Oila pedagogikasi


manfaatini o‘ylab ish yoki o‘qishni qoldirgan er-xotinlarga

bet162/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

manfaatini o‘ylab ish yoki o‘qishni qoldirgan er-xotinlarga 
taalluqli bo‘ladi.
Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va maj- 
buriyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi mumkin (Oila 
kodeksi 31-moddasining 4-bandi). Masalan, ulaming mulki 
bir yil davomida bo‘lingan, bu muddat o‘tishi bilan umumiy 
bo‘lib qolishi to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin. Nikoh 
shartnomasi bilan belgilangan er-xotinning huquq va majbu- 
riyatlari muayyan shart-sharoitning vujudga kelishi yoxud 
kelmasligiga ham bog'liq qilib qo‘yilishi mumkin. Bu shartlar 
kechiktirish hamda bekor qilish shartlari bilan ham tuzilishi 
mumkin. Masalan, shartnoma tartibiga ko‘ra mol-mulkning 
alohidaligini belgilagan er-xotin oilada bola tug‘ilsa, umumiy 
tartibda hal bo‘lishini ko‘rsatishlari mumkin. Yoki er- 
xotindan bittasi o‘qishi tamom bo‘lishiga qadar ikkinchisi 
tomonidan moddiy ta’minlanishi shartini belgilash bilan ham 
bog‘liq bo'lishi mumkin. Har qanday fuqarolik huquqiy 
bitimlari haqiqiy bo‘lishi uchun qanday shartlar belgilansa, 
nikoh shartnomasida ham shunday shartlar qo‘yilishi mum­
kin. Subyektlar muomala layoqatiga ega bo‘lib, ulaming 
xohishi erkin ifodalanishi mumkin.
Ta’lim bilan qamrab olinmagan aholi qatlamiga oila ta’- 
limini yetkazish usullari.
Hoziigi kunda mamlakatimizda milliy istiqlol mafku- 
rasiga muvofiq keladigan insonning ma’naviy dunyosini 
kamol toptirish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. Chunki, ma’naviy
343


sohaga e ’tibor berilmasa, unda insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy 
munosabatlar ham inqirozga uchrab, manqurtlikka olib kelish 
xavfi vujudga keladi. Shuning uchun ham jamiyat ma’na- 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling