Oila pedagogikasi fan sifatida, rivojlanish tarixi. Reja: Oila pedagogikasini fan sifatida rivojlanish tarixi


Download 2.33 Mb.
bet3/4
Sana30.10.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1733937
1   2   3   4
Bog'liq
1 maruza MT sirtqi oila

Bir kuni Luqmoni hakim o‘tib ketayotsalar, bir ona qiziga nasihat qilib, yaxshi odatlarni o‘rgatayotgan emish: “Qizim, sen ham balog‘at yoshiga etib qolding. Ertaga birovning xasmiga borasan, menikiga esa mehmonga kelasan, xolos. Sen yaxshi hayot kechiraman, obro‘-e’tiborli bo‘laman desang, qaynonangni hurmat qil. Hammadan erta tur! Hammadan kech yot! Qo‘ling egri bo‘lmasin, boshingga qilich kelsa ham rost gapir. Yolg‘onchi, chaqimchi, ikkiyuzlamachi, g‘iybatchi bo‘lma, qo‘lingdan keladigan xizmatingni ayama, kelgan mehmonning izzat-hurmatini joyiga qo‘yib kuzat. Oila a’zolaringni birovga yomonlama, ziyrak, dono, aqlli bo‘l! Kuyovingning hurmatini joyiga qo‘y, ko‘chadan kelganida kutib ol! Ketganida kuzatib qo‘y. Boriga shukur qil, sabr-toqatli, chidamli bo‘l! Salomni kanda qilma. Shundagina baxt sening yo‘ldoshing, g‘am-tashvish esa kundoshing bo‘ladi”,- debdi. Shunda Luqmoni hakim “Ona ko‘rib qiz ol, qirg‘oq ko‘rib bo‘z ol!” deganlari shu bo‘lsa kerak deb, yo‘llarida davom etgan ekanlar. Xulosa qilib aytganda, farzand ko‘rib, ularni tarbiyalab, kishilarga, jamiyatga halol va fidoiylarcha xizmat qilishga qadar shaxslarni shakllantirish har bir ota-onaning ijtimoiy, ma’naviy burchi sanaladi.


O‘zbek oilalarida bolani to‘g‘ri tarbiyalashda, ularga axloq-odob qoidalarini tushuntirishda ota-onalar oldiga avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qator talablar qo‘yilgan: bolani hech kimga yomonlik qilmaslikka, qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilishga ko‘niktirish, uning ko‘ngliga muruvvat tuyg‘ularini solishga intilishning kuchli bo‘lishi;
bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib, o‘zlari ham shu yo‘ldan ketishlari; ota-onaning yaxshi odob, xulq egasi ekanligi, har bir xatti-harakatidan ko‘rinib turishi, bolalarga namuna sifatida xizmat qilishi;
yaxshi deb bilgan ishni o‘zlari ishlab ko‘rsatishlari va bu ishning yaxshiligiga bolani ishontirishlari; bolani tarbiya qiladigan ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli bo‘lishi;
bolaning qilayotgan yaxshi ishlariga qarab, o‘z darajasiga loyiq mukofotlash, xatoga yo‘l qo‘ysa tanbeh berish; bolalar ota-onasining yuzlaridagi norozilik alomatlarini ko‘rib, buning jazo ekanligini bilishi, rag‘batlantirish ham me’yorida bo‘lishi kerakligi;
bolaning oldida odillik bilan, ustozlarcha ish olib borish axloqiy tarbiyaning eng muhim asoslaridan hisoblanadi. Umuman, ota-onalar oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda milliy an’analarni to‘g‘ri tushunib olishlari, qaysi an’analar qanday maqsad uchun hizmat qilishini yaxshi anglab yetishlari juda muhim. Chunki talqin etilgan an’analar, urf-odatlar mazmunini, avvalo, ota-onalarning o‘zlari yaxshi o‘zlashtirib, kundalik hayotda qo‘llay olsalargina, farzandlariga uning ta’siri samaraliroq bo‘ladi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling