Oila pedagogikasi fan sifatida, rivojlanish tarixi. Reja: Oila pedagogikasini fan sifatida rivojlanish tarixi


Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga tashlaydi


Download 2.33 Mb.
bet2/4
Sana30.10.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1733937
1   2   3   4
Bog'liq
1 maruza MT sirtqi oila

Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga tashlaydi.

Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga tashlaydi.

Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo‘ladi. Bu fikrni tanani toza tutish bilangina cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligining bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘liqdir. Bu narsa bola tarbiyasi jismoniy sog‘lomlik bilan ma’naviy-axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata bolani mo‘tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga, asosan, bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va hafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiradi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog‘lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat, muhit va tarbiya ta’sirining birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon diniy talablaridan kelib chiqqan holda yondashadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o‘z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.

“Qobusnoma”da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi. 

“Qobusnoma”da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi. 

Ular quyidagilardan iborat:

 


1. Bolaga yaxshi ism qo‘yish;
2. Oqil va mehribon enagaga topshirish;
3. To‘y-tomosha qilib, sunnat to‘y o‘tkazish;
4. O‘qish – yozishni o‘rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish;
5. Harbiylar ahlidan bo‘lsa, sipohiylikni o‘rgatish. 

Bir kuni Luqmoni hakim o‘tib ketayotsalar, bir ona qiziga nasihat qilib, yaxshi odatlarni o‘rgatayotgan emish: “Qizim, sen ham balog‘at yoshiga etib qolding. Ertaga birovning xasmiga borasan, menikiga esa mehmonga kelasan, xolos. Sen yaxshi hayot kechiraman, obro‘-e’tiborli bo‘laman desang, qaynonangni hurmat qil. Hammadan erta tur! Hammadan kech yot! Qo‘ling egri bo‘lmasin, boshingga qilich kelsa ham rost gapir. Yolg‘onchi, chaqimchi, ikkiyuzlamachi, g‘iybatchi bo‘lma, qo‘lingdan keladigan xizmatingni ayama, kelgan mehmonning izzat-hurmatini joyiga qo‘yib kuzat. Oila a’zolaringni birovga yomonlama, ziyrak, dono, aqlli bo‘l! Kuyovingning hurmatini joyiga qo‘y, ko‘chadan kelganida kutib ol! Ketganida kuzatib qo‘y. Boriga shukur qil, sabr-toqatli, chidamli bo‘l! Salomni kanda qilma. Shundagina baxt sening yo‘ldoshing, g‘am-tashvish esa kundoshing bo‘ladi”,- debdi. Shunda Luqmoni hakim “Ona ko‘rib qiz ol, qirg‘oq ko‘rib bo‘z ol!” deganlari shu bo‘lsa kerak deb, yo‘llarida davom etgan ekanlar. Xulosa qilib aytganda, farzand ko‘rib, ularni tarbiyalab, kishilarga, jamiyatga halol va fidoiylarcha xizmat qilishga qadar shaxslarni shakllantirish har bir ota-onaning ijtimoiy, ma’naviy burchi sanaladi.


Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling