undalmoqda. Lekin mamlakatimizda ta’lim tizimi bilan
qamrab olinmagan aholiga ham milliy g‘oyalami qalblarga
singdirish zarurati bor. Ta’lim bilan qamrab olinmagan aholi
ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq
ishiga kamarbastalik psixologiyasini shakllantirishning sama-
rali mexanizmlarini ishlab chiqish muhim vazifalardandir.
Milliy g‘oya har bir fuqaroning oilasi, jamiyat, el yurt
oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada aks etayotganini
belgilaydigan mezondir. Shuning uchun insonlarda mana shu
350
e’tiqodni, mas’uliyatni kuchaytirish uchun targ'ibotning
samarali usullarini qo‘llash zarur. Targ‘ibotning samarali
kechishi uchun qanday omillarga murojaat etish kerak?
Targ‘ibotning eng samarali yo‘llaridan biri hayot ichiga
faol kirib borish, ya’ni mahallalarda insonlar bilan yuzma-
yuz milliy g‘oya va mafkura haqida bevosita suhbatlar olib
borish zarur. Davra suhbatlariga taniqli el-yurt ishonchini
oqlagan olimlar, mehnat fahriylarini taklif etib, insonlarda
Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada shakllantirish
mumkin.
Targ‘ibotni samarali kechadigan jarayoni ta’lim tarbiyani
oila instituti orqali olib borish ham o‘z natijasini beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila — jami-
yatning asosiy bo£g‘inidir hamda jamiyat va davlat muho-
fazasida bo‘lish huquqiga ega»,1 deb belgilab qo‘yilgan. Oila —
har bir xalq, millatning davomiyligini saqlaydigan, qadriyatlar
barqarorligini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib,
uni ma’naviy, barkamol qilib yetishtiradigan ijtimoiy insti-
tutdir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |