masala tug‘ildi. Shuni hech qanday shubhasiz birgalikdagi
umumiy mulk eng maqbul deb topildi.
Er-xotinning qonuniy mulk tartibining mavjudligi er-
xotinning nikoh shartnomasi tuzishlari maqsadga muvofiqligi
anglatadi. Lekin statistik ma’lumotlar shundan dalolat bera-
diki, nikoh shartnomasini aksariyat aholi tuzayotgani yo‘q,
bu holat ko‘proq mahalliy aholi vakillariga xos.
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkiga shart-
nomaviy munosabatlar tatbiq etilishi umumiy tartibda Fuqa-
rolik kodeksining 216-moddasi 1-bandida belgilangan. Oila
huquqining me’yorlari esa ulami har taraflama kengaytirib
beigan: nikoh shartnomasining huquqiy tabiati; uni tuzish
shakli; nikoh shartnomasining mazmuni; uni o‘zgartirish,
tasarruf etish, haqiqiy emas deb topish asoslari.
Nikoh shartnomasi mazmunining asosiy elementi er-
xotin mulkining huquqiy tartibini belgilashdan iborat. Nikoh
shartnomasi bilan belgilangan bunday tartib, er-xotin mul
kining shartnomaviy tartibi deb ataladi.
Nikoh shartnomasi tartibini belgilashda er-xotinlarga
juda keng huquqlar beriladi. Nikoh shartnomasi er-xotinlar
bir-birlarini moddiy ta’minlashlari yoki biri ikkinchisini
moddiy ta’minlashini ko‘rsatish huquqiga ega. Shartnomada
belgilangan shartlar aliment majburiyatining umumiy qoida-
lariga mos kelmog‘i lozim. Xususan, muomalaga layoqatsiz
342
er yoki xotinning huquqlari buzilmasligi lozim. Ammo nikoh
shartnomasida qonun bo‘yicha aliment olish huquqiga ega
bo‘lmagan er yoki xotinga aliment to‘lash belgilanishi
mumkin. Birinchi navbatda bu o‘z xohishlari bilan, oila
Download Do'stlaringiz bilan baham: |