buzilmasin. Hech qachon farzandlarimizning ko'ngli o'ksimasin, etim qolmasin, baxti yarim bo'lmasin. Norasida go'daklar o'z oilasi bag'rida ulg'aysin.
— “Agarki ayollarimiz oiladagi mas'uliyatini to'g'ri anglasalar turmushlari buzilmaydi. O'zbek xalqida oilaga oid go'zal an'analar borki, bularni boshqa hech qaerda uchratmaysiz. Masalan, ayollarimizning oila oldidagi mas'uliyatiga e'tibor qiling. Oila bekalari eng avval turmush o'rtog'ining uyiga o'z uyidek mehr bera olishi lozim. Ota eshigiga kamroq borib, tezroq qaytishlari kerak. erlarining qarindoshlarini o'z qarindoshlaridek ko'rmog'i, xurmat qilmog'i joizdir. Xonadonlariga gullar ekishi, saranjom-sarishta tutishi, pokiza va ozoda kiyinishi, sabrli, irodali, kechirimli bo'lishi, turmush o'rtog'ining ust-boshini ham pokiza tutmog'i kerak. Turmush o'rtoqlariga itoatkor bo'lish ham oila mustahkamligini ta'minlaydi. Ayollarimiz erlarining yaxshi ishlari, amallari uchun rahmatlari va tabassumlari bilan rag'batlantirib turishi lozim. Oilaning iqtisodiy rivojlanishi uchun ayollarimiz tejamkor, mablag'ni joyiga sarflashni biladigan moliyaviy bilimga ega bo'lsalar nur ustiga alo nur bo'ladi” - deydi viloyat Kengashi deputati, Bo'ston tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borayotgan Sadbarxon Mamitova.
Darhaqiqat, oila mustahkamligi uning ma'naviy va iqtisodiy barkamolligiga bog'liq. Ayniqsa, oila boshlig'i oilada nimalar etishtirishni, qanday daromad olishni, uni qanday sarf qilishni yaxshi bilishi, oilada a'zolari o'rtasidagi inoqlikni ta'min etishi va ularning tarbiyasi uchun g'amxo'rlik qilib borishi zarur.
- “Oila rahbarida mas'uliyat kattadir. erkak kishiga bahoni ayol kishiga qilgan muomalasiga qarab beriladi. Ayolining salomatligi haqida qayg'urishi, uning ota-onasini hurmat qilishi, muhtojlikda qoldirmasligi, uning ham orzu-istaklari, maqsadlari bilan qiziqishi, oila uchun muhim sanalarda shirin so'zi bilan qutlashi, ayoliga nisbatan kechirimli, g'amho'r bo'lishi, ichuvchi-chekuvchi bo'lmasligi, oilaning moliyaviy ta'minotini zimmasiga ola bilishi, farzandlar tarbiyasiga vaqt ajratishi, ayoli va onasi o'rtasidagi munosabatlarda adolatli bo'lishi, yaxshilashga e'tibor qilishi, vaqti bo'lganida ayolining uy yumushlariga ko'maklashishi kerakdir. er kishi oilaning vijdoni, ayollarimiz esa or-nomusidir” — deydi 15 nafardan ortiq nabiralarning bobosi, 80 yoshdan oshgan mehnat fahriysi, Salimjon ota Iminov.
Har birimiz avvalo oilamizda halovat topaylik. Kindik qonimiz to'kilgan vatanimiz oilamizdan boshlanadi. Xalqimizda oilaning muqaddas xisoblanishi bejiz emas albatta. Har bir ota-ona o'z farzandini voyaga etishi, uning uyli-joyli bo'lib, mustaqil oila qurishini orzu qiladi.
Mustaqil oila qurish, oilaviy qadriyatlar davomiyligini ta'minlash, munosib ota-ona bo'lish xar bir o'g'il-qiz uchun sharafli vazifadir. Oilamizni asraylik!
Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.K.Munavvarov.Pedagogika.T-1996y.
2.A.K.Munavvarov.Oila pedagogikasi.T-1994y.
3.V.N.Drujina. Sotsial'naya psixologiya.S-Pb. 2002y.
4. O.To'raeva "Oylaviy haet etikasi va psixologiyasi"T-1998y.
5.Z.B.Qodirov. Komil inson tarbiyasining pedagogik asasrlari. T-2001.
6.M.Quramov. Oila - milliy tarbiya o'chog'i. Xalq ta`limi .jurnal. T-1999
7.O.Xasanboeva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. T-1993.
8.U.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog'cha va oila xamkorligi. T-1998.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling